Amaliy matematika va infarmatika


Magmatik jinslarning qurilish xossalari



Download 2,94 Mb.
bet16/55
Sana14.04.2023
Hajmi2,94 Mb.
#928609
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Bog'liq
Injinerlik geologiyasi

Magmatik jinslarning qurilish xossalari. Nurash jarayoniga uchramagan magmatik jinslar yirik kristalli struktura va massiv teksturaga ega bo`lganligi, mineral donalari zich joylashganligi sababli mustaxkam bo`ladi. Ayniqsa bir xil va mayda donali strukturaga ega bo`lgan jinslar yuqori darajali mustaxkamlik bilan xarakterlanadi. Yirik doiali porfirli va shishasimon jinslar mustaxkamligi esa nisbatan kamrokdir. Qurilish ishlari bajarilayotganda magmatik jinslarning nurash darajasiga, bulaklarga bulinganligiga, joylashishiga, yotish shakllariga, struktura-tekstura xossalariga e’tibor berish kerak. CHunki yul-yulli teksturaga ega bo`lgan jinslarga ishlov berish oson bo`lsa xam ularning sifati past bo`ladi. Bulaklarga bulingan jinslar tarqalgan maydonlarda portlatnsh ishlarini tez amalga oshirish mumkin.
4.2Cho’kindi tog’ tog’ jinslarining paydo bo’lish sharoitlari, tarkibi, strukturasi, teksturasi, genetic klassifikasiyasi.
CHo`qindi tog` jinslari yer yuzasining deyarli xamma yerida tarqalgan. CHo`qindi jinslarning paydo bo`lishi va o`zgarishi turli termodinamik, fizik va ximiyaviy sharoitlar bilan bog`liq bo`lib, ma’lum konuniyatga buysunadi. CHo`qindi tog` jinslari uzidan oldingi davrlarda paydo bo`lgan magmatik va metamorfik jins­larning nurashidan xosil bo`ladi. Xosil bo`lish sharoitiga qarab cho`qindi jinslar dengiz, kul, dare, shamol, muz va morena yotki-ziklariga bulinadi.
Quruq iklimli sharoitda xosil bo`lgan cho`qindi jinslar kontineital yotkiziklar deb ataladi. Ularning xosil bo`lishida shamol, okar suvlar va muz suvlarining roli juda kattadir.
Atmosfera yeginlari ta’sirida nuragan jinslar shamol va okar suvlar bilan birga okib borib, relg’efning pastkam joylarida tuplanadi va cho`qindilar xosil kiladi. Kontinental cho`qindi jinslar paydo bo`lish sharoitiga qarab elyuvial, delyuvial, pro­lyuvial, allyuvial va eol yotkiziklariga bulinadi.
Suv xavzalarida suvda erigan mineral moddalarning chukishidan ximiyaviy, xayvonot va usimlik koldmklarining tuplanishidan esa organogen cho`qindi jinslar xosil bo`ladi.
CHo`qindi tog` jinslarining kalinligi bir necha santimetrdan bir necha yuz metr, ba’zan bir necha kilometrgacha yetadi. Ular turli sharoitlarda xar xil faktorlar ta’siridan xosil bo`lgani uchun tarkibi va fizik-mexaniq xossalari bilan bir-biridan tubdan fark kiladi.
CHo`qindi tog` jinslari yer po`stining eng ustki qatlamlarini tashqil qilib, butun yerdagi tog` jinslarining atigi 5% ni tashqil etadi. SHunga karamay bu jinslar yer yuzasining 75% maydonini ishgol qilib yotadi. SHuning uchun xam barcha qurilish ishlari cho`qindi tog` jinslari bilan borlikdir. Ular imorat va inshootlarning zamini xamda qurilish materiali sifatida ishlatilganligi uchun injenerlik geologiyasida katta axamiyatga ega.
CHo`qindi tog` jinslarining asosiy belgilaridan biri ularning qatlam-qatlam bo`lib, asosan gorizontal xolatda yotishidir. Ayrim qatlamlar bir-biridan rangi, tarkibi va xossalari bilan fark kiladi. CHo`qindi jinslar sergovak bo`ladi va ularning tarkibida toshkotgan organik qoldiqlarni uchratish mumkin. Bu qoldiqlar tosh tamralar, usimlik bargi, shoxchalari, tanalari xamda xayvonlar va mikroorganizmlar tanalarining loy-kumli yotkiziklar ustida va ichida toshga aylangan koyadiklari va izlaridan iborat.
CHo`qindi tog` jinslari paydo bo`lish sharoitlariga qarab birbiridan tubdan fark qilib, uchta asosiy gruppaga bulinadi:
1.Mexaniq. II. Ximiyaviy. III. Organik cho`qindi tog` jinslari.
I. Mexaniq cho`qindi tog` jinslari. Mexaniq cho`qindi tog` jinslari magmatik va metamorfik jinslarning nurashi natijasida uz joyida tuplanishi yoki suv, muzlik va shamol ta’sirida boshqa joylarga kuchirilib yotkizilishidan xosil bo`ladi. Mexaniq cho`qindilar tarkibidagi kattik zarrachalarning katta-kichikligi xamda shakliga kura yirik (dagal), kum, chang va gil zarralarga bulinadi. Ular oxak, kremniy oksidi (SiO2), til singari moddalar bilan birikkan (tsementlangan) xolatda xam uchraydi. Dagal bulaklar esa kirrali va yassi shakllarga ega. Kirrali bulaklar tog` yonbagirlarida uchrasa, yassilari dare suvlarining uzi bilan okizib ketib yotkizishidan xosil bo`ladi.
Yirik (dagal) donali jinslarga xar xil tog` jinslarining kirrali (gliba, shchebeng’, dresva) va yassylangan (xarsangtosh, shagal) bulaklari kiradi. Ular tog`li rayonlarda, dengiz kirgoklarida, daryo xavzalarida va boshqa joylarda qatlam-qatlam shaklda uchraydi. Bunday jinslar qurilish materiali sifatida keng kulamda ishlatiladi.
Kumli jinslar yirik-maydaligi 2 dan 0,05 mm gacha bo`lgan zarrachalardan tashqil topgan. Tarkibiga kura kum asosan kvarts, slyuda, dala shpati, xlorit, magnetit, pirit, kalg’tsit va boshqa minerallarning aralashmasidan iborat. Monomineralli kum, masalan, kvarts kumi tabiatda kam uchraydi. Kvarts kumi oyna, chinni sanoatida va binokorlikda ishlatiladi. Kvarts kumlari ok, kulrang, kunrir tusda bo`ladi. Grunt zarrachalarining xajmiy massasi 1800 kg/m3 gacha bo`ladi.
Zarrachalarning yirik-maydaligiga kura kum yirik (2— 0,5 mm); o`rta (0,5—0,25 mm); mayda (0,25—0,1 mm) va changsimon (0,1—0,05 mm) xillarga bulinadi.
Kum Farg`ona vodiysi, Sirdaryo, Buxoro, Kashkadaryo, Surxondaryo oblastlari va Kizilkumda kup bo`lib, undan qurilishda keng foydalaniladi.
TSementlangan cho`qindi jinslar. Tabiatda chakik yumshok jins­lar fakat qatlamlanib, zichlashib tarkalmasdan, balki yer ostida siljiyotgan suvlar eritib olib kelgan oxak, magniy, temir, kremniy va gil moddalar ta’sirida tsementlanishi xam mumkin. Bu xolda moddalar yumshok jinslar oralariga kirib chukkishi natijasida jins zarrachalarini bir-biriga biriktirib tsementlaydi. Natijada konglomerat (shagaltosh), brekchiya (kirrali tosh), kumtosh, alevrolit, argillit va boshqa jinslar xosil bo`ladi.
II. Ximiyaviy cho`qindi tog` jinslari. Ximiyaviy tog` jinslari eritmalardagi ximiyaviy moddalarning.chukishidan xosil bo`ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida, kurib borayotgan suv xavzalarida, shur suvli buloklarda kuzatiladi.
Ximiyaviy tog` jinslariga oxaktosh, dolomit, angidrid, gips, osh tuzi kiradi. Bunday jinslar suvda erishi natijasida govaklar, bushliklar va darzlar xosil kiladi.
III. Organik (cho`qindi) tog` jinslari. Dengiz va okeanlar tubida xayvon, usimlik xamda xalok bo`lgan organizmlar koldigining tuplanishidan organogen jinslar xosil bo`ladi. Organogen jinslar sergovak bo`lib, suvda eriydi, tashqi kuch ta’sirdan sikiladi. Bu gruppadagi jinslarga kremniyli jinslar – diatomit, trepel, opoka va kaustobiolitlar – toshko`mir, kungir ko`mir, antratsit, ozokerit yonuvchi slanetslar, torf, neftg’, asfalg’t va boshqalar kiradi.

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish