turlarini joriy qilish;
—korxonalar javobgarligini va mol-mulkini ixtiyoriy sug'urta
qilish;
-qonunchilik hujjatlarida va hukumat qarorlarida nazarda
tutilgan sug'urtaning majburiy turlarini amalga oshirish.
Mamlakatimiz sug'urta tizimida 1995- yilda tashkil etilgan
«Madad» sug'urta agentligi muhim rol o'ynaydi.
U ixtisoslashgan
sug'urta tashkiloti bo'lib, asosiy maqsadi kichik va xususiy biznesni
qo'llab-quwatlashdan, tadbirkorlarga imtiyozli kredit berish bilan
bog'liq va sug'urtaning boshqa ko'rinishlarim amalga oshirishdan
iboratdir. Agentlik faoliyatining asosiy yo'nalishi qishloq xo'jalik
mahsulotlarini qayta ishlash, fermer xo'jaliklarini
rivojlantirish,
binokorlik industriyasi, mahalliy sanoat, turizm, xizmat ko'rsatish
sohalari tomonidan taqdim qilinadigan
investitsiya loyihalarini
baholash va ekspertizadan o'tkazib, biznes fond hisobidan xususiy
tadbirkorlarga va kichik biznesga imtiyozli asosda kredit berishni
tavsiya etish hisoblanadi.
Shu bilan birga, «Madad» sug'urta agentligi imtiyozli ravishda
tadbirkorlami sug'urta qiladi, o 'z vaqtida qaytarilmagan kreditlarni
undirishga yordam beradi. Xorijiy investitsiyani sug'urta jihatidan
himoya qilishni va boshqa sug'urta xizmatlarini amalga oshiradi.
«Madad» agentligi taqdim qilingan loyihalarni ko'rib chiqish
va xaridorlarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida agentlikning
mamlakatimizning barcha mintaqalarida joylashgan 13 tafiliali 10
dan ortiq konsalting firmalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Davlat aksiyadorlik sug'urta
kompaniyalaridan yana biri
«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi bo'lib,
uning asosiy maqsadi respublika iqtisodiyotida eksport o'sishini
yanada rag'batlantirish, milliy eksportchi korxonalami sug'urtaviy
himoya qilishni ta’minlash, xorijiy mamlakatlar investorlari bilan
aloqa qiluvchi milliy investorlaming faoliyatini kuchaytirish,
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga
jalb etilayotgan chet el
investitsiyalarini kompleks sug'urtaviy himoya qilishdir.
123
« 0 ‘zbekinvest» sug'urta kompaniyasining o ‘ziga xos
xususiyatlaridan biri — investitsiyalami faqat iqtisodiy xavf-
xatardangina emas, balki siyosiy xavf-xatar (urush, fuqarolar
g‘alayoni, pul o'tkazishni chegaralash va boshqalar)dan ham
himoya qilishdir.
Bugungi
kunda
0 ‘zbekistonda
yuqoridagi
sug'urta
tashkilotlari bilan bir qatorda yana «Bank-sug'urta»
banklararo
sug'urta jamiyati, «Lizing-Invest» aksiyadorlik kompaniyasi,
“Umid”, “Metro”, “M ehrnuri”, “Yo'lovchi”, “Alskom”, “Sayyoh”,
“Osiyo temir yo'li” sug'urta kompaniyasi, “O'zbeksug'urta-xauden
Lixu” va “Anglo-Toshkent” kabi 33 ta sug'urta
kompaniyalari
faoliyat yuritmoqda. Hozirda sug'urta kompaniyalari ning 890
dan ortiq hududiy boshqarmalari bozor infratuzilmasiga xizmat
qilmoqda. Shu bilan birga sug'urta bozorida 1250 yuridik shaxs
sifatidagi
agentlar, 5659 jismoniy shaxs sifatidagi agentlar hamda
boshqa professional sug'urta ishtirokchilari faoliyat yuritmoqda
(5.3.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: