Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

Ekosistema chegaralari 
. Ekosistema tushunchasi, uning chagarasiga o‘xshab ko‘rinadi, 
lekin uning katta kichikligi bor. Masalan, jumoli uyasi , akuvarium , shoxlar, botqoq, kosmik kema 
xonasi, dengiz , o‘rmon, tog‘, biosferalar o‘rtasidan chegaralovchi chiziq o‘tkazish mumkin
bo‘lsa, ularning har biri alohida-alohida ekosistemadir. 
Ekosistema o‘zining hajmiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi : 1) Makroekosistema – 
okean yoki jog‘rofik hududlar; 2) Mezoekosistema –o‘rmon , hozuz , ko‘l ; 3) Mikroekosistema-
quriyotgan daraxt , kolba , akvarium . 
Makroekosistema.
Katta yoki kichik ekosistemalarga energiyaning kirishi – chiqishida
muhitning o‘zgarishi har xil bo‘ladi, ya‘ni : 1) O‘zgarish ekosistemasining hajmiga bog‘liq, agar u 
katta bo‘lsa (tabiiy hudud , okean) tashqi muhitning qisman o‘zgarishiga qaram bo‘lmaydi , 
kichiklar ( hovuz , bog‘) qaram bo‘ladi; 2) Ekosistema katta bo‘lsa , unda energiya va moddalar
kelishi , almashinishi va chiqish ham ko‘p bo‘ladi; 3)Ekosistemsda avtotrof va geterotrof 
organizmlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jarayonlar tengligining buzilishi kuchli bo‘lsa , uni tiklash
uchun tashqaridan keladigan energiya ham ko‘p bo‘ladi; 4)Yosh sistemalarning rivojlanish 
stadiyasi va darajasi eski, yetilgan sistemalardan farq qiladi.
Ekosistemalarning tuzilishi
. Ekosistemalarning asosiy xususiyatlaridan biri –bu yer usti
muhiti , chuchuk suv , dengiz yoki sun‘iy ekosistemalarda uchraydigan avtotrof va geterotrof 
organizmlar o‘rtasidagi munosabatlardir.Ekosistemalar trofik (oziqlanish) tuzilishi bo‘yicha
quyidagi pog‘onalarga bo‘linadi, ya‘ni: 1) Yuqori atrof (mustaqil ovqatlanuvchi )pog‘ona yoki ‘‘ 
yashil pog‘ona‘‘. Bu pog‘onani o‘simliklar yoki ularning qismlari tashki qiladi . Ularning o‘z
tanalarida organik moddalar to‘playdi; 2) Pastki geterotrof pog‘ona (boshqalar bilan ovqatlanish 
) da tuproqda to‘plangan turli qoldiq (barg , shox, ildiz ) lar namlik yordamida chiriydi, moddalar
bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tadi va murakkab birikmalar hosil bo‘ladi.
Biologik nuqtai nazardan ekosistema tarkibida quyidagi konponentlarni ajratish
mumkin,ya‘ni :1) Neorganik moddalar (C,N, CO
2
, H
2
O); 2) Organik moddalar biotik va abiotik 
qismlarini birlashtiradi. 3) Havo, suv va substrat muhitlar bo‘lib, ular iqlimning hamma fizikaviy
omillarini o‘z ichiga oladi; 
4) Avtotrof organizmlar majmuai-produtsentlar (yaratuvchilar ), yashil o‘simliklar ; 5) 
Gererotrof organizmlar – makro va mikro konsumentlar , fagotroflar tayyor chirindilar
holatiga o‘tkazadigan organizmlar majmualariga redutsentlar yoki destruktorlar kirib, ularni
bakterialar, zamburug‘lar, sodda tuzilgan va o‘lik organik moddalar bilan oziqlanadigan
organizmlar tashkil qiladi.Trofik tuzilishdagi qonuniyatlar ikki kategoriyaga bo‘linadi; biofaglar-


45 
tirik organik moddalar bilan oziqlanuvchi va saprofaglar- o‘lik organik moddalar bilan
oziqlanuvchilar . Biofaglar ichida fitofaglar –o‘txo‘r hayvonlar,insonlar, parazitlar birlamchi
konsumentlar , yirtqichlar ikkilamchi, uchlamchi konsumentlar uchraydi. 
Trofik tuzilish oziqlanishini quyidagicha sodda holda ham ifodalash mimkin ya‘ni: 
O‘simliklar 
Qo‘y, quyon Tulki, bo‘ri, burgut 
_____________

_______________

________________________ 
Produksentlar 
Birlamchi Ikkilamchi konsumentlar
konsumentlar
Ekosistemaning tirik va o‘lik qismlari bir-birlari bilan aralashib, bi butun majmuani hosil
qiladi , ularni ajratish juda qiyin. 
Ekosistemaning ichidagi ko‘pchilik biogen elementlar (uglerod, azot,fosfor) va organik
birikmalar (uglevodlar,oqsillar, yog‘lar ) tirik organizmlarning ichidagina emas balki ularning
sirtida ham uchraydi va tirik hamda o‘lik jinslar o‘rtasida doimiy energiya oqimini hosil
qiladi.. 
Ekosistemaning 3 ta tirik komponentlari (produksentlar, fagotroflarr va safrofitlar) ni tabiatning 
3ta funksional olami sifatida qarash mumkin . Ularning bunday bo‘linishi oziqlanish turlari va
energiyadan foydalanish manbaiga asoslangan .

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish