2,7 mlrd. dollar hajmidagi eksport shartnomalari tuzildi. Bu 2009-
yil ko‘rsatkichlaridan 20% ga ko‘pdir.
Yarmarka
ishtirokchilari
uchun
mo‘ljallangan
0 ‘zbekistonning 600 korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan
6 mingdan ortiq mahsulot turlarini qamrab oigan “0 ‘zbekiston
sanoat mahsulotlari” katalogi nashr qilindi.
Hozirga paytda Xalqaro savdo yarmarkasi va kooperatsion
birja uzluksiz asosda faoliyat ko‘rsatib, u ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Yilning birinchi yarmiga to‘g ‘ri keladigan ilk bosqichda hududiy
va sanoat yarmarkalari o ‘tkaziladi. Bu yarmarkalarda, odatda,
joriy yil uchun shartnomalar va sanoat
mahsulotlarining yangi
turlarini o‘zlashtirish bo ‘yicha dastlabki kelishuvlar tuziladi.
Ikkinchi bosqichda - Xalqaro savdo yarmarkasi va kooperatsion
birja o ‘tkazilishi paytida, yuqorida qayd etilgan kelishuvlar
mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga aylanadi va
ishlab chiqaruvchilarning keyingi yil uchun buyurtmalari portfelini
shakllantiradi. Bu tadbirlar oralig‘ida korxonalar yangi mahsulot
turlarini ishlab chiqarish
masalalarini hal qiladi, tajriba partiyalari
tayyorlanadi va buyurtmachilar bilan kelishib olinadi,
mahsulotning texnik parametrlari talab qilinadigan sifat
darajasiga olib chiqiladi. Shu bilan birga, aytib o ‘tish joizki,
maydonlaming cheklanganligini hisobga oigan holda,
ikkinchi
bosqichda ishtirok etuvchi korxonalami tanlab olish nomzodlarning
birinchi bosqich yakunlari bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirokidan
kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda Xalqaro savdo yarmarkasi va kooperatsion
birja ishtirokchilari tasarrufida tadbirni muvaffaqiyatli o ‘tkazish
uchun barcha sharoitlar, shu jumladan, “O'zekspomarkaz”
milliy
ko‘rgazma markazining xalqaro darajadagi 4 ta paviloni, ikkita
atriumi, 4 ta ochiq maydonchasi, konferens-zallarga ega Xalqaro
savdo markazi,
mehmonxona majmuasi, jamoat ovqatlanish
joylaridan iborat yaxlit infratuzilmasi mavjud.
Xalqaro savdo
yarmarkasi va kooperatsion birja doirasida tuzilgan shartnomalar
135
yarmarka Direksiyasi tomonidan ro ‘yxatga olinib, monitoring qilib
boriladi. Bu shartomalaming qat’iy bajarilishi uchun qo‘shimcha
kafolat sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, Xalqaro savdo
yarmarkasi va kooperatsion birja doirasida asbob-uskunalar,
butlovchi qismlar, qayta ishlangan xomashyo va materiallar
sotib olish to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri shartnomalar asosida, qo‘shimcha
tenderlarsiz amalga oshiriladi (12.11.2007- yildagi PF-3937).
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish
maqsadida Xalqaro savdo yarmarkasi va kooperatsion birja
Direktiyasi tomonidan 2011- yildagi
Xalqaro savdo yarmarkasi
va kooperatsion biijaga tayyorgarlik ko ‘rish uchun metodik
tavsiyanomalar ishlab chiqildi va tarqatildi.
Ushbu materiallar o ‘z ichiga normativ-huquqiy baza,
prezentatsiyalami tayyorlash va o ‘tkazish, ko‘rgazmalarda ishtirok
etish va mahsulotni katalogga qo‘shish uchun turli formalami
to‘ldirishdan tortib, korxonalar o ‘rtasida barqaror kooperatsion
aloqalarni o ‘matish, bu jarayonga
kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlarini faol jalb qilishgacha boMgan tavsiyalami
qamrab oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: