Amaliy matematika va infarmatika



Download 2,94 Mb.
bet23/55
Sana14.04.2023
Hajmi2,94 Mb.
#928609
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Bog'liq
Injinerlik geologiyasi

Vulkanlar otilishi. Vulkonlar otilishi xarakati natijasida bo`ladigan vulkon zilzilasi Kamchatka yarnm oroli, Kuril, Xokqaydo, Gavay orollarida, Italiya, Yangi Zelandiya territoriyalarida va Yer kurrasining kupgina joylarida qayd qilingan. Bunday zilzilalarda lavalarning yer yuzasiga katta kuch bilan otilib chikishi kupgina vayronaliklarga sabab bo`ladi. Zilzila uchogi 600 km chuqurlikkacha bo`lib, kuchi 5—6 balldan oshmaydi.
Tektonik zilzilalar. Yer kobigidagi qatlamlarning burmalanishi, egilishi, siqilishi, darzliklar buylab yuqoriga yoki pastga siljishi natijasida xosil bo`ladi. Yer kobirining ma’lum bir chuqurligida radioaktiv elementlarning parchalanishidan ajra-lib chikayotgan issiklik yigiladi. Bu issiklik va yuqorida yotgan tog` jinslari og`irligidan xosil bo`lgan kuchli bosim tog` jinsi qatlamlarini shunday sikadiki, natijada ularning karshilik ko`rsatish qobiliyati susayib, yer kobirining shu qismida (uzunligi ba’zan 100 km dan oshadigan) kattik yorilish va portlash xodisasi yuz beradi. Bunda zilzilalar xosil bo`lib, yer ichida dam kuchli guldiragan tovush, dam shamolning xushtak chalishini, dam snaryadning portlashini eslatadigan sadolar va tog` jinslarining son-sanoksiz zarralarini bir-biriga ishkalanishidan shuvillagan shovkinlar eshitiladi. Tektonik zilzilalar tog` xosil bo`lish jarayonlari bilan borlik bo`lib, yer kobirining ayrim uchastkalarini bir necha un va yuz metr yuqoriga kutarishi yoki chuktirishi mumkin. Yer yuzasida darzliklar va katta kuchga ega bo`lgan tebranma tulkinlar vujudga keladi. Masalan, 1948 yili Ashxobodda bo`lgan zilzila natijasida yer yuzasida 1,5 m kenglikda yerik paydo bo`lgan.
Tektonik zilzilalar juda kup bo`lib turadi, ular daxshat-li, vayron kiluvchi kuchga ega bo`lib, katta maydonlarga tarkaladi.
1956 yil 4 dekabrda Mongoliya Xalq Respublikasi territoriyasida, chegara rayonlarnda katta vayronalik keltirgan kuchli zilzila buldi. Zilzila natijasida tog` chukkilaridan biri ikkiga bulinib ketgan va 400 m balandlikka ega bo`lgan tog`ning bir qismi tog` oraligiga yiqilgan. Natijada uzunligi 18 km va kengligi 800 metrga teng bo`lgan uzilmali chukma xosil bo`lgan. Yer yuzasida kengligi 20 metrgacha bo`lgan son-sanoksiz darzliklar paydo bo`lib, ularning ayrimlarining uzun­ligi 250 km gacha yetgan. Zilzilaning kuchi Iballga teng bo`lgan.
1966 yil 26 apreldagi Toshkent zilzilasi 8 km chuqurlikdan o`tgan darzlik bo`yicha tog` jinsi qatlamlarining siljishi natijasida sodir bo`lgan. Zilzila kuchi 9 ball. Zilzila natijasida kanallar, soylar buyiga, lyoss va lyossimon jinslar ustiga xamda yer osti suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan maydonlarga xom gishtdan kurilgan imoratlar buzilgan. CHirchik daryosi soxillarida shagal jinslar ustiga kurilgan imoratlar esa kup zarar kurmagan.
G. O. Movlonov, A. I. Islomov, M. III. SHermatovlarning (1970). fikriga kura Toshkent zilzilasining uchogida sarf bo`lgan energiyaning kuchi 1024—1025 ergga yetib (erg - og`irligi 1 gr jismni bir santimetrga kutarish uchun sarf kilinadigan energiya), bir trillion ot kuchiga teng bo`lgan. Dnepr GESi bu energiyaning kuv-vatiga teng keladigan elektr kuvvatini ishlab chikarish uchun 300—350 yil tinmay ishlashi zarur. V. I. Ulomovning ma’lumo-tiga kura zilzila uchoridagi energiyaning mikdori 1013 joul bo`lib, kuvvati 50 000 000 000 kilovatga yetgan.

Oxirgi 20—30 yillar ichida tektonik zilzilalar natijasi­da imoratlar, inshootlar, temir yullar, qishloq va shax.arlar vayrog bo`lib, minglab odamlar xalok buldi. Masalan, 1970 yilda Dogiston, Peru va Sariqamishda (Kirgiziston), 1976 va 1981 yillarda Gazlida, 1988 yilda Armanistonda, 1989 yilda Xisorda (Tojikiston) va boshqa joylarda bo`lgan zilzilalarning kuchi 8 - 10 va undan ortik ball bo`lgan.


Zilzilalar uchogi xar xil chuqurliklarda bo`lib, ular asosan yirik uzilmalar-bo`yicha sodir bo`lgan. Uzilmalar yer ka’ridagi yoriklar bo`lib, tog` jinslari zilzila paytida shu uzilmalar buylab siljiydi.

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish