Amaliy topshiriq: 17
MAVZU: YERNING ICHKI TUZILISHI: YER PO`STI,
MANTIYA VA YADRO
Ishning maqsadi va vazifasi:
Yerning ichki tuzilishi, yer po’sti, mantiya va yadroning tarkibi hamda tuzilishlarining asosiy xususiyatlari bilan tanishish.
Kerakli qurollar va jihozlar. Yerning ichki tuzilishi sxemasi, jadvallar.
Uslubiy ko‘rsatmalar
Yerning ichki tuzilishi geofizik metod - seysmik zondlash yordamida o‘rganiladi. Yerda chuqurga tushgan sari seysmik to‘lqinlarning tezligi sekinlashadi va birdan o‘zgaradi. Shu to‘lqinlar o‘zgarishiga qarab quyidagi qismlarga bo‘linadi: yer po‘sti, mantiya, yadro. Yerning ichki qismi yadro deb ataladi. U yerda jismlar suyuq plastik holatda ekanligi qayd qilingan.
Yadro temir-nikel qotishmadan iborat. Bosim va xarorat juda yuqori. Xarorat taxminan 5500°C ni tashkil qiladi. yerning ichiga chuqur tushilgan sari bosim xarorat oshib boradi. Xarorat 5500°C gacha ko‘tariladi. Bosim 1,4 mln atmosferagacha oshadi. Jinslarning zichligi yer po‘stidagi 1,5-3 dan mantiyada 3,5-5,5 gacha, yadroda 12,6 gacha ko‘tariladi.
Yerning ichki tuzilishi
Yer ichiga tushgan sari har 100 metrda xaroratning o‘zgarishiga geometrik gradient deb ataladi.O‘rta hisobda 3°C ga teng. Chuqurlikka tushilgan sari xarorat 1°oshishi uchun zarur bo‘lgan chuqurlik geometrik bosqich (33 m) deb ataladi.
Amaliy topshiriq: 18
MAVZU: YER YUZASI RE`LEFIXARITASI VA UNING
TAHLILI
Ishning maqsadi va vazifasi:
Talabalarning Yer yuzasining asosiy rel’ef shakllari va tuzilishining asosiy xususiyatlari haqidagi bilim va ko ’nikmalarini mustahkamlash.
Kerakli qurollar va jihozlar. Yer shari tabiiy xaritasi, orografik sxemalar.
Uslubiy ko‘rsatmalar
Yer yuzasi re’lefi. Burmalanish bosqichlari davomida yer yuzasidagi asosiy re’lef shakllari hosil bo‘lgan. Yer yuzasidagi noteksliklarga re’lef deb ataladi. Yer yuzasi re’lefi uchta yirik guruhga bo‘linadi: geotektura, morfostruktura va morfoskulptura.
Geotektura - yer po‘stidagi yirik re’lef shakllaridir. Geotektura faqat yerning ichki kuchlari ta'sirida vujudga keladi va rivojlanadi. Ularga materik ko‘tarilmalari va okean botiqlari kiradi. Geosinklinallar va platformalar esa ikkinchi darajali geotekturalar hisoblanadi.
Morfostrukturalarga yirik sayyoraviy re’lef shakllari kiradi. Ularni hosil bo‘lishida yerning ichki kuchlari bilan birga tashqi kuchlari ham qatnashadi. Bunday re’lef shakllariga yirik tog‘ tizmalari va tekisliklar kiradi. Masalan, Kordilera tog‘lari, Buyuk tekisliklar, Sharqiy Yevropa tekisligi, Turon tekisligi, Sharqiy Avstraliya tog‘lari va h.k .
Morfoskulpturalar asosan tashqi (ekzogen) kuchlar ta'sirida vujudga keladi. Ularga daryo vodiylari, allyuvial tekisliklar, muz re’lef shakllari, shamol ta'sirida hosil bo‘lganre’lef shakllari, suv eroziyasi natijasida hosil bo‘lgan re’lef shakllari kiradi. Masalan, jarlar, qirg‘oqlar, barxanlar, daryo vodiylari va h.k.
Yer yuzasidagi asosiy re’lef shakllari yer po‘stining tuzilishiga mos keladi. Materiklar va okeanlar quruqlik va okean yer po‘stiga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |