Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

Tugaydigan zaxiralar, 
o'z navbatida, qaytadan tiklanmaydigan va qaytadan tiklanadigan 
zaxiralarga bo'linadi. Qaytadan tiklanmaydigan tabiiy zaxiralarga yer osti boyliklari (neft, toshko'mir, 
rudalar va boshqalar) kiradi. Bu zaxiralardan muttasil foydalanish bora-bora ular zaxirasining 
butunlay tugab qolishiga olib keladi. Chunki, ular tabiiy yo'l bilan qayta tiklanmaydi yoki tiklansa 
ham (nazariy jihatdan millionlab yillardan keyin, ya'ni kelgusi geologik davrlarda) foydalanishga 
nisbatan bir necha million marta sekinlik bilan tiklanadi. Demak, bunday zaxiralarni tiklab bo'lmaydi, 
mineral zaxiralardan tejamkorlik bilan foydalanish, ularni qazib olganda xo'jalikning boshqa 
sohalariga, chunonchi, yerlarga zarar yetkazilishiga yo'l qo'ymaslik zarur. 
Tiklanadigan tabiiy zaxiralar 
butunlay yo'q bo'lib ketmaydi va qaytadan tiklanadi. Ularga 
tuproqlar, o'simliklar va hayvonot dunyosi, shuningdek, ko'llar va dengizlar lagunalari tagiga 
cho'kadigan ba'zi bir mineral tuzlar kiradi. Bu zaxiralar foydalanish davomida tiklanadi. Lekin ular 
tiklana olishi uchun ma'lum tabiiy sharoit kerak. Bu sharoitni buzish zaxiralarning qayta tiklanish 


60 
jarayonini sekinlashtiradi va butunlay to'xtatadi. —Binobarin, tiklanadigan tabiiy zaxiralardan 
foydalanishda bularni hisobga olish lozim. 
Turli zaxiralar turlicha tezlikda tiklanadi. Masalan, ovlangan hayvonlarning tiklanishi uchun 
bir necha yil, kesib olingan o'rmonlar uchun kamida oltmish yil, tuproq chirindi qavatining bir 
santimetrining hosil bo'lishi uchun esa 300-600 yil talab
qilinadi. Shunday ekan, tabiiy zaxiralarni sarflash sur'ati ularning tiklanish darajasiga
muvofiq kelishi kerak. Bu muvofiqlikning buzilishi zaxiralarning tugashi, o'rmonlar 
maydonining qisqarib ketishi, ovlanadigan hayvonlarning kamayishi, tuproqlar hosildorligining 
pasayishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib borishi muqarrar. 
Tiklanadigan ba'zi tabiiy zaxiralar inson ta'siri ostida tiklanmaydigan bo'lib qolishi mumkin. Bunga 
butunlay yo'q qilib yuborilgan hayvon va o'simliklar turlari, eroziya natijasida batamom yuvilib 
ketgan tuproqning foydali qatlamlari misol bo'la oladi. Masalan, Ispaniyadagi kesib yuborilgan eman 
o'rmonlari, Zarafshon o'rmonlarida kesilgan archalar hanuz qayta tiklanmadi, natijada bir vaqtlardagi
bepoyon o'rmonlar landshaftlari bora-bora chala cho'llarga aylandi. Tiklanmaydigan tabiiy zaxiralarni 
muhofaza qilishning asosiy yo'llari - ulardan ilmiy asosda tejamkorlik bilan foydalanish va keng 
takroriy ishlab chiqarishni amalga oshirishdan iborat. Tiklanadigan tabiiy zaxiralarni muhofaza 
qilishda eng muhimi, ularning tiklanishiga doimiy imkoniyat yaratishdir; shundagina bu zaxiralar 
insonga cheksiz xizmat qilishi mumkin. 
Tugamaydigan zaxiralarga suv, iqlim va kosmik zaxiralar kiradi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish