Amaliy matematika va infarmatika



Download 2,94 Mb.
bet12/55
Sana14.04.2023
Hajmi2,94 Mb.
#928609
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
Injinerlik geologiyasi

Nazorat savollari:

  1. 1 gipoteza yerning xosil bo`lish to`g`risida.

  2. Necha kobiklardan yer shari iborat?

  3. Litosferaning tuzilishi.

  4. Nima tushunamiz issiklik rejimiga.

  5. Erning shakli nima?

  6. O.Yu.SHmidtning gipotezasi yerning xosil bo`lish to`g`risida?

  7. Atmosferaning katlomlarni aytib bering.

  8. Gidrosferaga yer sharida nima kiradi?

  9. Litosferaning yuqori qismi.

  10. Endogen va ekzogen jarayonlar deganda nima tushunasiz?

3-Mavzu. Mineral va tog’ jinslarining paydo bo’lishi.
Ma’ruza rejasi.
3.1Minerallarning paydo bo’lishi, tarkibi, tuzilishi, tabiatda uchrashi.
3.2Tog’ jinslarini xosil qiluvchi minerallar va ularning klassifikasiyasi, tarkibi, strukturasi, teksturasi.
3.3Magmatik tog’ jinslarining, paydo bo’lishi, mineralogik tarkibi va kimiyoviy tarkibi, strukturasi, tekisturasi.
3.4Intruziv va effuziv jinslar va ularning qurilish xossallari.
Tayanch so`z va iboralar: Minerallar, minerallarning fizik xossalari, rangi, yaltirokligi, kattikligi, sinishi, solishtirma og`irligi, shaffofligi, ulanish tekisligi, ximiyaviy klassifikatsiyasi.
3.1Minerallarning paydo bo’lishi, tarkibi, tuzilishi, tabiatda uchrashi.
Er kobigi, ya’ni litosfera xilma xil tog` jinslaridan ular xam uz navbatida bir yoki bir necha mineraldan tashqil topgan.
Litosferani tashqil kiluvchi tog` jinslari (greniy, marmar, oxaktosh, kum, gil tuprok, lesa va x . k . Turli minerallar yigindisidan iborat. (1, 2, 4.) Mineral deb tabiiy sharoitda murakkab fizik va ximyaviy jarayonlar ta’sirida yer kobigida paydo bo`lgan bir yoki bir necha ximyaviy elementdan iborat tabiiy birikmaga aytiladi.
Minerallar uziga xos fizik xususiyatlariga va ximyaviy tarkibiga ega.
Tabiatda minerallar xar xil kurinishda (kattik, suyuq, va gazsimon) uchraydi. Masalan, kvarts, malaxit - kattik xolatdagi mineral, suv, neftg’- suyuq mineral, vulkan gazlari, karbonat angidrid - gazsimon xolatdagi mineral.
Xozirgi vaqtda 3000 dan ortik mineral ma’lum. Lekin tog` jinslarining asosiy tarkibini tashqil kiluvchi muxim minerallar 100 tadan oshmaydi.
Bu minerallar jins xosil kiluvchi minerallar deb ataladi.
Tabiiy minerallardan tashkari, sun’iy yul bilan laboratoriyalarda xosil qilingan minerallar xam bor. (Masalan olmos, kvarts va x . k . ). Tabiatda minerallar kristall va amorf xolda uchraydi.
Kristall minerallar uziga xos tuzilishga ega bo`lganligi sababli maxsus shakllga ega. Ularni tashqil etuvchi zarralar - ion, atom xamda molekulalar ma’lum tartib va masofada joylashgan, bir biri bilan maxkam boglangan bo`lib, fazoviy panjarani vujudga keltiradi. Masalan, osh tuzi ( galiy) flyuorit olmos.
Amorf mineral deb ma’lum geometriya shakllga ega bulmagan va ichki tuzilishida molekula va atomlar tartibsiz joylashgan yoki kristall panjaraga ega bulmagan mineralga aytiladi. Fosforit, vulkan shishasi va boshqalar bunga misol bula oladi.
Mineralning fizik xususiyatiga rangi, chizigining rangi, yaltirokligi, sinishi, ulanish tekisligi, kattikligi, solishtirma og`irligi va boshqalar kiradi. (1, 2, 4.)
Mineralning rangi. Minerallarning rangi juda xilma-xil, ok (barit), kul rang (nefelin), sariq (oltingugurt), pushti (mikroklin), kizil (kinovarg’), yashil (xlorit), kuk (apatit), kora (biotit) bo`ladi, shu bilan birga rangi juda och yoki tuk bo`lishi mumkin.
Minerallar rangsiz bo`lishi xam mumkin. Amalda minerallarning rangi turmushda yaxshi tanish bo`lgan narsalar rangiga solishtirib, kuz bilan aniqlanadi.
CHizigining rangi. Kupchilik minerallar maydalanganda yoki kukun qilinganda rangi bulak - bulak bo`lib to`rgan paytidagidan kura boshqacharok bo`lib koldi. Sirlanmagan gadur-budir ok chinni ustiga bir bulak mineral bilan chizilsa shu mineral kukunini olish mumkin. CHizilganda qolgan chizik rangi kukun xolidagi mineral rangini ko`rsatadi. Buning uchun maxsus plastinkalar /biskvitlar/ tayyorlanadi. Xar kanday chinni parchasidan foydalanish xam mumkin.
Yaltirokligi. Minerallar sirti yoruklik nurlarini ma’lum darajada kaytaradi. Baúzi minerallarning sirti xira, boshqa minerallarning sirti esa yaltirok bo`ladi. Yaltirokligini quyidagi turlari ma’lum: Metalldek yaltiroklik metallarda bo`ladigan kuchli yaltiroklikdir. Sof (tabiiy) metallardan (oltin, kumush, platinadan) boshqa minerallar metalldek yaltiramaydigan minerallarga kiradi. Metalldek yaltiraydigan minerallar: magnetit, pirit, galenitdir. Yarim metalldek yoki metalsimon yaltiroklik gematit va kora rux obmankasiga xarakterlidir.
SHishasimon yaltiroklik tinik minerallar orasida kup tarqalgan (kvarts kristallari kirrasida, kalg’tsit, gipsda), yoysimon yaltiroklik (kvartsning singan joyida va nefelinda) yuzasiga yog surkalganda xosil bo`ladigan yaltiroklikni eslatadi.
Sadafsimon yaltiroklik minerallarning ichki tekisliklaridan nurning kaytishiga bog`liq (slyuda, talg’k).
Ipaksimon yaltiroklik ingichka tolalardan tuzilgan minerallarda kuriladi. (gipsning tolali xillarini va asbest). Ba’zi minerallar, masalan, olmos va rux obmankasi juda yaltirok bo`ladi. Bunday yaltiroklik olmossimon yaltiroklik deyiladi.
Tiniklik. Minerallar tinikligiga, ya’ni, plastinkalaridan nurni yaxshi utkazishiga qarab tinik, xira va tinikmas minerallarga bulinadi. Tagidagi narsalar aniq kurinadigan minerallar yarim tinik (tog` xrustali, gips, osh tuzi) kira-shira kurinadigan minerallar yarim tinik (opal xaltsedon) mineral deb, yupka plastinkalardangina nur to`tadigan, shunda xam tagidagi narsalar bilinar - bilinmas kurinadigan minerallar xira (dala shpati) va xech nur utkazmaydigan minerallar tiniksiz minerallar (pirit, magnetit) deb ataladi.
Sinish. Ba’zi minerallarning muxim belgilaridan biri sinishdir. Sinish deb mineralni sindirganda yoki bo`lganda xosil bo`ladigan yuzaga aytiladi. Sinish bir necha xil bo`ladi: yuzasi chiganoklar yuzasiga uxshab kontsentrik - tulkinsimon botik yoki dung bo`ladigan-chiganoksimon sinish yuzasi bir tomonga tarang zirapchalar bilan koplangan-zirapchalar sinish (tolali gips, asbest) yuzasi xira, gadur - budir bo`lib, mayda chang bilan koplangan - kesaksimon sinish ( koalin, limonit) tekis sinish (magnetit) mayda kristallik agregatlarda uchraydigan donador sinish (mramor) shular jumlasidandir.
Ulanish Minerallarning eng muxim belgilaridan biri - ulanish, ya’ni kristallik minerallarning tekisliklar bo`yicha bir yoki bir necha kristolografik yo`nalishda bulinib, oynadek yaltirok tekis yuza xosil kila olishdir, bunday tekis yuza ulanish tekisligi deb ataladi.
Juda mukammal (etilgan) ulanish tafovut kilinadi, bunda mineral juda osonlik bilan (masalan, tirnok bilan) ayrim plastinka yoki varaklarga ajralib, oynadek sillik ulanish tekisligi xosil kiladi,(gips).
Mukammal ulanish shu bilan fark kiladiki, mineral bolga bilan sekingina urilganda, yaltirok ulanish tekisliklari bilan cheklangan bulak yoki plastinkalarga ajraladi (tosh tuzi, kalg’tsit).
Nomukamm (setilmagan) ulanish juda qiyinlik bilan aniqlanadi. Bunday vaqtlarda minerallar parchalanar ekan, noto`g`ri sinish yuzasi kuprok bo`ladi. (gematit, olivin).
Ba’zi minerallarda ulanish bulmaydi, bunday minerallar ba’zan juda nomukammal (etilmagan) ulanilsin mineral deb yuritiladi. Ular bulinganda fakat noto`g`ri sinish yuzasini xosil kiladi xolos. Bunga misol qilib kvartsni olish mumkin.
Kattikligi. Odatda xar xil minerallarning kattikligi xar xil bo`ladi, shu bilan baravar bir mineral kattikligi ma’lum bir me’yorda doimiy bo`ladi. Mineralning tig bilan tirnashga, bosishga yoki kirishga nechogli karshilik ko`rsata olishi kattiklik deb ataladi. Kattiklikni aniqlash uchun shkala kabul qilingan. Bu shkalaga unta mineral kiritilgan bo`lib, ularning kattikligi biridan ikkinchisiga tomon boradi, shunga kura xar bir oldingi mineralni undan keyingi mineral chiza oladi.
Kattiklik (Moos) shkalasi.

1. Talg’k Mg3(OH2){Si4O10} 6. OrtoklazK(AlSi3O8)


2. Gips CaSO4 2H2O 7. Kvarts SiO2
3. Kalg’tsit CaCo3 8. Topaz Al2(F1OH)2SiO4
4. Flyuorit CaF2 9. Korund Al2O3
5. Apatit Ca5(Cl1 F){RO4}3 10. Olmos C
Solishtirma og`irligi Minerallarni aniqlashda ularning boshta fizik xususiyatlari qatorida solishtirma og`irligi katta axamiyatga egadir. Minerallarning solishtirma og`irligi 0,6 dan 21 gacha bo`lishi mumkin.
Minerallarning solishtirma og`irligi jixatidan quyidagi gruppalarga bo`lishi mumkin.

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish