Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

Qishloq xo'jaligi. 
Fan-texnika taraqqiyoti iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda qishloq 
xo'jalik ishlab chiqarishning intensivlashishiga olib keldi, ya'ni mexanizatsiyalashtirish, 
ximiyalashtirish, melioratsiyalash va boshqa tadbirlar bilan qo'llandi. Qishloq xo'jaligini 
ximiyalashtirish^ uning samaradorligini oshirishning eng muhim omili bo'lib qoldi. Hozirgi vaqtda 
dunyo bo'yicha yerga 300 mln. tonnadan
ortiq mineral o'g'itlar va 4mln. t zaharli ximikatlar sepilgan. 
Keyingi vaqtda qishloq xo'jaligini intensivlashtirish, yirik chorvachilik majmualarini qurish bilan, 
atrof-muhit -iflos-lanishining oldini oluvchi murakkab tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi. 
Urbanizatsiya. 
XIX asr boshlarida Yer sharida 750 ta shahar bo'lgan. 1950-yil esa ularning 
soni 276000 dan oshib ketdi. Agar 1800-yil dunyo aholisining 3% i shaharda yashagan bo'lsa, 1950-
yili 30%, 2000-yili esa 50-70% i shaharda yashaydi. Hozirgi vaqtda shahar aholisi sonining tez o'sishi 
deyarli barcha mamlakatlar uchun xos. Biroq sanoati rivojlangan mamlakatlarda shahar aholisi, 
ayniqsa, tez o'smoqda. Masalan, Germaniyada - 85%, Angliyada - 82%, Fransiyada - 75%, AQShda - 
70%, Avstraliyada - 70%, Rossiyada - 62% dan ortiq aholi shaharlarda yashaydi. Shahar aholisining 
salmog'i Yaponiya, Shvetsiya va Niderlandiyada yana ham ko'proq. 10-24 mln. aholili shaharlarga 
Mexiko, Tokio, Kalkutta, Qohiralar kiradi. O'zbekiston aholisi 22-23 mln. bo'lsa, Toshkentda 2,3 
mln. aholi bor. 
Tabiatdan 
rekreatsion 
foydalanish deb biror tabiiy sharoit va zaxiralar yordamida dam olish, 
davolanish tushuniladi. Bunda dam olish, sanatoriya va kurort hududlari katta rol o'ynaydi. Ma'lumki, 
urbanizatsiya darajasi qancha yuqori bo'lsa, shahardan tashqarida dam olishga bo'lgan talab ham 
shuncha kuchli bo'ladi. Keyingi vaqtlarda rekreatsiya maqsadlarida foydalanishga mo'ljallangan 
yerlar maydoni (milliy bog'lar, shaharlar atrofidagi 
o'rmonlar, ya'ni «yashil» mintaqalar va boshqalar) kengayib bormoqda. Lekin ko'pgina rekreatsiya 
uchun ajratilgan joylarda dam oluvchilarning ortiqcha to'planishi natijasida rekreatsion tabiiy 
majmualarga zarar yetishi (daraxt, buta va o'tlarning qurib qolishi, havo, suv, tuproqning ifloslanishi 
va hokazolar) kuzatilmoqda. Shuning uchun ham rekreatsion hududlardan foydalanishni tartibga 
solish va ularni muhofaza qilish dolzarb masala bo'lib qolmoqda. 
Ekologik zarar inson yashaydigan muhit sifatining , yomonlashishidir. Inson uzoq 
vaqtlargacha tabiatga bitmas-tuganmas manba sifatida qarab kelgan. Lekin o'zi tabiatga ta'sir 
etishning salbiy natijalariga duch kelib, u asta-sekin tabiatdan oqilona foydalanish va muhofaza 
qilishning zarurligi haqida ishonch hosil qila boshladi. XIX asrning oxiri XX asrning boshida inson 
faoliyatida tabiatni muhofaza qilish haqidagi tasavvur faqat ayrim hayvon va o'simlik turlarini, noyob 
obyektlarni muhofaza qilishnigina o'z ichiga olar edi. Tabiatni muhofaza qilish faqat biologik 
muammo deb qaralar edi. Tabiatni muhofaza qilishning aniq vazifalaridan biri tabiatni o'zgartirish 
oqibatlarini va salbiy natijalarning oldini olish yo'llarini aniqlashdan iboratdir. Tabiiy majmualarni 
bar taraflama va chuqur o'rganmasdan, ularning komponentlari o'rtasidagi aloqalarni aniqlamasdan va 
hisobga olmasdan tabiatni muhofaza qilishdek murakkab vazifani amalga oshirish mumkin emas. Bu 
masalalarni majmua o'rganish bilan ekologiya fani shug'ullanadi. Uning yo'nalishlari salbiy texnogen 
o'zgarishlarni oldindan aniqlashga va ularni o'z vaqtida bartaraf qiluvchi chora-tadbirlarni belgilashga 
qaratilgandir. Demak, tabiatni muhofaza qilishning hozirgi asosiy vazifalari-tabiiy zaxiralarni 
muhofaza qilish, qayta ishlab chiqarishni tashkil etish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, atrof-
muhitni ifloslanishdan saqlashdan iboratdir. 
Tabiatni muhofaza qilishning ijtimoiy va siyosiy, iqtisodiy, sog'lomlashtirish - gigiyena, 
tarbiyaviy, estetik va ilmiy yo'nalishlari bor. 
Ijtimoiy-siyosiy yo'nalishlar. Odamlar ishlab chiqarish jarayonida tabiat bilan doim 
munosabatda bo'ladi. Ona zaminimiz boyliklarining talon-taroj qilinishi, tabiat va jamiyat o'rtasidagi 
inqirozning chuqurlashuvi yildan-yilga yaqqol namoyon bo'ldi. 
Tabiatni muhofaza qilish dunyoning ko'p joylarida ijtimoiy munosabatlarning o'zgarishiga 
olib keldi. Tabiatni muhofaza qilishning zaruriy chorasi sifatida texnika taraqqiyoti, sanoatning 
rivojlanishi, aholining o'sishini ekologik rejalarda olib borish kerak. Xo'jalik-iqtisodiy yo'nalish. 
Ijtimoiy va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish bosqichlarida tabiat muhofaza-sining 
vazifa va maqsadlari o'ziga xos xususiyatiga .ega. Ko'pchilik geografik hududlar tabiati o'zini-o'zi 


58 
tiklash qobiliyatini yo'qotdi. Tabiatshunos olimlar, tabiat muhofaza-sining asosiy yo'li deb xo'jalikda 
ishlatilishidan iloji boricha o'zgartirilmagan landshaftlar va boshqa tabiiy obyektlarni saqlash deb 
biladilar. Bu xatodir. 
Tabiiy zaxiralarga talab keskin o'sdi, intensiv xo'jalik oborotiga okean, dengiz va quruqlikning 
katta-katta maydomari kiritilmoqda. Tabiiy ekosistemalarga inson ta'sirining oqibatlari faqat ular 
atrofidagi geosistemalardagina emas, balki butun geografik muhitlarda sezilmoqda. Shu sababli 
ishlab chiqarish doirasidan katta maydonlarni chiqarib olish va qo'riqlanayotgan joy deb e'lori qilish 
foydali bo'lmoqda. Ayrim hududlar hamda\ geografik muhitning ifloslanishi ekologik sharoitning 
buzilishiga olib keladi. Qo'riqlanayotgan hududlarda rejim nisbiylashib boradi, ulardagi tabiiy 
jarayonlar buziladi. Masalan, Amu va Sirdaryo suvlarining Orolga yetib bormasligidan suv sathi 20 
m ga pasaydi. Orol bo'yi quridi, suvi sho'rlandi (50 g/1), o'simlik va hayvonlar yo'qoldi. Ekologik 
holat tobora yomonlashdi. 
Atrof-muhitni toza saqlamasdan turib, inson sog'lig'i to'g'risida g'amxo'rlik qilib bo'lmaydi. 
Toza havo, suv va tabiatdan bevosita olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari (sabzavot, mevalar va 
hokazolar) kishining hayoti uchun zaruriy shartlardir. Inson hayoti uchun optimal ekologik sharoit 
yaratish tabiat muhofazasining eng dolzarb vazifalaridan biridir. Tabiatni o'zgartirishning har qanday 
loyihasi va unga har qanday ta'sir ko'rsatishdan oldin inson ekologiyasi nuqtai nazaridan baholanishi 
shart. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish