VI. Voqeaband o‘yinlar. Teatrlashtirilgan (syujetli) o‘yinlar tarixiy, voqealarni hayotning ta’sirli, qiziqarli daqiqalarini badiiy ijodiy ifodalaydi. Bunday o‘yinlarga “Podsho vazir”, “Ov o‘yin”, “Urush o‘yin”, “Asir olish”, “Echki-cho‘pon”, “Bo‘ri va qo‘ylar” va boshqalar misol bo‘la oladi.
VII. Harakatli o‘yinlar. Epchillik, chaqqonlik, ko‘pchilik musobaqasi sifatida bir necha tomonlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Bularga misol qilib, “Tepa kurash”, “Qo‘riqchi”, “Aylanib tep”, “Qirq tosh”, “Chunka shuvoq”, “Chirkash” (yoki “Chiri kas”) kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |