Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

Tarbiyaviy 
yo'nalish-tabiatni muhofaza qilishda katta o'rin tutishi kerak. Kishilarni tevarak-
atrofdagi olamni ehtiyot qilishga o'rgatish zarurdir. Haqiqatan, kishi tabiat bilan bevosita 
munosabatda bo'lganda olijanob va xushfe'l bo'lib boradi. Barcha tirik mavjudodlarga, daryo 
suvlarining beto'xtov oqib turishiga, tabiatdagi barcha ajoyibotlarga mahliyo bo'lish, ularni sevish va 
ehtiyot qilish yosh avlodning eng yaxshi xislati bo'lmog'i kerak. Buning uchun yosh avlodni 
vatanparvarlik hissi bilan ulg'aytirish, tabiatga muhabbat uyg'otish lozim. 
Madaniy estetik yo'nalish. 
Go'zal tabiatning zilol suvlari, shifobaxsh soylari, musaffo 
havosi, yam-yashil vodiylari, qorli cho'qqilari, o'rmonlar bilan qoplangan tog'lari, serunum
tuproqlari, maysazorlar kimlarni maftun qilmaydi? Turon zaminining ana shunday xushmanzara, 
orombaxsh tabiatini saqlab qolish uchun jilg'a va soy suvlarining ifloslanishi, qurib qolishi, tog' va 
tekisliklardagi yashil o'simliklarning nest-nobud bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Shundagina Ona-
Vatanimiz tabiati go'zallashib, xushmanzara joylarimiz ko'payib boradi. Bu esa kishilarning madaniy 
hordiq chiqarishi, estetik zavq olishlari uchun muhim omil bo'lib, olim, shoir, yozuvchi, rassom, 
bastakorlarga ilhom beradi, ularni yangi-yangi ijodlarga chorlaydi. Tabiat qanchalik sof, go'zal, 
xushmanzara bo'lsa, kishilar shunchalik estetik zavqlanib^ jaxshi
dam oladilar va, ishlari unumli bo'ladi 
M
Vatanimiz tabiatining qonuniyatlarini yaxshi tushunish, unga nisbatan to'g'ri munosabatda 
bo'lish uchun, eng awalo, tabiatni sevish kerak. Shu tufayli buyuk olimlarda fan-texnika sohasidagi 
yangi g'oyalar go'zal, xushmanzara tabiat quchog'ida vujudga keladi. Buni buyuk fransuz olimi J. 
Kyurining quyidagi gaplari isbotlaydi: «Men kechalari xushmanzara o'rmonlar ichiga kirib, miriqib 
dam olsam, estetik zavqlansam, ertasi kuni miyam yangi g'oyalar bilan to'lar edi» degan. 
Darhaqiqat, xushmanzara vodiy, tog'lar, o'rmonli yerlar faqat yozuvchi, olim, rassom, bastakorgagina 
ilhom bag'ishlab qolmasdan, har qanday kishining ruhini tetik qiladi, estetik zavq beradi, ko'nglini 
xushnud etadi. Buyuk A. Navoiy va Z. M. Boburlar ham o'zlarining ko'p asarlarini tabiatdan 
ta'sirlanib yozganlar. 
Ona-Vatanning go'zal tabiatini sevish, e'zozlash va undan xalq manfaati yo'lida unumli 
foydalanish mavzulari yozuvchi va shoirlar ijodida katta o'rin oladi. A. Navoiy, Abay, Maxtumquli, 
H. Olimjon, Oybek, G'. G'ulom, Uyg'un, Mirtemir, Tursunzoda va boshqalar go'zal tabiatdan estetik 
zavq olib, uni madh etdilar. Xususan, H. Olimjon o'zining «O'lka», «Baxtlar vodiysi», «O'rik 
gullaganda», «O'zbekiston» kabi qator asarlarini tabiatdan zavqlanib yaratgan. 
Tabiat va uning ko'rkam manzaralari rassomlar uchun doimo ilhom manbai bo'lib kelgan. Qadimiy 
poleolit davrida yaratilgan eng birinchi san'at asari ham qoyalarga solingan hayvon rasmlaridir. Shu 
boisdan bo'lsa kerak, jahon san'at asarlari ichida juda katta o'rinni peyzaj janri, ya'ni tabiat manzarasi 
tasvirlangan suratlar egallaydi. 
Tabiat go'zalliklaridan zavqlanib asarlar yaratgan o'rta asr klassik rassomi K. Behzod, o'zbek 
rassomlari O'. Tansiqboyev, N. Qo'ziboyev, R. Ahmedov, Z. Inog'omov, N. G. Karaxan, R. Temurov, 


59 
mashhur rus rassomlaridan I.I. Shishkin, I.I. Levitan, A. Kuindji, Ayvazovskiy, N. Krimov, M. 
Lishkov, M. Saryan va boshqalarning rasmlari misol bo'ladi. 
O'rta Osiyoning go'zal tabiatini tar annum etuvchi san'at asarlari ichida O'. Tansiqboyevning «O'zbo'y 
o'zanida», «Qishloq», «Tog'» manzaralari, Karaxanning «Oltin kuz» kabi suratlari alohida o'rin 
tutadi. 
Go'zal tabiat manzaralarini musiqada buyuk rus kompozi-tori P.I. Chaykovskiy o'zining «Yil 
fasllari» deb atalgan fortepyano uchun pyesasi, mashhur Betxoven «Oy» sonatasi, Shtraus esa 
«O'rmon val'si»da go'zal tarannum etganlar. O'z asarlarida tabiat manzarasini madh etgan 
kompozitorlardan A. Borodin, M. Glinka, A. Glazunov, Kurman-Kozi, D. Shestakovich, S. 
Rahmaninov, S. G'aniyev, R. Glier, S. Tulikov, Yu. Rajabiy, T Jalilov, M. Ashrafiy, M. Burxonov va 
boshqalarning nomlarini hurmat bilan tilga olish mumkin. 
Yer sharida, jumladan, Vatanimizda, sanoat va qishloq xo'jaligining jadal sur'atlar bilan 
rivojlanishi natijasida tabiatning dastlabki holati tez o'zgarib, madaniy landshaft maydoni kengayib 
bormoqda. O'zbekistonda vujudga 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish