55
Hozirgi vaqtda dunyoda tabiatni muhofaza qilish sohasida hamkorlikning ikki asosiy formasi
tarkib topdi: 1) tevarak-atrofdagi muhitni muhofaza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish
masalalari bo'yicha ikki tomonlama konvensiyalar; 2) tabiatni muhofaza qilish bo'yicha
xalqaro
tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish.
Tabiiy muhitning hozirgi muammolariga oid birinchi xalqaro konferensiya-biosferadan
ratsional foydalanish va zaxiralarni muhofaza qilishning ilmiy asoslari bo'yicha ekspertlarning
hukumatlararo konferensiyasi dunyo tabiiy zaxiralaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish ishida
katta voqea bo'lgan. Bu konferensiya
YUNESKO binosida ochilib, 1968-yili 4-sentabrdan 16-
sentabrgachadavometgan. Bu konferensiya juda vakolatli edi: uning ishida YUNESKO a'zolari
bo'lgan 63 mamlakatdan 238 ta delegat va BMTga a'zo mamlakatlarning 6 ta va boshqa
tashkilotlardan 88 ta vakil qatnashgan. Konferensiyada Shvetsiya,
Fransiya, GFR, Vengriya, AQSh
delegatlari, ayniqsa, mufassal doklad qilganlar. Konferensiya butun biosfera miqyosida tabiatni
muhofaza qilishning barcha muhim masalalarini ko'rib chiqqan..
Tabiatni muhofaza qilishdan 1948-yil YUNESKO -YUNEPO
xalqaro biologik dastur
yordamida tabiat va tabiiy zaxiralarni qo'riqlash to'g'risida xalqaro Ittifoq tuzildi. Bu Ittifoq
dunyodagi ko'pchilik davlatlarning vakillari - muassasa va jamoat tashkilotlarini o'z ichiga oladi. 120
dan ortiq xalqaro tashkilotga mamlakatlardan 350 ga yaqin milliy tashkilot va ko'plab xalqaro
tashkilotlar kiradi. Bu tashkilotning shtab kvartirasi Shvetsa-riyadagi Jeneva ko'lining go'zal sohilida
joylashgan.
O'zbekiston Respublikasi, ayniqsa, Orol va Orol bo'yi mintaqasidagi ekologik ofatning oldini
olishga xalqaro harakatda butun dunyo jamiyatining e'tiborini qaratmoqda.
Bu xalqaro tashkilotlarning eng katta ishlaridan biri noyob «Qizil kitob»ning yaratilishidir.
Uning Assambleyalarida yer sharining konkrekt tumanlari (masalan, Afrika va O'zbekis-ton)da
bo'lgan hayvon, o'simliklarni qo'riqlash bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina
masalalar, o'rta va oliy o'quv
yurtlarida tabiatni muhofaza qilish asoslarini o'qitish, qo'riqxonalar tashkil etish, ovchilik va baliq
tutishni taqiqlash, o'rmon kesish va boshqa masalalar hal qilinadi.
Dunyoning ko'pchilik
mamlakatlarida, shu jumladan, O'rta \ Osiyo hududida o'simlik va
hayvonlarni muhofaza qilish uchun, I qo'riqxonalar,
buyurtmalar tashkil qilinib, «Qizil kitob»lar
chop / etildi. Havo, suv va tuproqni muhofaza qilish qonun asosida/ yo'lga qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: