Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

Suv zaxiralari. 
Suv barcha jismlar orasida eng ajoyibidir. Suv tabiatda uchta fizik holatda: 
qattiq, suyuq va bug'simon holatlarda uchraydi. Yer sharoitida suvning umumiy miqdori bitmas-
tuganmas bo'lib, hech qachon o'zgarmasa kerak. Biroq kishilarning xo'jalik faoliyati ta'sirida suvning 
zaxirasi va miqdori Yer sharining ayrim qismlarida turli davrlarda turlicha bo'lishi mumkin. 
Dunyodagi suvlarning 94% i okeanlardadir. Chuchuk suv esa miqdoriy jihatdan tugaydigan zaxira 
hisoblanadi, chunki kishilarga har qanday suv emas, balki ishlatish uchun yaroqli toza suv kerak. Yer 
sharining ko'pgina joylarida suvdan noratsional foydalanish, daryolarning sayozlanib qolishi va 
boshqalar oqibatida chuchuk suv miqdori keskin kamaymoqda. Holbuki, sug'orish, sanoat va 
kommunal xo'jalik uchun chuchuk suvga bo'lgan ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda. Shuning uchun 
chuchuk suvlarning sarflanishi va tozaligi ustidan nazorat o'rnatish nihoyatda zarur tadbirdir. Dunyo 
okeanining suvi amalda bitmas-tuganmas hisoblanadi, ammo suvning oqova, chiqindi, rieft 
mahsulotlari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi natijasida unda yashovchi suv hayvonlari va 
o'simliklarning yashash sharoiti tobora yomonlashib bormoqda. Binobarin, suvning sifatini, ko'p 
tumanlarda esa miqdorini ham jiddiy muhofaza qilishga zarurat tug'ildi. 
Iqlim zaxiralari 
- atmosfera havosi, shamol energiyasi va yog'inlardan iborat bo'lib, u 
bitmas-tuganmasdir. Biroq atmos-feraning tarkibi bilan bog'liq bo'lgan sifati mexanik aralashmalar
sanoat va transport gazlari hamda radioaktiv moddalar bilan ifloslanish natijasida keskin 
o'zgarmoqda. Havo tozaligi uchun kurashish, shu zaxirani muhofaza qilishning muhim vazifalaridan 
biridir. 
Kosmik zaxiralarga quyosh radiatsiyasi, sayyoralar nuri hamda dengiz suvlarining ko'tarilish va 
pasayishi (qalqishi) energiyasi kirib, ular ham amalda bitmas-tuganmasdir. Lekin ular insonning aktiv 
xo'jalik faoliyati ta'sirida o'zgarishi mumkin. Masalan, atmosfera tarkibida karbonat angidrid gazining 
ortib borishi atmosferada radiatsiya miqdorining proporsional ravishda ortishiga sabab bo'ladi. 
Demak, atmosfera havosini muhofaza qilish, avvalo, uning tozaligi uchun kurash demakdir. 
Tabiiy zaxiralar har bir tirik jonzotga kerak. Masalan, asalariga gul shirasi,
tovuqqa don, hayvonlarga yem-xashak, suv, havo kerak. Inson ikki oyog'ida tik yurgan
davrdan boshlab tabiiy zaxiralar - o'simliklar, hayvonlar, suv, toshdan foydalanishni asta-
sekin o'rganib bordi. Yangi hosildor o'simlik navlarini, mahsuldor hayvon zotlarini, metalldan 
paravozlar, samolyotlar, kosmik kemalar yaratdi. 
Inson tabiiy zaxiralarsiz hayot kechira olmaydi. Zaxiralar jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy 
muammolari bilan bog'lanib ketgan. Inson shu tabiiy zaxiralarni olish, yig'ish uchun minglab 
urushlar, talon-tarojlik qildi, bir xalq ikkinchi xalqni qirdi. 
Tabiiy zaxiralarning hamma xillari ham koinotning turli tumanlarida bir xil taqsimlangan 
emas, hattoki, qayta tiklanadigan cheksiz quyosh energiyasi ham Yer yuzining hamma joyiga bir 
xilda nur sochmaydi. 


61 
Hozirgi vaqtning eng dolzarb vazifasi, Yer yuzidagi hamma tabiiy zaxiralardan tejamkorlik, 
aql-idrok bilan foydalanish, kelajak avlodlarga ham yer, ham suv, ham mis, kumush, ko'mir, neft, 
oltin, gaz kabi tiklanadigan va tiklanmaydigan turli xildagi energiya manbalarini qoldirishdan 
iboratdir (Ergashev, 1994). 
Tabiiy boyliklarning turlari: 
1. Energiya boyliklari (zaxiralari) - har qanday mexanika, kimyo va fizikaviy, tabiiy, sun'iy 
energiyalar; 
2. Atmosfera gaz zaxiralari. Atmosferaning ayrim gaz boyliklari azon ekrani, kislorod va is 
gazining mohiyati; 
3. Suv boyliklari. Atmosfera namligi, okean, dengiz suvlari, kontinentlar suvlari. 
Daryo, ko'l, buloq, suv omborlari, hovuz, kichik suv havzalari, chuchuk va sho'r suvlar, o'simlik va 
hayvonlar bilan bog'liq namlik; 
4. Litosfera boyliklari. Tuproq va tuproq osti tog' jinslari. Organizmlar, havo, suv, tog' 
jinslarini bir-biriga ta'siridan hosil bo'lgan litosfera qatlami ; 
5. Produtsent-o'simliklar zaxiralari. 
O'simliklarning soni, biomassasi, mahsuloti, turlar tarkibi, ular hosil qiladigan birlamchi mahsulot
6. Konsumentlarning zaxiralari. 
Konsumentlar (hayvonlar)ning turlar tarkibi, biomassasi, ikkilamchi mahsuloti, foydali va 
zararkunanda turlari; 
7. Redutsent zaxiralari. 
Redutsentlarning turlari, biomassasi, fizik-kimyoviy aktivligi, ekosistemadagi roli. Redutsentlarning 
faoliyati, parchalanish, chirish jarayonlarida qatnashishi va fizik-kimyoviy aktivligi, ekosistema 
o'zgarishlarida qatnashishi; 
8. Iqlim zaxiralari. 
Tabiiy iqlim zaxiralari, tabiiy va sun'iy ekosistemalarda iqlim omillarining ko'rsatkichlari; 
9. Rekreatsion antropoekologik zaxiralar. Insonlar hayot-faoliyati va dam olishlari uchun 
zaruriy tabiiy sharoit, uning boyliklari; 
10. Bilim-informatik zaxiralar (ta'lim-tarbiyani uzluksiz olib borish). 
Sayyoraning hozirgi holati to'g'risidagi bilimlarga imkon beruvchi tabiiy obyekt va voqe'liklar, ta'lim-
tarbivani keng omma ichida olib borish
1 l.Makon va vaqt zaxiralari. 
Yer yuzida insonlar sonining ortib borishi bilan turli tumanlarda suv havzasining ifloslanishi, bunday 
ekologik muammolarni yengish uchun vaqtning kamligi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish