Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

3-asosiy savol bayoni
Biosfcraning tirik moddalari. 
Biosferaning tirik moddalari - unda uchraydigan tirik 
organizmlar va ularning kimyoviy tarkibidir. Tirik organizmlarning umumiy kimyoviy tarkibi 
atmosfera va litosferaning tarkibidan farq qilsa ham vodorod, kislorod atomlari bo'yicha gidrosferaga 
yaqin, lekin uglerod, kalsiy, azot miqdorlariga qarab, undan farqlanadi. Tirik moddalar suv, havo, yer 
migrant elementlaridan tashkil topgan bo'lib, ular gazsimon va erigan holda bo'ladi. Masalan, 
organizmlarning 99,9% massasi Yer qa'rida uchraydigan 98,9% ini tashkil qiladigan 14 ta 
elementlardan iborat. Bu hayot Yer qobig'ining kimyoviy birikmalaridan iborat ekanligidan dalolat 
beradi va organizmlarda Mendeleev jadvalidagi hamma elementlar topilganigini tasdiqlaydi. 
V. I. Vernadskiy fikricha, koinotning eng aktiv materiyasi tirik moddalardir. Muhitning optimal 
sharoitida (harorat 20°C, normal suv ta'minoti, CO
2
va mineral moddalar) o'simliklar fotosintez 
jarayonida 4-5% quyosh energiyasidan (FAR) foydalanadi. Yoz faslining kun o'rtasida o'simlik 


51 
barglari 8% gacha FAR, 45% gacha infraqizil nurlarni qaytaradi va 25% gacha nurlar barg va shoxlar 
orasidan o'tib, pastki yaruslardagi barglar, o'simliklar tomonidan foydalaniladi. 
O'simliklar bargi qabul qilgan quyosh energiyasining turli jarayonlar va reaksiyalarni o'tishda 
quyidagicha foydalanadi, ya'ni: 1) Energiyaning bir qismi (1%) fotosintez jarayonida hosil bo'lgan 
organik moddalarda to'planadi; 2) Yana bir qismi (5% atrofida) bargning qizishi va issiqlik 
chiqarishga sarflanadi; 3) Bir qismi issiqlikka aylanib, transpiratsiya jarayonida sarflanadi. Yer 
yuzida tirik organizmlar hosil qilgan biomassa 1,4«10
12 
tonnadan 3,O10
12
tonna quruq modda 
miqdorida hisoblanadi. Shundan 2,42«10
12
tonna quruqlikdagi organizmlar va 0,003«10
12 
tonna suv
organizmlari hisobiga yuzaga keladi. Avtotrof organizmlarning o'rtacha ko'p yillik biomassasi 
biosfera bo'yicha 2,4*10
12
tonna, hayvonlarniki esa 0,023«10
12
tonnani tashkil qiladi (Sitnik va 
boshqalar, 1987). Boshqa ma'lumotlarga ko'ra, sayyoradagi avtotroflarning umumiy mahsuloti yiliga 
176*10

tonna quruq moddani tashkil qiladi, shundan o'rmonlar fitomassasi 1509 mlrd. t quruq massa 
yoki Yer yuzi o'simliklari hosil qiladigan biomassaning 85% ini tashkil qiladi (Bogorov, Ryabchikov, 
1969). Biosferada o'simliklar hosil qilgan fitomassa asosan o'simlikxo'r hayvonlar tomonidan 
o'zlashtiriladi. O'zlashtirilgan fitomassaning 10%i o'txo'r hayvon biomassasini hosil qilishga ketib, 
qolgani chiqindi sifatida muhitga chiqariladi, inson ham o'rtacha 10% hayvon to'qimasidan to'plangan 
energiyani oladi. 
Yer yuzi bo'yicha birlamchi mahsulotning taqsimlanishi -bu biosferaning asosiy funksiyasi, 
tirik moddalar hosil bo'lishi va ularda energiyaning to'planishi hisoblanadi. Biosferaning turli 
hududlarida yil davomida bir gektar maydonda 2-4 tonnadan 350-400 tonnagacha fitomassa hosil 
qiladi. 
Dunyo okeanida fitoplanktonning massasi 1,7 mlrd.t , hayvonlarning massasi esa 32,5 mlrd.t 
ni tashkil etadi. Dengizlarning ochiq qismi mahsuldorligi juda past, kuniga 0,1-0,5 g/m
2
, korall 
riflarda esa 20 g/m
2
massa hosil bo'ladi. Hamma okeanlarning o'rtacha yillik mahsuloti 15 mlrd. t 
uglerod hisobida, organik moddalar hisobida yiliga 30 mlrd. t hosil bo'ladi. 
Biosferaning umumiy birlamchi mahsuldorligi 83 mlrd. t organik moddaga tengdir. Shundan 
53 mlrd. tonnani quruqlik ekosistemalari bersa, 30 mlrd. tonna dengiz biosistemalarida hosil bo'ladi. 
Tabiiy sharoitlarda katta hayvonlarning biomassasi ko'p emas, masalan, Afrika savannalarida katta 
hayvonlar biomassasi 15-25 t/km
2
, mo'tadil hudud o'rmonlarida 1 t/km
2
, tundrada esa 0,8 t/km
2

Biosfera zoomassasi 20 mlrd. t quruq modda atrofida belgilanadi, uning 3,5 mlrd. tonnasi okean 
hayvonlari hisobiga to'g'ri keladi. Sayyoradagi insonlar umumiy biomassasi o'rtacha 201 mln. t 
atrofidadir. Yer yuzidagi 6,3-6,5 mlrd. odamning bar biri kuniga 2500-3000 kkal energiya olishi 
kerak. Shunda Yer yuzi aholisining yillik oladigan energiyasi 2,8*10
15
- 2,9-10
15 
kkal. dan ortib 
ketadi. 
Sayyoradagi har bir odamga 2500-3000 kkal energiya berish uchun unga 0,6 gektar maydonda 
mahsulot yetishtirish kerak. Shundagina to'g'ri trofik xalqalar yuzaga keladi. Yer yuzi aholisini ozuqa 
energiyasi bilan ta'minlash uchun 1,2-1,4 mlrd. gektar qishloq xo'jalik yerlaridan 2,4«10
12
1 mahsulot 
olish kerak. Qishloq xo'jalikda yetishtiriladigan 8,7 mlrd. organik moddalar biosferada yetishadigan 
mahsulotning bir qismidir. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish