Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

 


72 
Suvning tabiatda aylanishi. 
Suvning quyosh energiyasi va og'irlik kuchi ta'siri ostida 
gidrosfera, atmosfera, litosfera va biosferani qamrab oluvchi o 'zaro aylanma harakati dunyoda 
namlik almashuvi yoki suvning tabiatda aylanib yurishi deyiladi.
Tabiatda suvning aylanib yurishi tufayli gidrosferaning turg'un holati buzilmaydi. Yerdagi 
barcha xil suvlar paydo bo'lishi jihatidangina emas, balki doimo harakatda ekanligi va aylanib 
yurishiga ko'ra ham bir xildir. Suvning aylanib yurishi hamma joyda va to'xtovsiz davom etib, unda 
bir qator xalqalar (atmosfera, okean, litogen, tuproq, daryo, ko'l, biologik xo'jalik xalqalari) 
qatnashib, okean-atmosfera-quruqlik berk tizimni hosil qiladi. 
Suvlarning tabiatda aylanib yurishini ta'minlovchi asosiy kuchlar - quyoshdan keladigan 
issiqlik energiyasi va og'irlik kuchidir. Quyosh issiqligi ta'sirida suvning bug'lanishi, suv bug'larining 
kondensatsiyasi va boshqa xil jarayonlar sodir bo'ladi; og'irlik kuchi ta'sirida esa yomg'ir 
tomchilarining yerga tushishi, daryolar oqimi, tuproq va yer osti suvlarining harakati yuzaga keladi. 
Ko'pincha, bu ikki ekologik omil birgalikda 
harakat qiladi. Masalan, atmosfera sirkulyatsiyasiga ham issiqlik, ham og'irlik'kuchi ta'sir qiladi. 
Tabiatda suv to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Gidrosferaning turli qismlari o'rtasidagi suvning aylanma 
harakati tufayli barcha suv xillari o'zaro bog'langan
 
Suvning tabiatda aylanish vaqti
Suv havzalarining nomlari 
Suvning aylanish vaqti, yil 
Dunyo okeani 
2500, to'la suv aralashuvi 63 yil 
Yer osti suvlari 
1400 yil 
Tuproq namligi 
1 yil 
Qutb muzliklari va doimiy qorliklar 
9700 yil 
Tog', yuqori tog' muzliklari 
1600 yil 
Yer osti doimiy muzliklar 
10000 yil 
Ko'l suvlari 
17 yil 
Botqoq suvlari 
5 yil 
Daryo o'zanidagi suv 
16 kun 
Atmosferadagi namlik 
8 kun 
Organizmdagi suv 
Bir necha soat 
Dengiz va okeanlar, yer yuzasidagi boshqa katta-kichik suv havzalaridan bug'langan suv, 
bug'lar yomg'ir, qor, do'l holida okeanlar va yer yuzasiga qaytib tushadi. Yer yuzining suv balansi 
bo'yicha: tushadigan yomg'irlar 108,4 ming km
3
, sarflanish 108,4 ming km
3
, shundan bug'lanish 71,1; 
oqim 37,3 ming km
3
. Keyingi 100 yil ichida Dunyo okeanining sathi yiliga o'rtacha 1,2-1,5 mm 
ko'tariladi. Bu quruqlikdan oqib kelayotgan (430-570 km
3
) va qaytmaydigan suv hisobiga yuzaga 
keladi. 
Okeanlar, dengizlar, daryolar, ko'llar, muzliklar, qor qoplami hamda tuproq, o'simliklar 
yuzasidan yiliga 525100 ming km

suv bug'lanadi. Okean va dengizlar yuzasida bo'ladigan bug'lanish 
atmosfera namligining asosiy manbaidir. Bu namlikning katta qismi yog'inlar sifatida bevosita okean 
va dengizlarga tushib, suvning kichik aylanma harakatini hosil qiladi. Namlikning kamroq qismi esa, 
suvning katta aylanma harakatida ishtirok etib, yer yuzasi bilan o'zaro murakkab jarayonga kiradi. 
Suvning katta aylanma harakati qator mahalliy va ichki aylanma harakatlarni o'z ichiga oladi: u yer 
yuzasi, yer tagi va atmosferada suvning xilma-xil shakldagi harakati bo'lib, sarflanish va tiklanishda 
bo'ladi. 
Atmosfera yog'inlari materiklar yuzasiga tushib, tuproqlarga singadi, qisman tog' yonbag'irlari 
bo'ylab oqadi va daryolar, ko'llar hamda botqoqliklarni hosil qiladi. Tuproqlarga shimilgan suvning 
bir qismi bevosita bug'lanib ketadi yoki o'simliklar bug'lantiradi, bir qismi esa yerning chuqur 
qismlariga shimilib, yer osti suvlarini hosil
qiladi. 
Yer osti suvlari esa daryo, ko'l va botqoqliklarning to'yinishida ishtirok etadi yoki yer osti 
yo'llari bilan bevosita dengizlarda bug'lanib, atmosferaga o'tgan suv okeanga qaytib kelib, undan 
bug'langan suv o'rnini to'ldiradi. 


73 
Okeandan bug'lanib ko'tarilgan suvni havo oqimlari materiklarning ichki qismlariga olib 
boradi va u yomg'ir yoki qor tarzida yog'adi, ya'ni okeanlardan ancha uzoqda bo'lgan hududlarga suv 
beradi. Bu yog'inlar yana bug'lanadi, bir qismi yerning chuqur qatlamlariga singadi, bir qismi esa yer 
usti suv oqimini hosil qiladi. Shunday qilib, daryo suvlarining okeanlarga qaytib kelib qo'shilishi 
bilan suvning yer sharidagi katta aylanma harakati tugallanadi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, 
gidrosferadagi suv zaxirasi dunyo bo'yicha aylanib yurishi sababli to'xtovsiz tiklanib turadi. Bu 
jarayonning tezligi har xil. Gidrosferaning turli qismlarida suvlar har xil vaqtda to'la yangilanadi. 
Suvning aylanma harakati jarayonida okeanlar suvning to'la almashinishi 2500-3000 yil 
davom etadi. Yer osti suvlarning qayta tiklanishi ancha uzoq 1400-5000 yilga yaqin davom etadi. 
Yer yuzidagi daryolarning bir yillik umumiy oqimi 388000 km
3
ga teng. Daryo o'zanlaridagi 
suv har 11-16 kunda bir marta yoki yiliga 32 marta almashinadi. Suvning almashinishi va ayniqsa, 
chuchuk suv hosil bo'lishida yog'inlar asosiy rol o'ynaydi. Umuman butun gidrosfera 2800 yilda 
almashinadi, ya'ni suv yangilanadi. 
Keyingi vaqtlarda suvning tabiatda aylanib yurishiga insonning xo'jalik faoliyati katta ta'sir 
ko'rsatmoqda. Masalan, O'rta Osiyodagi sug'oriladigan yerlar maydonining tobora kengayishi
ko'plab suv omborlari va kanallarning bunyod etilishi namlikning shu hududdagi aylanma harakatiga 
sezilarli ta'sir ko'rsatadi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish