Amaliy matematika va infarmatika



Download 2,94 Mb.
bet20/55
Sana14.04.2023
Hajmi2,94 Mb.
#928609
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
Injinerlik geologiyasi

Organik nurash. Tog` jinslarini maydalanib yemirilishi yerdagi mikroorganizm va usimliklarning ta’siridan xam sodir bo`ladi. Bunday xodisa biologik yoki organik nurash deb ataladi. Usimlik va mikroorganizmlarning chirishidan xosil bo`lgan organik kislotalar tog` jinslarni yemiradi.
Tog` yonbagirida tosh orasidan chikib usib yotgan daraxt yoki butalar tomirlari yoriklarga kirib ularni kengaytiradi. Ba’zan, bir kancha yugon tomirlar uzlari koyadan ajratib olgan katta-katta jins bulaklarini xar tarafdan urab turadi. Yantok usimligi 20 santimetrli temir-beton plitani yoki kuchalardagi asfalg’tni teshib chikkanini kuramiz.
Usimlik nafas olishidan chikkan karbonat angidrid gazi kor va yomgir suvi ta’sirida, karbonat kislotaga aylanib suvning minerallarini yemirish kuchini oshirib yuboradi.
Erdagi mikroorganizmlar, yer kovlovchi xayvonlar jins ichida govaklik, bushliklar xosil qilib, ularning parchalanib ketishida muxim rolg’ uynaydilar.
Ma’lum bir fizik-ximiyaviy sharoitda paydo bo`lgan tog` jinslari nurashga uchraganda ularning mineral zarralari o`rtasidagi muvozanat batamom yukoladi. SHuning uchun minerallarning yemirilishi boshqa tarkibli va yangi minerallar paydo bo`lishida xam davom etadi.
Nurash jarayonlari ta’siridan tog` jinslarining fizik xolatlari va injener-geologik xossalari o`zgarib, imorat va inshootlar uchun kovlangan kotlovanlar, poydevorlar, yer osti shaxtalarining devorlari yemirilib, uvalanib ketadi va jinslarnnng tashqi kuchga chidamligini pasayib ketishiga sabab bo`ladi.
Nurash zonasidagi tog` jinslarining fizik va mexaniq xos­salari tub jinslarning mineral tarkibi va strukturasiga bog`liqdir. Yerning chuqur qismida xosil bo`lgan intruziv jinslar tektonik xarakatlar natijasida yer yuzasiga chikib kolsa, ular nurash jarayonlari ta’siridan uzining mustaxkamligini yukotib va bush chakik, jinsga aylanadi. Masalan, nordon va o`rta magmatik jinslar xisoblangan granit, granodiorit, dioritlar nuraganda bo`shak jinslarga aylanadi. Nurashga uchramagan granitning sikyalishga karshiligi 160—250 MPa bo`lsa, nurashdan xosil bo`lgan bo`shak jinsning siqilishga karshiligi 1,8—9,9 MPa ga tengdir.
Magmatik jinslar nurash ta’siridan maydalanadi va parchalanadi. Ularning siljimasdan uz urnida qolganlaridan xosil bo`lgan cho`qindi jinslar elyuvial jins deb ataladi. Elyuvial jinslarning tarkibi tub jins tarkibiga bog`liq bo`ladi. Nordon magmatik jinslardan xosil bo`lgan elyuvial jins kvartsli kum aralashmasidan iborat bo`lib, uning snqilishga karshiligi 1,0 MPa, asos va uta asos jinslardan xosil bo`lgan elyuvial jinsning siqilishnga karshiligi esa 0,7 MPa ga tengdir.
Gilli jinslardan tashqil topgan elyuviy tarkibi xam tub jinsga bog`liq. Masalan, granitning nurashidan kaolinit, uta asos jinslardan montmorillonit minerali paydo bo`ladi. Elyu­vial gilli jinslarning fizik va mexaniq xossalari gilli minerallarining tarkibiga va namlik darajasiga bog`liq bo`ladi.
Elyuvial yul bilan xosil bo`lgan gillar namlanganda xajmi oshib kupchiydi, kuriganda esa xajmi kamayadi. Gillarning bunday xususiyatlari qurilishda qiyinchilik tugdiradi va xarajatlar mikdorini oshirib yuboradi.
Metamorfik jinslar tarqalgan maydonlarda nurashdan xo­sil bo`lgan elyuvial jinslarning fizik-mexaniq xossalari asos va utaasosli magmatik jinslarinikidan deyarli fark kilmaydi.
CHo`qindi tog` jinslari nurashdan uzining kurinishini va xolatini butunlay uzgartiradi. Ayniqsa ximiyaviy va organik yul bilan xosil bo`lgan va keyinchalik yer yuzasiga chikib dolgan jislarda bu xodisa yaxshi seziladi. Ular suv ta’siridan butunlay eriydi yoki kum va gil zarralari kattaligidagi zarralarga bulinib ketadi. Tabiiy xilda tsementlangan kumtoshning tsementi suvda erib, u kumga, shagaltosh-shagalga va graviyga aylanib koladi.
Gil jinslarning nurashi natijasida oldnn xosil bo`lgan yoriklarning kengayishi va yangi darzliklari paydo bo`lishi, jinslar xosil bo`lishi kuzatiladi. Bu jarayonlar gil jinslarning surilishga karshiligini kamaytirib, siqilishini oshiradi va fizik-mexaniq xossalarini uzgartiradi.
Imorat va inshootlar kurishda, tog` jinslarnning nuragan qismlarining kalinligi kam bo`lsa, ularni poydevor ostidan butunlay sidirib tashlash kerak. Agar nuragan jinslarning ka­linligi kup bo`lsa, u xolda uning sifatini yaxshilash uchun maxsus choralar, ya’ni zichligini oshirish, ximiyaviy yul bilan kayta ishlash va mustaxkamligini oshirish ishlari bajariladi.



Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish