O‘zekspomarkaz



Download 0,63 Mb.
bet1/4
Sana17.01.2020
Hajmi0,63 Mb.
#35088
  1   2   3   4
Bog'liq
ilmiy ish uchun malumotlar

O‘ZBEKISTON YIL DAVOMIDA MEVA-SABZAVOT EKSPORT QILA OLADI

O‘zekspomarkaz”da Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi yakunlandi.



Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2016-yil 1-iyundagi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o‘tkazib turish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga asosan o‘tkazilgan mazkur yarmarka «O‘zbekoziqovqatxolding», «O‘zvinosanoat-xolding» xolding kompaniyalari, «O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasi, «O‘zagroeksport» tashqi savdo kompaniyasi va «Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi direksiyasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etildi. 

Xalqaro yarmarkada ho‘l va quruq mevalar, sitruslar, sabzavotlar, poliz ekinlari, dukkakli o‘simliklar, yong‘oqlar, ziravorlar, ichimliklar, qadoqlash texnologiyalari, sovutish uskunalari, transport va logistikaga oid ko‘plab bo‘limlar ishladi. O‘zbekiston meva-sabzavotchilik sohasi yutuqlari va yangiliklari barcha viloyatlar ekspozitsiyalarida keng namoyish etildi. 

– Viloyatimizda joriy yilning o‘tgan davrida qiymati 17 million dollardan ziyod bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilindi, – deydi «O‘zagroeksport» tashqi savdo kompaniyasining Navoiy viloyati vakili Bahodir Karimov. – Ko‘rgazmada ham fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan noz-ne’matlardan tashqari, meva-sabzavotni qayta ishlashga ixtisoslashgan yigirmadan ortiq korxona mahsulot namunalari keng namoyish etildi. Natijada pomidor, bodring va dukkakli ekinlar yetkazib berish bo‘yicha 25 million dollarlik shartnoma tuzildi. 

Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida AQSh, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Fransiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya, Latviya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Eron, Afg‘oniston kabi mamlakatlardan ikki yuzdan ziyod ishbilarmon doiralar vakillari qatnashgani chet el ishlab chiqaruvchilari hamda savdo kompaniyalarining O‘zbekiston bilan hamkorlikdan manfaatdorligi oshayotganini ko‘rsatdi. 

– Tashkilotimiz O‘zbekiston bilan ko‘p yillardan buyon samarali hamkorlik qilib kelayotir, – deydi Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Xaled Muhammad Al-Abudiy. – Shu paytgacha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir ko‘plab qo‘shma loyihalarni amalga oshirib, investitsiya kiritdik. O‘zbekistonda turli sohalar qatori agrar sanoatda faoliyat ko‘rsatayotgan chet ellik investor va sheriklar uchun qator soliq va bojxona imtiyozlari, boshqa preferensiyalar joriy etilgani, ularning mamlakatingizda muvaffaqiyatli biznes yuritishida qulaylik yaratmoqda. 

Qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlash, yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2016-2020-yillarda meva-sabzavotlarni saqlash bo‘yicha moddiy-texnik bazani mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari doirasida «O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasining hududiy kompaniyalari, fermer xo‘jaliklari va boshqa korxonalar tomonidan 64,6 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan 164 yangi sovutish kamerasi tashkil etildi. Mamlakatimizda meva-sabzavotlarni saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga yetkazildi. Natijada yil davomida narxlar barqarorligini ta’minlash, aholiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish, ushbu mahsulotlar eksportini kengaytirish imkoniyati yaratildi. 


– Ekologik toza, sifatli va mazali mevalar, uzum va poliz ekinlari yetishtirish jarayonida urug‘chilikdan boshlab, biologik kurash, lizingga texnikalar berish kabi tizim yo‘lga qo‘yilgani alohida e’tirofga loyiq, – deydi Janubiy Koreyaning «Myung Seong International» kompaniyasi boshqaruvchi direktori Jung Xyu Von. – Biz meva pyurelari asosida sharbat ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldik, mahsulotlarning sifatini baholadik. Korxona bilan hamkorlik borasida kelishib oldik. 

– Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi doirasida qariyb 16 million dollarlik shartnoma imzoladik, – deydi Andijon viloyatidagi «Mamatov grand invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Xurshidbek Mamatov. – Uning asosiy qismini karam, gilos, limon va uzum eksporti tashkil etadi. Korxonamiz joriy yilning bahorida ish boshlagan bo‘lsa-da, Ukrainada barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, Chexiyada quruq mevalar bilan savdo qiluvchi savdo uyi tashkil etdik. Mahsulotlar saqlashni yanada kengaytirish, ularning foydaliligini oshirish uchun besh ming tonnalik sovutgich qurishni boshladik. Kelgusida meva-sabzavotlarni qayta ishlashni ham yo‘lga qo‘ymoqchimiz. 

Anjuman doirasida ishtirokchilar Toshkent, Andijon, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Jizzax viloyatlaridagi korxonalar, fermer xo‘jaliklari va bog‘larda bo‘lib, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan islohotlar samaralari, meva-sabzavot yetishtirish, sifatli saqlash va qadoqlash tizimi, eksportga tayyorlash jarayoni bilan bevosita tanishdi.Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirishning tejamkor texnologiyalari, meva-sabzavotlarni qayta ishlash va eksport qilish tizimini takomillashtirish, ushbu mahsulotlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, seleksiya va urug‘chilik, suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bu xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq jalb etish, jahon oziq-ovqat mahsulotlari bozorining yo‘nalishlari va rivojlanish istiqbollarini tahlil etish, O‘zbekistonning eksport salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Ma'lumot manbai: uza.uz



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish