Экология” фанидан



Download 0,77 Mb.
Sana29.05.2022
Hajmi0,77 Mb.
#614860
Bog'liq
Ekotizim tushunchasi




ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА КОММУНИКАЦИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВАЗИРЛИГИ
МУҲАММАД АЛ-ХОРАЗМИЙ НОМИДАГИ
ТОШКЕНТ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ УНИВЕРСИТЕТИ

“Энергия таъминлаш тизимлари” кафедраси


ЭКОЛОГИЯ


фанидан


Мустақил иш

Бажарди: Televizion texnologiyalar таълим йўналиши


510-19 гуруҳ


Kamolov Murtazo
Қабул қилди: қ.ўқ. С.М. Абдуллаева

ЭКОЛОГИЯ” фанидан мустақил иш мавзулари


Руйхатдан фамилиянгизни топиб ўз вариантингизни мавзусини олиб илова -1 ва -2 да келтирилган кўрсатмаларга амал қилган ҳолда мустақил ишни бажаринг.

N

Фамилия

Имя

Мустақил иш мавзулари


Камолов

Муртазо

Ekotizimtushunchasi, tasniflanishi va barqarorligi.

MAVZU: EKOTIZIM VA UNING TASNIFLANISHI


REJA:
1. Ekotizim tushunchasi.
2. Ekotizimlarning tasniflanishi .
3. Ekotizimlarning mahsuldorligi, ekologik piramida va uning qoidalari.
4. Ekotizim mavzusini o’qitish metodikasi.

Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy-energetik aloqada yashaydi. O’simliklar oziqlanish jarayonida o’lik tabiatdan karbonat angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni oladi. Ya’ni, ular hali iste’mol qilishga tayyor bo’lmagan anorganik moddalarni olib, ulardan organic birikmalarni sintezlaydi. Shuning uchun ham ularga avtotrof lar, ya’ni “ o’zlari uchun o’zlari ovqat tayyorlaydiganlar “ deb nom berilgan. Tayyor ozuqa moddalari bilan oziqlanuvchi organizmlarga esa geterotrof lar deyiladi. Bularga barcha o’txo’r va etxo’r organizmlar misol bo’ladi. Demak, geterotrof organizmlar avtotrof organizmlar hisobiga yashaydi. Ular tashqi muhitdan qo’shimcha suv va kislorod ham oladi.


Avtotrof va geterotrof organizmlarning olgan ozuqasi tarkibidagi barcha moddalarning o’rni biogen modda aylanishi davomida tabiatda tiklanib turadi. Demak, barcha organizmlar modda aylanish jarayonida ham o’zaro ham tashqi muhit bilan bog’langan yaxlit tizimni hosil qiladi.
Tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasi ekotizimlar deyiladi. Bu termini fanga 1935 yil ingliz olimi A. Tensli kiritgan. Ekotizimlar hajmi jihatdan turlicha kattalikda bo’ladi. Masalan,
Mikroekotizim:
- Daraxtning chiriyotgan poyasi;
- Ko’lmak suv;

Mezoekotizim :


- O’rmon;
- Ko’l;
- O’tloq;
Makroekotizim :
- Okean, Qit’a, Materik .
Eng yirik ekotizim , ya’ni, megaekotizim – bu biosfera hisoblanadi.
Ekosistemalar tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiiy ekosistemalarga hovuzlar, dengizlar, o’tloqlar chakalakzorlar, o’rmonlar va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Sun’iy ekosistemalarga inson faoliyati natijasida hosil bo’lgan landshaftlar kiradi, dalalar, bog’lar, basseynlar va boshqalar.
Ekosistema tarkibiga bir necha biogeotsenozlar kirishi mumkin. Ekosistema biotsenozga nisbatan keng ma’nodagi tushunchadir. Har qanday biogeotsenoz ekosistemadir, lekin har qanday ekosistema biogeotsenoz bo’lolmaydi.
O’ziga xos o’simliklar dunyosi va landshaftga ega bo’lgan biogeotsenozlar geografik zonalilik bilan ham chambarchas bog’liqdir. Geografik zonalilik natijasida biomlar deb ataluvchi yirik regional ekosistemalar yoki biosistemalar hosil bo’ladi. Bunday biomlarga tundra, taiga, o’rmon, cho’l, dasht va tropik o’rmonlar misol bo’ladi.
Chuchuk suv havzasi ekosistemalariga ko’llar, daryolar va botqoqliklar kiradi. Juda katta maydonlarni egallovchi bunday ekosistemalar chuchuk suv organizmlarining yashash joyi, ichimlik suvi manbayi, sug’oriladigan yerlar uchun suv zahirasi hisoblanadi.
Dengiz ekosistemalariga sathining 70 % ni egallovchi ochiq dengizlardan tashqari qirg’oqlar bo’yidagi kontinental shelf ham kiradi. Bunday ekosistemalar hayvon va o’simliklarining xilma-xilligi , plankton va bentosning, soda hayvonlar va tuban suv o’tlari juda ko’p miqdorda bo’lishi bilan ta’riflanadi.
Sun’iy ekosistemalar inson faoliyati natijasida yaratiladi. Ularga agroekosistemalar, urbanoekosistemalar va kosmik ekosistemalar kiradi. Akvariumlar, gul o’tkazilgan tuvaklar ham kichik ekosistemalar bo’lib, ular tabiiy ekosistemalarning modelidir. Sun’iy ekosistemalardan eng muhimi agroekosistemadir, bular odam tomonidan yaratiladigan biogeitsenozlardir. Agroekosistemalarga – dalalar, bog’lar kiradi.
Qanday shaklda bo’lishiga va ixtisoslashishiga qaramay, agroekosistemalarning asosiy tarkibiy qismi avtotrof qism hisoblanadi. Agroekosistemalarning tabiiy ekosistemalardan farqi:
a) Turlarning soni kam bo’lganligi uchun o’z-o’zini idora qila olmaydi;
b) Ularning turg’unligi mustahkam emas;
c) Agrotsenozlar uchun energiya manbayi bo’lib, faqat Quyosh energiyasi emas, balki inson tomonidan sarflanadigan energiya (sug’orish, o’g’itlarni ishlab chiqarish, mashinalardan foydalanish) ham hisoblanadi. Agroekosistemalarda elementlar davriy aylanishiga inson aralashadi. Chunki elementlar hosil bilan birga yig’ib olinadi, o’rnini to’ldirish uchun tuproqqa mineral o’g’it solinadi.

Ekotizimda modda va energiya oqimi
Yerda hayotning davom etishida Quyoshdan kelayotgan energiya oqimi muhim rol o’ynaydi. Avtotrof organizmlar bu energiyadan foydalanib, fotosintez jarayonida organik birikmalarni sintezlaydi, geterotrof organizmlar esa ularni iste’mol qiladi. Iste’mol qilingan organik moddalar bilan birga ularning tarkibida saqlangan energiya geterotrof organizmlarga o’tadi. Kishi ovqatlanishida ajralib chiqadigan issiqlik, toshko’mir, yog’och yoki torf yonganda chiqadigan issiqlik va yorug’lik o’sha Quyoshdan olinib, to’planib qolgan energiyadir.
Organizmlarning oziqlanishiga ko’ra aloqalari trofik aloqalar deyiladi. Organizmlar o’rtasidagi trofik aloqalar ozuqalar zanjirini hosil qiladi. Bu zanjir yopiq bo’lib 3 ta zvenodan tashkil topadi:
1-zveno. Produtsentlar . bularga avtotrof organizmlar ya’ni , yashil o’simliklar kiradi. Ular ozuqani yaratuvchilar hisoblanadi.
2-zveno. Konsumentlar . Iste’mol qiluvchilar. Bularga barcha hayvonlar va insonlar kiradi.
3-zveno. Redutsentlar. Parchalovchilar.bularga zamburug’lar va mikroorganizmlar kiradi. Ular tuproqqa qaytgan organik moddalrni parchalab, oddiy anorganik elementlarga aylantiradi.
Ekoztizimlarning mahsuldorligi va ekologik piramida qoidalari.
Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi deganda, ma’lum maydondagi tirik organizmlarning muayyan vaqt birligida vazn to’plash tezligiga tushuniladi. Bu tezlik tabiatda vaqt va joyga ko’ra turlicha kechadi.
Produtsentlarning ma’lum vaqt birligida to’plagan vazni birlamchi mahsulot hisoblanadi. U shu mahsulotni to’plash uchun tuproqdan undan ko’ra ancha ko’p modda oladi. Bu moddalarning 40-70 % qismi o’z hayotiy jarayonlariga ( nafas olish, oziqlanish, suv bug’latish) sarflaydi, qolganini vazn sifatida to’playdi.
Birlamchi mahsulot konsument va redutsentlar uchun ozuqa bo’lib hisoblanadi. Ular ham ozuqa sifatida olingan birlamchi mahsulotning ko’p qismini o’z hayotiy ehtiyojlariga sarflab, faqat ozginasini vazn sifatida to’playdilar. Ularning to’plagan bu vazni ikkilamchi mahsulot deyiladi.
Shunday qilib, geterotrof organizmlar birlamchi mahsulot hisobidan yashaydi va uning faqatgina bir qismini ikkilamchi mahsulot sifatida to’playdi. Masalan, qoramol o’z vaznini 1 kg ga oshirish uchun 70-80 kg o’t yeydi. Ko’rinib turibdiki, u birlamchi mahsulot bilan olgan energiyasining ko’p qismini o’zining hayot jarayonlariga sarflaydi va oz qismini ikkilamchi mahsulot sigatida to’playdi. Ozuqa zanjirining keying zvenolarida ham shunday holat davom etadi va har bir zvenoga o’tishda energiya hamda to’planadigan massa kamaya boradi. Bu holat ekologik piramida (1-rasm) deb nom olgan bo’lib, piramidaning ostida produtsentlar (o’simliklar), o’rtasida o’simlikxo’r konsumentlar va ustida etxo’r hayvonlar o’rin olgan. Ekologik piramidani ingliz olimi CH. Elton o’rgangan va fanga kiritgan.
Ekologik piramidada quyidagi qoidalar amal qiladi:
Birlamchi qoida. Ikkilamchi biologik mahsulotlar birlamchi biologic mahsulotlardan kam bo’ladi.
Ikkinchi qoida. Yeyiluvchi organizmlarning umumiy vazni yeyuvchi organizmlar vaznidan ko’p bo’ladi.
Uchinchi qoida. Biologik mahsuldorlik , ikkilamchi mahsulot to’plovchilarning qisqa umr ko’radiganlarida uzoq yashovchilariga nisbatan yuqori bo’ladi.
To’rtinchi qoida. Sonlar qoidasi bo’lib,piramidaning yuqorisiga chiqqan sari organizmlar soni kamaya boradi.
Ekotizimlar dinamikasi va suktessiyasi.

Biotsenozlarning barchasi ham o’zgarib turuvchan bo’lib, bu o’zgarishlar ikki xil bo’ladi:


1. Davriy o’zgarishlar
2. Ilgarilama o’zgarishlar.
Davriy o’zgarishlarga tashqi muhitdagi sutkalik, mavsumiy va yillik o’zgarishlar kiradi. Sutkalik o’zgarishlar organizmlarning aktivligiga ta’sir qiladi. Masalan,O’rta Osiyo cho’llarida yozning jazirama kunlarida tush payti aktivlik keskin pasayadi, kechqurun va ertalab aktivlik keskin oshadi.
Mavsumiy o’zgarishlar organizmlarning nafaqat aktivligiga, balki ularning soniga ham ta’sir qiladi. Bunga hayvonlarning bahorda ko’payishi, kuzda ko’pchilik qushlarning issiq mamlakatlarga ketib qolishi kabilar misol bo’ladi.
Ilgarilama o’zgarishlar biotsenozlardagi organizmlar soni va tarkibini qisman yoki to’liq o’zgartirishga olib keladi.ular organizmlar jamoasigamuhit omillarining uzoq davom etadigan bir tomonlama ta’siridan kelib chiqadi. Bunga misol qilib atrof – muhiti o’ta ifloslangan joydan aholining ko’chib ketishini keltirish mumkin.
Ilgarilama o’zgarishlar ba’zi hollarda ancha chuqur bo’lib, biotsenoz butunlay o’zgarib ketadi. Masalan, havoning davomiyli kuchli ifloslanishi u joyning suvi va tuprog’ini ham ifloslanishiga olib keladi. Bunday hodisaga degressiya deyilad,ya’ni,
biotik jamoalar holatining yomonlashuvi deyiladi. Buning natijasida u joydan nafaqat odamlar ketib qoladi, balki suv tuproqdagi organizmlar ham qirilib ketib, biotsenoz kambag’allashib qoladi. Bunday chuqur o’zgarishlarga ekzogen o’zgarishlar deyiladi.
Bundan tashqari tabiatda endogen o’zgarishlar ham bor. Ularning natijasida biotsenozlarning tarkibi birin – ketin o’zgara boradi. Masalan, tog’dagi yalang’och toshlar tabiiy omillar ta’sirida sekin-asta yemirila boshlaydi, sababi ularning sirtida paydo bo’lgan lishayniklar quyosh radiatsiyasi ta’sirida, harorat va namlik ta’sirida toshni yemiradi. Yemirilgan tosh ustida dastavval petrobiont (toshsevar) o’simliklar o’sadi. Keyinchalik toshlar yemirilib adirlar paydo bo’lgach, bu yerlarning tuprog’iga mos keladigan boshqa o’simliklar o’sadi. Bu joylarning hayvonot dunyosi ham o’simliklarga mos ravishda o’zgarib boradi. Biotsenozlarning ma’lum tartibda almashinishi ekotizimlar suktsessiyasi deyiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



1. G’ofurov. A. T. Darvinizm Toshkent, O’qituvchi 1992-yil.
2. Vorontsov N.P., Suxorokova L.N. Evolyitsionnoya organicheskogo mira M.Prosvesheniye 1991.
3. To’raqulov.YO.X. molekulyar biologiya, Toshkent, 1993.
4. Ergashev . A. Umumiy ekologiya, Toshkent 2003.
5. Htpps/org. fayl
Internet saytlar:

  1. www.ekotalim.uz – Milliykasbiyta’limdaekota’limsayti.

  2. www.uznature.uz – O‘zRTabiatnimuhofazaqilishdavlatqo‘mitasisayti.

  3. www.lex.uz -O‘zRAdliyavazirligisayti.

  4. www.ziyonet.uz –O‘zR Oliy vao‘rtamaxsus ta’limvazirligisayti.

  5. www.bilim.uz - O‘zR Oliy va o‘rtamaxsus ta’limvazirligi sayti.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish