Tarbiyaviy
yo'nalish-tabiatni muhofaza qilishda katta o'rin tutishi kerak. Kishilarni tevarak-
atrofdagi olamni ehtiyot qilishga o'rgatish zarurdir. Haqiqatan, kishi tabiat bilan bevosita
munosabatda bo'lganda olijanob va xushfe'l bo'lib boradi. Barcha tirik mavjudodlarga, daryo
suvlarining beto'xtov oqib turishiga, tabiatdagi barcha ajoyibotlarga mahliyo bo'lish, ularni sevish va
ehtiyot qilish yosh avlodning eng yaxshi xislati bo'lmog'i kerak. Buning uchun yosh avlodni
vatanparvarlik hissi bilan ulg'aytirish, tabiatga muhabbat uyg'otish lozim.
Madaniy estetik yo'nalish.
Go'zal tabiatning zilol suvlari, shifobaxsh soylari, musaffo
havosi, yam-yashil vodiylari, qorli cho'qqilari, o'rmonlar bilan qoplangan tog'lari, serunum
tuproqlari, maysazorlar kimlarni maftun qilmaydi? Turon zaminining ana shunday xushmanzara,
orombaxsh tabiatini saqlab qolish uchun jilg'a va soy suvlarining ifloslanishi, qurib qolishi, tog' va
tekisliklardagi yashil o'simliklarning nest-nobud bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Shundagina Ona-
Vatanimiz tabiati go'zallashib, xushmanzara joylarimiz ko'payib boradi. Bu esa kishilarning madaniy
hordiq chiqarishi, estetik zavq olishlari uchun muhim omil bo'lib, olim, shoir, yozuvchi, rassom,
bastakorlarga ilhom beradi, ularni yangi-yangi ijodlarga chorlaydi. Tabiat qanchalik sof, go'zal,
xushmanzara bo'lsa, kishilar shunchalik estetik zavqlanib^ jaxshi
dam oladilar va, ishlari unumli bo'ladi
M
Vatanimiz tabiatining qonuniyatlarini yaxshi tushunish, unga nisbatan to'g'ri munosabatda
bo'lish uchun, eng awalo, tabiatni sevish kerak. Shu tufayli buyuk olimlarda fan-texnika sohasidagi
yangi g'oyalar go'zal, xushmanzara tabiat quchog'ida vujudga keladi. Buni buyuk fransuz olimi J.
Kyurining quyidagi gaplari isbotlaydi: «Men kechalari xushmanzara o'rmonlar ichiga kirib, miriqib
dam olsam, estetik zavqlansam, ertasi kuni miyam yangi g'oyalar bilan to'lar edi» degan.
Darhaqiqat, xushmanzara vodiy, tog'lar, o'rmonli yerlar faqat yozuvchi, olim, rassom, bastakorgagina
ilhom bag'ishlab qolmasdan, har qanday kishining ruhini tetik qiladi, estetik zavq beradi, ko'nglini
xushnud etadi. Buyuk A. Navoiy va Z. M. Boburlar ham o'zlarining ko'p asarlarini tabiatdan
ta'sirlanib yozganlar.
Ona-Vatanning go'zal tabiatini sevish, e'zozlash va undan xalq manfaati yo'lida unumli
foydalanish mavzulari yozuvchi va shoirlar ijodida katta o'rin oladi. A. Navoiy, Abay, Maxtumquli,
H. Olimjon, Oybek, G'. G'ulom, Uyg'un, Mirtemir, Tursunzoda va boshqalar go'zal tabiatdan estetik
zavq olib, uni madh etdilar. Xususan, H. Olimjon o'zining «O'lka», «Baxtlar vodiysi», «O'rik
gullaganda», «O'zbekiston» kabi qator asarlarini tabiatdan zavqlanib yaratgan.
Tabiat va uning ko'rkam manzaralari rassomlar uchun doimo ilhom manbai bo'lib kelgan. Qadimiy
poleolit davrida yaratilgan eng birinchi san'at asari ham qoyalarga solingan hayvon rasmlaridir. Shu
boisdan bo'lsa kerak, jahon san'at asarlari ichida juda katta o'rinni peyzaj janri, ya'ni tabiat manzarasi
tasvirlangan suratlar egallaydi.
Tabiat go'zalliklaridan zavqlanib asarlar yaratgan o'rta asr klassik rassomi K. Behzod, o'zbek
rassomlari O'. Tansiqboyev, N. Qo'ziboyev, R. Ahmedov, Z. Inog'omov, N. G. Karaxan, R. Temurov,
59
mashhur rus rassomlaridan I.I. Shishkin, I.I. Levitan, A. Kuindji, Ayvazovskiy, N. Krimov, M.
Lishkov, M. Saryan va boshqalarning rasmlari misol bo'ladi.
O'rta Osiyoning go'zal tabiatini tar annum etuvchi san'at asarlari ichida O'. Tansiqboyevning «O'zbo'y
o'zanida», «Qishloq», «Tog'» manzaralari, Karaxanning «Oltin kuz» kabi suratlari alohida o'rin
tutadi.
Go'zal tabiat manzaralarini musiqada buyuk rus kompozi-tori P.I. Chaykovskiy o'zining «Yil
fasllari» deb atalgan fortepyano uchun pyesasi, mashhur Betxoven «Oy» sonatasi, Shtraus esa
«O'rmon val'si»da go'zal tarannum etganlar. O'z asarlarida tabiat manzarasini madh etgan
kompozitorlardan A. Borodin, M. Glinka, A. Glazunov, Kurman-Kozi, D. Shestakovich, S.
Rahmaninov, S. G'aniyev, R. Glier, S. Tulikov, Yu. Rajabiy, T Jalilov, M. Ashrafiy, M. Burxonov va
boshqalarning nomlarini hurmat bilan tilga olish mumkin.
Yer sharida, jumladan, Vatanimizda, sanoat va qishloq xo'jaligining jadal sur'atlar bilan
rivojlanishi natijasida tabiatning dastlabki holati tez o'zgarib, madaniy landshaft maydoni kengayib
bormoqda. O'zbekistonda vujudga
Do'stlaringiz bilan baham: |