O‘zekspomarkaz


Prezident meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashga oid qarorni imzoladi



Download 0,63 Mb.
bet2/4
Sana17.01.2020
Hajmi0,63 Mb.
#35088
1   2   3   4
Bog'liq
ilmiy ish uchun malumotlar

Prezident meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashga oid qarorni imzoladi


Qarorga ko‘ra meva-sabzavot mahsulotlari ko‘rik hujjati tuzilganidan keyin 3 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish amalga oshiriladi.

  •  14:58, 07 ноября 2017 года

  • Политика

  •  0

 

 2 420


 

 0

 



 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, eksport qilinadigan yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarning hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish maqsad qilingan.

Unga ko‘ra, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Iqtisodiyot vazirligi va Savdo-sanoat palatasining, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga eksport kontrakti (shartnomasi) tuzmasdan quyidagi shartlarga rioya qilgan holda invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini amalga oshirish huquqini berish, yetkazib berish summasi eksport bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish kunida 20 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi takliflari qabul qilindi.

O‘zbekistonning vakolatli tijorat banklaridagi hisobvaraqlarga O‘zbekiston norezidentlaridan xorijiy valyutada, shu jumladan bank o‘tkazmalari, xalqaro bank kartalari, ayirboshlash shoxobchalarida sotib olingan milliy valyutadagi naqd pul mablag‘larini kiritish shaklida 100 foizlik oldindan to‘lov olish, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga eksportga yetkazib berish haqidagi ma’lumotlarni kiritish ham kiritilgan.

2017-yil 15-noyabrdan boshlab yuridik shaxslar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari jismoniy shaxslardan sotib olinganda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilmasdan qo‘llaniladi. Meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga yuk bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish ko‘rik hujjati tuzilganidan keyin 3 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Qarorda “O‘zbekoziqovqatxolding” XK O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda logistika markazlarini tashkil etish dasturini ishlab chiqishi ham belgilangan.

Shuningdek, qarorda import va eksport qiluvchilar uchun meva-sabzavot mahsulotlarini sotib olishga bo‘lgan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona axborot portalini yuritishni ta’minlash ko‘zda tutilgan.



https://uzreport.news/

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish