Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

2-asosiy savol bayoni 
Biosferada hayotning paydo bo'lishi. 
Biosferada evolutsion rivojlanish uzoq jarayon bo'lib, 
ikki omil ta'sirida yuzaga kelgan, ya'ni: 
1. /allogen/tashqi/kuchlar - geologik va klimatik o'zgarishlar natijasida; 
2./autogen/ichki/jarayonlar - ekosistemalar komponent-larining aktiv faoliyati ta'sirida yuzaga 
kelgan va uzoq geologik davrlarda organizmlar evolutsiyasi murakkab va bar xil sistemalar tuzish 
yo'li bilan o'tadi. Bunda evolutsion o'zgarish va tabiiy
tanlanish rol o'ynaydi, ayniqsa: 
1) Koevolutsiya, ya'ni biri-biriga qaram avtotrof va geterotrof organizmlar tanlovi; 2) Guruhlik 
tanlovi yoki sistemalar tanlovi (guruh) uchun foydali belgilarning saqlanib qolishida ahamiyati katta 
bo'ladi. 
Bundan 3.5-4 mlrd. yil avval Yerda hayot paydo bo'lganida atmosfera tarkibida azot, ammiak, 
vodorod, uglerod oksidi, metan va suv bug'lari bo'lgan, kislorod bo'lmagan. Ko'rsatilgan gazlardan 
tashqari atmosferada tirik organizmlar uchun zaharli gazlar ham bo'lgan. Atmosferada kislorodning 
yo'qligi tufayli azon qatlami ham bo'lmagan va ultrafiolet nurlar Yer hamda okeanlar yuzasiga yetib 
kelgan. 
Ular 
kimyoviy 
evolutsiyani 
yuzaga 
keltirib, 
murakkab 
organik 
molekula 
(aminokislotalar)ning kelib chiqishiga sabab bo'lgan, o'z navbatida juda sodda tirik sistemalarning 
paydo bo'lishiga olib kelgan. Abiotik jarayonlarda hosil bo'lgan oz miqdordagi kislorod, ultrabinafsha 
nurlar ta'sirida yetarli darajadagi azon qatlamini paydo qilib, birlamchi organizmlarni ultrabinafsha 
nurlarning salbiy ta'siridan saqlagan. Yer yuzidagi birinchi tirik organizmlar achitqi zamburug'-larga 
o'xshagan anaeroblar bo'lib, nafas olish uchun energiyani ochish jarayonidan olgan. Birlamchi sodda 
organizmlar bir hujayralik holatdan yuqoriga evolutsiya qila olmagan. Ular (prokariotlar)da yadro 
bo'lmagan, oziqlanishi ham chegaralan-gan. Suv havzalari tagiga asta-sekin cho'kkan organik 
moddalar hisobiga oziqlangan. Shu vaqtdagi organizmlar suv yuzasiga ko'tarilmagan, sababi, suv 
yuzasi kuchli radiatsiya ta'sirida bo'lgan. Hayot shu tarzda noqulay sharoitda million-million yillar 
davom etgan.


50 
Organizmlar faoliyati natijasida suv muhitida erigan kislorod miqdorining asta-sekin 
ko'payishi, bundan 2 mlrd. yil oldin uning atmosferaga diffuziya bo'lishi Yer tabiatida misli 
ko'rilmagan o'zgarishlarni yuzaga keltiradi, hayotning keng tarqalishiga va eukariot (yadroli) 
organizmlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ulardan o'z navbatida ancha katta va murakkab 
sistemalar paydo bo'ladi. Suvdan ko'p minerallar (masalan, temir) cho'kmaga tushib, geologik 
formatsiyalarni hosil qiladi. Atmosferadagi azon qatlami qalinlashib, ultrabinafsha nurlardan tirik 
organizmlar saqlanishiga katta imkon tug'iladi va hayot dengizlarning yuza qismida ham tarqala 
boshlaydi (Cloud, 1978) va suv yuzasida «yashil quruqlik»-hayot hosil bo'ladi. Aerob yo'l bilan nafas 
olish ko'p hujayrali organizmlarning rivojlanishiga olib keladi. Ma'lumotlarga ko'ra, atmosferada 
kislorodning miqdori 3-4% (yoki atmosferaning 0,6% qismi) bo'lganda, bundan 1 mlrd. yillar avval 
yadroli hujayralar paydo bo'lgan (hozir atmosferada kislorod 20%). Ayrim olimlarning fikricha,
mustaqil mikroblarning bir-biri bilan mutalizm yo'li bilan birlashishidan eukariot hujayralar kelib 
chiqqan (Margulis, 1982). 
Taxminan bundan 700 mln. yillar avval kislorodning miqdori 8% ga yetganda birinchi ko'p 
hujayrali organizmlar rivojlangan. Kembriy davrida evolutsion portlash bo'lib, hayotning yangi 
formalari rivojlanadi. Suvda bulutlar, korallar, chuvalchanglar, molluskalar, dengiz suvo'tlari, hozirgi 
urug'li o'simlik, hayvonlarning oldingi ajdodlari paydo bo'ladi va rivojlanadi. Mayda yashil 
o'simliklar hosil qilgan kislorod Yer yuzini qisqa vaqtda tirik organizmlar bilan o'rab olinishiga sabab 
bo'ladi. Paleozoy erasining turli davrlarida hayot hamma dengizlarni egallabgina qolmasdan 
quruqlikka ham chiqadi. Yer ustida yashil o'simliklarning rivojlanishi muhitda kislorod va ozuqaning 
ko'payishiga, keyinchalik katta hayvonlar (dinozavrlar, sutemizuvchilar), oxirida insonning 
evolutsiya qilishiga olib keladi. Ammo atmosferadagi kislorodning hozirgi miqdori (20%) paleoziya 
o'rtalarida, taxminan bundan 400 mln. yillar oldin yuzaga
kelib, uning hosil bo'lishi o'zlashtirish jarayoni bilan tenglashadi.
Paleozoy oxirida atmosferada kislorodning miqdori kamayib, CO, ortadi, natijada iqlim 
keskin o'zgaradi, avtotrtiflar qoldig'idan katta Yer usti qazilmalar (ko'mir) hosil bo'ladi. Keyinchalik 
atmosferada O, miqdori keskin o'zgaradi, CO

pasayadi, ular o'rtasida notekislik kelib chiqadi. 
Shunday qilib, hayot o'zining birinchi davrida muhitga, undagi radiatsiyaning fizikaviy-kimyoviy 
o'zgarishlariga moslashishdan boshlangan. Evolutsion rivojlanishning eng yuqori bosqichi tur paydo 
bo'lishi va ular asosida katta-kichik biologik sistemalarning yuzaga kelishi bo'lgan. 
Tur - bu tabiiy biologik birlik bo'lib, uning hamma a'zolari umumiy genofondning tashkil bo'lishida 
qatnashadi. Evolutsiya genlar chastotasi o'zgarishidan iborat bo'lib, u atrof-muhit va turlararo 
munosabatlardan kelib chiqadigan tanlanish, genetik tuzilishning o'zgarishi natijasidir. 
Turlar hosil qiladigan biologik sistemalar va ularning evolutsiyasi koevolutsiya deb aytiladi. ya'ni 
sistema ichidagi organizmlarning bir-birlari bilan munosabatlari evolutsiyasida guruhlar o'rtasida 
genetik informatsiya almashinib turadi. 
Koevolutsiya nazariyasi asosida (Ehrlich, Raven, 1965) o'simlik va kapalaklar o'rtasidagi 
munosabatlarni o'rganishning natijalari yotadi. Evolutsion rivojlanishda o'simliklarning bar xil 
bo'lishi o'z navbatida fitofag hayvonlarning ham har xilligiga olib keladi. 
Evolutsion rivojlanish jarayonida tabiiy tanlanish turdan tashqari guruhlar tanlanishi yo'li bilan ham 
o'tadi. Nazariy jihatdan guruhli tanlanish populyatsiya va sistemalar belgilarini saqlashga qulaylik 
yaratadi, organizmga foyda keladi, uzoq yashashiga imkon yaratiladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish