56
Tabiatni muhofaza qilish deganda butun insoniyat manfaatini ko'zlab, tabiatdan oqilona foydalanish,
uni saqlash, qo'riqlash va tabiiy boyliklarni ko'paytirish yo'lida davlatlar, xalqlar amalga oshirayotgan
tadbirlarning ilmiy jihatdan asoslangan mujassami tushuniladi.
Inson bilan tabiat har doim bir butunlikni tashkil qilib kelgan, chunki inson tabiatning tarkibiy
qismidir. Suv, havo, tuproq, oziq-ovqat bo'lmasa, kishilar yashay olmaydilar. Inson o'zining tabiat
bilan bo'lgan bevosita aloqasi orqali tabiiy muhitga juda katta ta'sir qiladi. Hozirgi kunda yer sharida
6,3-6,5 mlrd. dan ortiq aholi yashaydi, uning tabiiy muhitga qanchalik ta'sir etishini ham nazarda
tutish kerak.
XVIII-XIX asrlarda sanoat taraqqiyoti tufayli ko'plab tabiiy zaxiralar: Yer osti boyliklari,
qishloq xo'jaligi yerlari, baliq zaxiralari, suv va quruqlik hayvonlari, o'simlik dunyosidan kengroq
foydalanila boshlandi. Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Afrika materiklari atrofidagi orollarni
mustamlaka qilish tezlashdi. Sharqiy slavyanlar Sibirga kelib joylashdilar va Tinch okean
qirg'oqlariga yetib bordilar. Aholi sonining o'sishi, yangi hududlarning egallanishi va ekspluatatsiya
qilinishi kuchaydi. O'rmonlar kesildi, landshaftlarning tubdan o'zgarishi va ko'plab ov qilish hayvon
zaxiralariga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Ko'plab qimmatbaho hayvonot-o'simlik turlari yo'q bo'lib ketdi
yoki ular soni keskin kamaydi.
Sanoatning rivojlanishi tabiiy zaxiralarning kamayib borishidan tashqari, atrof-muhitning
ifloslanishi muammosini ham keltirib chiqardi. Suv havzalari, atmosfera, tuproq sanoat chiqindilari
bilan kuchli ifloslanib borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi. Bular o'simlik va hayvonot dunyosi,
shuningdek odamlar sog'lig'iga ham kuchli xavf bo'lib qoldi. Bu salbiy omil asta-sekin butun yer
yuzini o'z ta'siri ostiga olishi XX asr
boshlariga qadar sun'iy xarakterga ega bo'lsa, endilikda bu sayyoraning global muammosiga
aylanib ketdi. Jumladan, Antarktidaning tabiati ham radioaktiv changlar va DDT pestitsidining
borligi, yoqilg'i mahsulotlari mavjudligi aniqlandi.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, turli tabiiy zaxiralarning hududlar bo'yicha tanqisligi atrof-
muhitning dunyo miqyosda ifloslanishi va muvozanatning buzilishi ro'y berdi va tobora keskin tus
olib, ekologik sharoitning buzilishi uchun real xavf paydo bo'ldi, bu esa quyidagi sabablarga bog'liq
bo'lib, insoniyatning kelajakdagi hayoti va faoliyatini murak-kablashtirib yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: