Ekskursiya dars ishlanmasi
Ekskursiya mavzusi: Tabiatga sayohat ( Hayvonot bog’iga)
Ekskursiya maqsadi: Butun yil davomida o’rgangan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olish ko;nikmasini shakllantirish, umurtqasiz va umurtqali hayvonlarni bir biridan ajrata olish, sinflar o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni ko’ra olish ko’nikmalarini shakllantirish. Turlarning xilma xilligi va organizmlarning muhitga moslashganligiga oid bilimlarni mustahkamlash, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish va ekologik tarbiya berish.
Jihozlar: daftar, ruchka, chizg’ich, durbin
Ekskursiyaning borishi:
I-O’quvchilarni ekskursiyaning maqsadi, borishi, kuzatiladigan va bajariladigan topshiriqlar bilan tanishtirish.
2. O’quvchilarni kichik guruhlarga ajratish va ularga o’quv topshiriqlarini tavsiya etish.
3. O’quvchilarni kichik guruhlarda mustaqil ishini tashkil etish.
1-topshiriq. O’quvchilar umurtqasizlar tipiga oid hayvonlarni kuzatib, ularni o’ziga xos jihatlarini tahlil qilish
1-jadval
T/r
|
Umurtqasizlar tipiga mansub organism turlari
|
O’ziga xos jihatlari
|
|
|
|
2-topshiriq. Sutemizuvchilar sinfiga mansub hayvon turlarini kuzatish va tahlil qilish.
2-jadval
3-topshriq.Qushlar sinfiga mansub hayvon turlarini kuzatish va tahlil qilish.
3-jadval
T/r
|
Turlar
|
Yashash sharoiti
|
O’ziga xosligi
|
|
|
|
|
4-topshiriq. Sudralib yuruvchilar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi vakillari bilan tanishish va tahlil qilish
4-jadval
T/r
|
Turlar
|
Yashash sharoiti
|
O’ziga xosligi
|
|
|
|
|
5-topshiriq. Baliqlar sinfi vakillari bilan tanishish va tahlil qilish
5-jadval
T/r
|
Turlar
|
Tuzilishidagi o’ziga xosliklar
|
|
|
|
IV kichik guruhlarning topshiriqlar yuzasidan axborotlarini tinglash.
V Ekskursiya mobaynida kuzatilgan hayvon turlarini turlari turkumlari, morfologiyasi, ekologiyasi va ahamiyati bo’yicha hisobot tayyorlash.
VI Ekskursiyani yakunlash.
O’quvchilar tomonidan yig’ib kelingan ma’lumotlar umumlashtiriladi. Har bir guruh o’zi o’rgangan topshiriqlar yuzasidan qolgan guruh a’zolariga ma’lumotlarni aytib o’tadi. O’qituvchi tomonidan ma’lumotlar xulosalanadi va yakunlanadi.
Ekskursiya turi-bir kunlik.
O’qituvchi ekskursiyani o’tkazishda tayyorgarligi quyidagilar;
-Ekskursiya muddati belgilanadi va o’tkaziladigan joy hamda boriladigan transport belgilanadi.
-Ekskursiyada foydalanadigan o’quv jihozlari va metodlarini aniqlash.
-Ekskursiya haqida bir necha kun avval mavzu bo’yicha suhbat o’tkazish, o’quvchilarni kichik guruhlarga ajratish , o’quv topshiriqlarini berish.
-Ekskursiya davomida amal qilinishi lozim bo’lgan qonun-qoidalar bilan tanishtirish, berilgan topshiriqlarni bajarishda faollikni ko’rsatish va tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |