53
O'sha davrgacha noma'lum bo'lgan tabiiy zaxiralar qishloq xo'jaligi
va sanoatda ishga
solingan. O'rmonlarning yo'q qilinishi hisobiga ekinzorlar kengaytirilgan. Markazdan uzoq joylarda
yangi mustamlakalarni bosib olishga zarur bo'lgan ko'pdan-ko'p kemalar qurish uchun o'rmonlar
kesilgan. Mineral foydali qazilmalar - temir va kumush ko'p miqdorda qazib chiqarila boshlagan.
Feodalizm davriga xos bo'lgan ibtidoiy chorvachilik, ovchilik va baliqchilik o'rniga dehqonchilik avj
oladi.
Dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni tubdan kengaytirish maqsadida Ovro'padagi mamlakatlarda
yoppasiga o'rmonlar kesib yuboriladi. Buning ustiga kemalar qurish uchun ko'p miqdorda chinor,
eman va boshqa qimmatli daraxtlar kesilgan. Shuni aytish kifoyaki, bitta kema qurish uchun 4000
dona eman kerak bo'lgan. O'rta asrlar tarixida mashhur bo'lgan Ispaniyaning harbiy floti uchun yarim
million eman daraxti . ^-kesilgan. Ana shu davrdan buyon 400 yil o'tgan bo'lsa ham, Ispaniya
hozirgacha o'rmon xo'jaligini tiklab olgani yo'q.
Dastlab o'rmonlar kema qurish uchun, so'ngra esa kofe va shakarqamish ekish uchun kesib
yuborilgan.
Ovro'pada katta-katta maydonlarda o'rmonlarning kesib yuborilishi bevosita hayvonot
dunyosiga ta'sir qildi. Ma'lumki, feodalizm davriga kelganda dasht va o'rmonlarda yashaydigan
ko'pgina hayvonlar - bizg'aldoq va sug'ur, shimol bug'usi, tur, topon, sayg'oq, suv qunduzi, oqqush,
tualoq, g'oz va boshqa hayvonlar butunlay qirilib bitadi. Shu bilan birgalikda tabiatning o'zgargan
landshaftlarida zararli hasharot va kemiruvchilarning ko'pgina turlari shu qadar ko'payib,
ekinlarga
chinakam ofat bo'lib qoladi.
Feodalizm davri oxiriga kelganda Germaniyaning tabiati juda mushkul ahvolda bo'lib, yer
sathi, iqlim, o'simliklar, hayvonlar dunyosi, hatto odamlarning o'zlari behad o'zgaradi; bularning
hammasi inson faoliyati tufayli sodir bo'ladi.
Rossiyada bu davrda yangi yerlar xo'jalik hisobiga kiritildi. Rossiya tekisligida o'rmonzorlardan
keyin dehqonchilik ustun turib, o'rmonsiz dashtlarda esa dehqonchilik sistemasi hukmron edi.
O'rmonlarning ekinzorlarga aylantirilishi va o'rmonlar o'rnida mayda daraxtlarning paydo bo'lishi
oqibatida ayiq, suvsar, silovsin, bug'u, karqur va boshqa jonivorlar kamayib ketadi. Dashtlar
keyinroq XVHI-XIX asrlarda ko'plalj o'zgartirildi.
Shunga qaramasdan feodalizm davrida tabiatni muhofaz^ qilish aniqroq shakl oldi. O'z
yerlarida ov hayvonlari va boshqa hayvonlarni saqlashdan manfaatdor feodallar ularni qo'riqlasl^
uchun qonunlar chiqara boshladilar. Har qanday qonunnj buzgan kishi qattiq jazolanar edi.
Markaziy Osiyoda qo'riqxonalar qadim zamondan bo'lgan va qo'riq deb atalgan. Bundan 1000 yil
oldin Buxoro yaqinida Shamsobod qo'riqxonasi barpo etilganligi va atrofi baland devoi bilan o'ralib,
qo'riq ichida bug'u, kiyik, tulki ayiq kabi yovvoyi hayvonlar yashaganligi haqida tarixchi Narshaxiy
yozib qoldirgan. Bobur zamonida Samarqand yaqinida bedana ovlanadigan «Bedana qo'rig'i»
mashhur bo'lgan. Qirg'iziston Olatog'ining qo'riqxonasida asosan qulon qo'riqlangan va ot
bilan qulon chatishtirilgan. Qo'qon xoni Xudoyorxonning daryo, ko'l bo'ylarida va /ax yerlarda bir
necha qo'rig'i bo'lgan, bu qo'riqlarda daraxtlarni kesish, o'tin tayyorlash va ov qilish ma'lum
ruxsat
asosida bo'lgan. XI va XVII asrlarda Rossiyada tabiatni muhofaza qiluvchi dastlabki qonunlar
ovchilikka oid bo'lgan, chunki ovchilik slavyanlar uchun birinchi darajali ahamiyatga ega edi.
Jumladan, Rus huquqining dastlabki birinchi yozma hujjatlari Yaroslav Mudriyning «Russkaya
pravda»sida yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash haqida qoidalar yozilgan. Bundan ovchilikni
cheklash masalasi ham qo'yilgan. Masalan, XI asrda qunduzni g'ayriqonuniy ovlash uchun 12
gravinlik jarima to'langan. Bu ikkita sigir, bir ot yoki bir qo'yning bahosiga teng kelgan.
Pyotr I ning otasi Aleksey Mixaylovich (1645-1676) podsholik qilgan davrlarda ov haqida 67
ta farmon qabul qilingan. Bu farmonlarda ovchilik muddatlari, man etilgan mintaqalar, ov qoidalarini
buzish va bu haqidagi jazolar, yasoq, jazo haqida gapirilgan. 1649-yilda «Ryazan uyezdidagi
qo'riqxona o'rmonini saqlash to'g'risidagi farmon qabul qilingan»-
Pyotr I davrida tabiatni muhofaza qilish bo'yicha juda ko'p ishlar qilingan. Agar Pyotr I dan
oldin o'rmonlar asosan ekin ekish uchun tozalangan bo'lsa, Pyotr I esa kemalar qurish uchun
o'rmonlardan foydalanishni joriy qilgan. Bu esa Rossiya ekonomikasi va quvvatining taraqqiyotida
katta rol o'ynadi. Pyotr I o'rmonlarni kesishni man etish va cheklashda qat'iyatlik bilan ish ko'radi.
Chunonchi, daryo bo'ylaridagi o'rmonlarni ekin ekish uchun kesish, yog'ochlarni
Moskvaga oqizish
va 30 chaqirim yuqorigacha daraxtlardan dub, qayrag'och, shumtol, til yog'och, qarag'ay kabi
qimmatli daraxtlarni kesishni man etish to'g'risida 1703-yili farmon chiqarildi.
54
XIX asr oxiri
XX
asr boshida Rossiyada ham olimlar o'rtasida tabiatni muhofaza qilishga
qaratilgan harakat kuchaytirildi. Ayniqsa, 1805-yil tashkil etilgan «Moskva tabiatni tekshirish
jamiyati» tabiat muhofazasiga doir ko'plab maqolalarni bostirib chiqardi. Rossiyada tabiatni
muhofaza qilish bo'yicha birinchi ilmiy jamiyatlar
XX
asr boshlarida tuzildi. Ilmiy jamiyatlarning va
ayrim shaxslarning tashabbusi bilan mamlakatdagi dastlabki qo'riqxonalar tashkil etiladi. Masalan:
1882-yili shaxsiy mablag' hisobiga Kamchatkada qo'riqxona barpo qilindi. 1893-yili Ukrainaning
janubida Askaniya Nova xususiy dasht qo'riqxona tashkil etiladi. Riga tabiatni
tekshiruvchilar jamiyati 1910-yili Saarema va 1912-yili Moriula orollarida qo'riqxona tashkil
qilinadi.
Rossiya geografiya jamiyatida 1912-yil A.A. Borodin tomonidan tuzilgan tabiatni muhofaza
qilish doimiy komissiyasi ishlab, 1916 yili qo'riqxona haqida birinchi qonun qabul qilindi.
Shu yili
birinchi rus davlat qo'riqxonasi - Borguzin Boyqolning sharqiy sohilida tashkil etildi.
Keyingi davrda jamiyatning tabiatga ta'siri yana ham kuchaydi. Tabiiy zaxiralardan birinchi navbatda
foydali qazilmalardan keng miqyosda foydalanish sanoat progressining eng muhim yo'nalishiga
aylandi. Tabiiy zaxiralardan borgan sari ko'proq foydalanish, geografik mehnat taqsimotining keng
avj olishi va shaharlarning misli ko'rilmagan darajada tez o'sishi, bularning hammasi inson bilan
tabiat o'rtasidagi munosabat-ning tubdan o'zgarishi va murakkablashishiga olib keladi.
Oxirgi vaqtda ko'p mamlakatlarda ba'zi rahbarlar va progressiv tashkilotlar tabiat muhofazasi
yo'lidagi ishni davlatning iqtisodiy, xalqaro obro'yini saqlovchi omil deb qaraydigan bo'ldilar.
Shuning uchun oxirgi vaqtda Ovro'pa mamlakatlarida ekologik ta'limga katta e'tibor berilmoqda,
tabiat muhofazasiga doir qonunlar mukammallashtirilmoqda, yangi qo'riqxonalar va milliy parklar
tashkil qilinmoqda.
Sobiq Ittifoq hukumatining tabiatni muhofaza qilish bo'yicha amalga oshirgan aniq tadbirlari
asosida insonning tabiat bilan o'zaro munosabati va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanishga
qaratilgan qator hujjatlarni ishlab chiqishning bevosita tashabbuskori bo'ldi. Shuning uchun ham
Sobiq davlat hokimiyatining dastlabki yillaridagi dekretlari va qarorlari
tabiatga nisbatan yangi
munosabatni amalga oshirishda hal qiluvchi rol o'ynagan.
Ikkinchi jahon urushidan keyin xalq xo'jaligini tiklash va yanada rivojlantirish davrida tabiatni
muhofaza qilish bo'yicha, ayniqsa, muhim tadbirlar, jumladan, dalalarni himoya qiluvchi ihota
polosalari to'g'risida (1948-yil), suv havzalari va atmosferani muhofaza qilish bo'yicha, davlat
sanitariya inspeksiyalari to'g'risida (1949-yil) va boshqa tadbirlar qabul qilingan.
Yuqoridagi muammolarga bo'lgan e'tiborning tobora ortib borishi 1957-1963-yillari barcha
Ittifoqdosh respublikalarda tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun qabul qilishga olib keladi va
kelajak avlodlarning manfaatlarini ko'zlab yer va yer osti boyliklari, suv zaxiralari, o'simliklar,
hayvonot dunyosini qo'riqlash va ulardan ilmiy asosda oqilona foydalanish uchun zarur choralar
ko'riladi. Turkiston respublikalari
tabiatni muhofaza qilish, zaxiralardan oqilona foydalanish ishlari
hamisha davlat-hukumatning diqqat-e'tiborida bo'lib keldi. Markaziy Osiyo respublikalarida tabiat
muhofazasiga oid tadbirlarini amalga oshirish uchun keng jamoatchilik ishtirok etmoqda. Tabiatni
muhofaza qilish muammolarini hal etish va bu masalani omma o'rtasida keng joriy qilishda tabiatni
muhofaza qilish jamiyati va qo'mitalari muhim rol o'ynamoq-da. O'zbekiston tabiatini muhofaza
qilish haqida O'zbekiston
Respublikasi konstitutsiyasini (1992-yil 8-dekabr) 55-moddasida «Yer, yer osti boyliklari,
suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» deb yozib qo'yilgan. Bu qoida O'zbekiston
Respublikasining
Do'stlaringiz bilan baham: