5- sinf Ona tili
Mavzu: Tutuq belgisining ishlatilishi
Dars maqsadi:
|
a) tutuq belgisining ishlatilish o`rinlari, ma`no farqlash vazifasi haqida ma`lumot berish;
|
|
b) o`quvchilarning dunyoqarashini rivojlantirish, fikrlash doirasini kengaytirish;
|
|
d) o`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantiriah.
|
Dars xili:
|
Yani bilim berish
|
Dars uslubi:
|
O`qituvchi bayoni, savol- javob, mashqlar ishlash, kichik guruhlar bilan ishlash, “Klaster”, “Aqliy hujum”
|
Dars jihozi:
|
Darslik, yozuv taxtasi, rasmli tarqatmalar, nutq o`stiruvchi matnlar, tarqatmalar.
|
DTS talabi:
|
Tutuq belgisining ishlatilishi haqida ma`lumot
|
Darsning borishi:
-
Tashkiliy davr
-
Salomlashish
-
Darsni tashkil etish
-
Shu kungi yangiliklar
-
O`quvchilarni guruhlarga bo`lish. “Vatan”, “Ona”, “Tabiat” guruhlariga bo`linadi
-
O`tilganlarni yodga tushirish.
-
Alifboning matematik formulasini yozish (j: 29, 26, 6, 3, 1)
“Aqlni charxlang” o`yini
Savol- javob. Har bir guruh 2 tadan savolga javob beradi. To`g`ri javob bergan o`quvchilarga rag`bat kartochkalar berib boriladi.
-
Tovush bilan harfning farqini ayting. (J: tovush talaffuz qilinadi, harflar yoziladi. o-o, a-a, b-b, h-h)
-
Lab tovushlarini sanab bering.(J: b, p, m, v, f.) lab-lab tovushlari—b, p, m, lab-tish tovushlari—v, f
-
Nutq tovushlari qanday vazifa bajaradi? (J: Nutq tovushlari so`zlarda ma`no farqlash vazifasini bajaradi. Masalan: paxta- taxta, tanbur-tanbur, shoh- shoh )
-
O`zbek alifbosidagiyon va titroq tovushlarni ayting. (J: l- yon tovush, r- titroq)
-
Unli tovushlarga tavsif bering. (J: lablangan: I, e, a—old qator, lablanmagan: u, o`, o—orqa qator) yuqori tor, o`rta keng, keng
-
Bir tovush ikki harf bilan ifodalanadigan holatlarni izohlang. (J: ng, sh, ch harf birikmalari bitta tovushni ifodalaydi: keng, she`r, chaman)
-
Yangi mavzu bayoni.
Kichik sahna ko`rinishi bilan boshlanadi. (Darslikdagi 430- mashq asosida)
Tutuq belgisi she`ri (O`quvchilar aytadi)
Mavzu: Tutuq belgisining ishlatilishi
Lug`at diktant.
An`ana, a`lo, in`om, e`lon, jur`at, ne`mat, ta`zim, mas`ul, she`r, shu`la, Ma`ruf, Ra`no.
Lug`at diktantni o`quvchilar o`zlari tekshirib oladilar (Javoblar slayd orqali namoyish etiladi)
-
Tutuq belgisi a`lo, ra`no kabi so`zlarda unlidan keyin kelib, uning cho`ziqroq aytilishini ifodalaydi.
-
San’at, in’om, mas’ul singari so`zlarda tutuq belgisi unlidan oldin qo`yiladi va unlini undoshdan ajratib talaffuz etishni ifodalaydi.
-
Mo`jiza, mo`tadil kabi so`zlardan o` unlisi cho`ziq talaffuz qilinsa
ham tutuq belgisi qo`yilmaydi.
-
Bo`g`in ko`chirishda tutuq belgisi oldingi bo`g`inda qoldiriladi:
Va’-da, ma’-ri-fat, mash’-al, in’-om , shu`-la.
IV. Mustahkamlash.
435-mashq og`zaki bajariladi.
Har bir guruh 2 tadan gap tuzadi.
436-mashq. Namuna:
1. San’at –inson o`z qobilyatidan kelib chiqqan holda shug`ullanishi mumkin
bo`lgan faoliyatdir. Adabiyot—so`z san`ati.
Sanat-harakat. Ukangni o`ngacha sanat.
-
Sur`at—tezlik, jadallik. Surat—rasm. Texnika mehnat sur`atini oshiradi. Biz ustozimiz bilan suratga tushdik.
-
qal`a—atrofi muhofaza qilingan, ya`ni qalin devorlar bilan o`raglan joy. Bobur qo’shinlari tomonidan Ixtiyoriddin qal`asi egallandi. Qala—harakat. Ra`no, tandirga o`t qala.
437- mashq. Namuna:
A`yon Sun`iy Mo`jiza
Mustaqil ish
-
Guruh. Unlini cho`ziq talaffuz qilish uchun ishlatiladigan tutuq belgili so`z qatnashgan 2 ta gap tuzish
-
Guruh. Unlini undoshdan ajratib talaffuz qilish uchun ishlatilgan tutuq belgili so`z qatnashgan 2 ta gap tuzish
-
Guruh. O` unlisi cho`ziq talaffuz qilinsa ham tutuq belgisi qo`yilmaydigan so`zli 2 ta gap tuzish
Dars yakuni
Guruhlardagi rag`bat kartochkalar soniga qarab, g`olib aniqlanadi. O`quvchilar ishtirokiga qarab baholanadi.
Uyga vazifa 438- mashq
Xayrlashish
Bolalarning o`zi yaxshi,
Boldan shirin so`zi
Xayrlashuv oni keldi,
Bolajonlar, qoling yaxshi
Do'stlaringiz bilan baham: |