50
Organizmlar faoliyati natijasida suv muhitida erigan kislorod miqdorining asta-sekin
ko'payishi, bundan 2 mlrd. yil oldin uning atmosferaga diffuziya bo'lishi
Yer tabiatida misli
ko'rilmagan o'zgarishlarni yuzaga keltiradi, hayotning keng tarqalishiga va eukariot (yadroli)
organizmlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ulardan o'z navbatida ancha katta va murakkab
sistemalar paydo bo'ladi. Suvdan ko'p minerallar (masalan, temir) cho'kmaga tushib, geologik
formatsiyalarni hosil qiladi. Atmosferadagi
azon qatlami qalinlashib, ultrabinafsha nurlardan tirik
organizmlar saqlanishiga katta imkon tug'iladi va hayot dengizlarning yuza qismida ham tarqala
boshlaydi (Cloud, 1978) va suv yuzasida «yashil quruqlik»-hayot hosil bo'ladi. Aerob yo'l bilan nafas
olish ko'p hujayrali organizmlarning rivojlanishiga olib keladi. Ma'lumotlarga ko'ra, atmosferada
kislorodning miqdori 3-4% (yoki atmosferaning 0,6% qismi) bo'lganda, bundan 1 mlrd. yillar avval
yadroli hujayralar paydo bo'lgan (hozir atmosferada kislorod 20%).
Ayrim olimlarning fikricha,
mustaqil mikroblarning bir-biri bilan mutalizm yo'li bilan birlashishidan eukariot hujayralar kelib
chiqqan (Margulis, 1982).
Taxminan bundan 700 mln. yillar avval kislorodning miqdori 8% ga yetganda birinchi ko'p
hujayrali organizmlar rivojlangan. Kembriy davrida evolutsion portlash bo'lib, hayotning yangi
formalari rivojlanadi. Suvda bulutlar, korallar, chuvalchanglar, molluskalar, dengiz suvo'tlari, hozirgi
urug'li o'simlik, hayvonlarning oldingi ajdodlari paydo bo'ladi va rivojlanadi. Mayda yashil
o'simliklar hosil qilgan kislorod Yer yuzini qisqa vaqtda tirik organizmlar bilan o'rab olinishiga sabab
bo'ladi. Paleozoy erasining turli davrlarida hayot hamma dengizlarni
egallabgina qolmasdan
quruqlikka ham chiqadi. Yer ustida yashil o'simliklarning rivojlanishi muhitda kislorod va ozuqaning
ko'payishiga, keyinchalik katta hayvonlar (dinozavrlar, sutemizuvchilar), oxirida insonning
evolutsiya qilishiga olib keladi. Ammo atmosferadagi kislorodning hozirgi miqdori (20%) paleoziya
o'rtalarida, taxminan bundan 400 mln. yillar oldin yuzaga
kelib, uning hosil bo'lishi o'zlashtirish jarayoni bilan tenglashadi.
Paleozoy oxirida atmosferada kislorodning miqdori kamayib, CO, ortadi, natijada iqlim
keskin o'zgaradi, avtotrtiflar qoldig'idan katta Yer usti qazilmalar (ko'mir) hosil bo'ladi. Keyinchalik
atmosferada O, miqdori keskin o'zgaradi, CO
2
pasayadi, ular o'rtasida notekislik kelib chiqadi.
Shunday qilib, hayot o'zining
birinchi davrida muhitga, undagi radiatsiyaning fizikaviy-kimyoviy
o'zgarishlariga moslashishdan boshlangan. Evolutsion rivojlanishning eng yuqori bosqichi tur paydo
bo'lishi va ular asosida katta-kichik biologik sistemalarning yuzaga kelishi bo'lgan.
Tur - bu tabiiy biologik birlik bo'lib, uning hamma a'zolari umumiy genofondning tashkil bo'lishida
qatnashadi. Evolutsiya genlar chastotasi o'zgarishidan iborat bo'lib, u atrof-muhit va turlararo
munosabatlardan kelib chiqadigan tanlanish, genetik tuzilishning o'zgarishi natijasidir.
Turlar hosil qiladigan biologik sistemalar va ularning evolutsiyasi koevolutsiya deb aytiladi. ya'ni
sistema ichidagi organizmlarning bir-birlari bilan munosabatlari evolutsiyasida guruhlar o'rtasida
genetik informatsiya almashinib turadi.
Koevolutsiya nazariyasi asosida (Ehrlich, Raven, 1965) o'simlik va kapalaklar o'rtasidagi
munosabatlarni o'rganishning natijalari yotadi. Evolutsion rivojlanishda o'simliklarning
bar xil
bo'lishi o'z navbatida fitofag hayvonlarning ham har xilligiga olib keladi.
Evolutsion rivojlanish jarayonida tabiiy tanlanish turdan tashqari guruhlar tanlanishi yo'li bilan ham
o'tadi. Nazariy jihatdan guruhli tanlanish populyatsiya va sistemalar belgilarini saqlashga qulaylik
yaratadi, organizmga foyda keladi, uzoq yashashiga imkon yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: