Amaliy matematika va infarmatika


Tektonik xarakatlar va tog’ jinslarining dislokasiya turlari va qurilishga tasiri



Download 2,94 Mb.
bet24/55
Sana14.04.2023
Hajmi2,94 Mb.
#928609
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
Injinerlik geologiyasi

6.2Tektonik xarakatlar va tog’ jinslarining dislokasiya turlari va qurilishga tasiri.
Tektonnk zilzilalarning asosiysi sodir bo`lgandan keyin xam silkinish bir necha oy davomida kaytalanib turishi mumkin. Masalan, Toshkentdagi asosiy zilziladan keyingi birinchi sutkada 130 marta, birinchi yarim oyda 317 marta, uch oydan sung 600 martadan ortik kayta yer silkinishlari qayd qilingan. SHulardan 5 tasi 7 balli bo`lgan.
Portlatishlar natijasida bo`ladigan zilzilalar kanallar kazishda, foydali qazilma konlarini kavlab olishda, qurilish ishlarida, imorat va inshootlarni zilzilalarga chidamlignni sinab kurishda va boshqa ishlarda sodnr bo`ladi. Bundam zilzilalarnnng kuvvati kam va tarqalish mandoni kichik bo`lganligi uchun xalq. xo`jaligiga zarar keltirmaydi. CHunki portlatishdan xosil bo`ladigan zilznla kuchi oldindan xisoblanadi va yuz berishi mumkin bo`lgan talofatlardan kutulish choralari kuriladi.
Zilzila yer yuzasida sodir bo`ladi, ammo uning manbai, ya’ni-uning kelib chikadigan joyi turli chuqurlikda urnashgan bo`lib, u yerda mexaniq energiya xosil bo`ladi. Energiyaning kuchi ma’lum bir kuvvatga ega bo`lganda yorilish, ya’ni energiyani sarf bo`lish xodisasi yuz beradi va u tebranma (seysmik) tulkinlarni xosil kiladi. Tulkinlarning tarqalish markazi gipotsentr yoki zilzila uchogi deb ataladi va uning yer yuzasiga vertikal chizik buylab urnashgan nuktasi epitsentr deb ataladi (2 rasm).
Gipotsentrning yer yuzasiga nisbatan chuqurligi xar xil bo`lib 1 km dan 700 km gacha boradi. Gipotsentr chuqurligi 1 dan 50 km gacha bo`lsa normal, 50—250 km ga­cha chuqurlikda bo`lsa, o`rta va 250 - 700 km gacha bo`lsa, chuqur uchogli markaz deb ataladi. CHuqur uchokli markaz yerning mantiya qismi bilan bog`liq bo`lib, uning chuqur qismlaridagi xarakatlar natijasida yuzaga keladi. Bunday zilzilalar Uzok SHark Ispaniya va Afgonistonda kuzatilgan. Zilzila uchogi kancha chuqurda joylashgan bo`lsa, tebranma tulkinlarning tarqalish maydoni xam shunchalik katta bo`ladi. Daxshatli zilzilalarning uchogi 30—100 km chuqurlikda joylashgan bo`ladi.
Gipotsentrdan chikkan seysmik tulkinlar xar tomonga bir xil tezlik bilan tarkaladi va uzi bilan joylarni tebrantirib, undan uzoklashgan sari kuchsizlanib boradi. Gipotsentrdan tarqalgan tulkinlar asosan ikki xil kurinishda xarakat kiladi:
birinchisi — tulkin tarqalish yo`nalishi bo`yicha jinsning kengayishi va siqilishini yuzaga keltiradigan buylama tulkin, ikkinchisi — tulkin tarqalishiga perpendikulyar yo`nalishda jinsning tebratib siljishini yuzaga keltiruvchi kundalang tulkin. Kundalang tulkinlarning tarkalash tezligi buylama tulkinlarnikiga nisbatan 1,7 marta kamdir. Epitsentrdan tarqalgan yuza tulkinlar gorizontal yo`nalishda xarakat qilib, suvga tosh tashlaganda xosil bo`ladigan tulkinlarga uxshaydi. Yuza tulkinlarning tarqalish tezligi buylama tulkinlarga nis­batan kichik bo`lsada, inshootlarni gorizontal xolda tebratib.
Tektonik zilzilalar okean va dengiz tublarida xam sodir bo`ladi. Dengnz va okean tublarini egallab yotgan tog` jins qatlamlarining katta tezlikda kutarilishi va chukishidan zilzilalar sodir bo`lib, ular suv yuzasida balandligi 15—20 m ga yetadigan tulkinlar paydo kiladi. Bunday tulkinlar tsunama deb ataladi.
TSunamalar 500—-800, ayrim vaqtlarda 1000 km/soat tezlikda yuz va ming kilometr masofalarga tarkaladi. Dengiz chuqurligining kamayishi tulkinlarning balandligi oshishiga olib ke­ladi va xosil bo`lgan tulkinlar shunday zarb bilan kirgoklarga uriladiki, natijada imorat va inshootlar vayron bo`ladi, odamlar xalok bo`ladi. Masalan, 1896 yili Yaponiyada balandligi 30 m bo`lgan tulkinlarning kirrokka kelib urilishi natijasida 10500 uy vayron bo`lgan, 27000 kishi xalok bo`lgan.
TSunamalar Yaponiya, Indoneziya, Filippin va Gavay orollarida, Janubiy Amerikada kuprok sodir bo`ladi. Russiya territoriyasida Kamchatka kirroklarida va Kuril orollarida kuzatiladi.
Tulkinlarning tarqalish tezligi tog` jinslarnning tuzilishiga, zichligiga, yer osti suvlari bilan tuyingan yoki tuyinmaganligiga bog`liq. Masalan, granit, gneys, kumtoshlarda buylama tulkinning tezligi 1,5—5,6 km/sek, gips, oxaktosh mergellarda 1,4—3,0 km/sek, gillarda 1,4—2,0 km/sek, kumda 0,5—1,1 km/sek, suvda 1,43—1,48 km/sek, xavoda 0,33 km/sek, muzda esa 2,0 km/sek bo`ladi.
Zilzilalar kupincha odamga uzok vaqt bo`lganday tuyilsa xam, aslida bir necha sekund davom etadi. Masalan, Ashxoboddagi zilzila xammasi bo`lib 8—10 sekund davom etgan. Kuchli zilzilalar odatda bir yoki bir necha bushgina urilgan zarbadan boshlanadi, ularning orkasidan bir yoki bir necha kuchli va vayron kiluvchi zarba sodir bo`ladi, sungra zarbalar asta-sekin susaya boshlaydi. Umuman, zilzila bir necha soat yoki sutkagacha chuzilishi mumkin. Ba’zan yerning ma’lum uchastkalari bir necha kunlab, xafta yoki oylar davomida xar xil kuchda tebranishi mumkin. Masalan, 1923 yilda Kamchatkada bo`lgan zilzila fevraldan aprelgacha davom etib, yer 195 marta tebrangan.
Tebranma tektonik xarakatlar. Platformalarning ayrim qismlari un, yuz va ming yillar davomida. kutariladi xamda buning xisobiga uning ikkinchi bir qismi pasayadi yoki chukadi. Buni yer yuzasndagi ba’zi joylardan dengizning chekinishi, na-tijada o`sha joylarda quruqlikning kengayishi, ikkinchi bir boshqa maydonda dengiz trangressiyasi natijasida quruqlikning kamayishi misolida kurish mumkin. Tebranma tektonik xarakat­lar jinslarning dastlabki yotish xolatini uzgartirmasada, uning geologik jixatidan axamiyati kattadir. Bu xarakat nati­jasida cho`qindi xosil bo`lish jarayoni tezlashadi, quruqlik bi­lan dengiz o`rtasidagi kirgok chegarasi uzgaradi, dare suvlarining yuvish xususiyati kamayadi yoki aksincha kuchayadi.
Tebranma tektonik xarakatlar quyidagi kurinishlarga buli­nadi: a) qadimiy geologik davrlardagi tebranma xarakatlar; b) yangi va zamonaviy tebranma xarakatlar.
Qadimiy geologik davrlardagi tebranma xarakatlar yer kobigining kutarilishi yoki chukishiga olib kelgan. Natijada cho`qindi jinslarning xosil bo`lishi tuxtagan, qatlamlar tarkibi vertikal va gorizontal yo`nalishlarda uzgargan, quruqlik va dengizlar xam uzgargan. Quruqlikning chukishi yoki dengiz satxining kutarilishi natijasida quruqlikning ayrim qismlarini suv bosgan va cho`qindi jinslar xosil bo`lgan.
Dengiz tubi kutarilganda suv chekinadi, okibatda dengiz tublari kutarilib kolib quruqlikka aylanadi. Trangressiya va regressiya jarayonlari o`zaro almashinib turadi, lekin regressiya jarayoni trangressiya jarayoniga uxshash bo`lishi shart emas.
Yangi va zamonaviy tebranma xarakatlar neogen davrining oxiri va turtlamchi davrida sodir bulayotir. Biz bu xarakatlarni dengiz supalari balandligining o`zgarishi, daryolarning kuyi qismlarini dengiz suvi bosishi va dare uzanlarining chukishida yakkol kuramiz. Masalan, (Skandinaviya yarim oroli rayonlari xar yili 10 mm, Ukrainaning ayrim maydonlari yiliga -10 mm, Uzbekistonning CHinozdan Kogongacha bo`lgan oraliqdagi maydonlari yiliga 13—15 mm, Amudaryoning o`rta okim rayonlari 10 mm, Gurlan-Xujayli rayoni 10,5—11,5 mm ga kutarilayotganligi aniqlandi
Bundan tashkari, Stokgolg’m shaxri bir yilda 24 mm, SHimoliy Xindistonning kup qismi 18,2 mm kutariladi.
Er kobigining ba’zi joylari kutarilsa, ikkinchi bir joyi-chukadi. Masalan, Moskva, Leningrad rayonlari yiliga 2 mm.. Boltiku Kaspiy dengizi soxillari 2—4 mm, Azov dengizi soxili—5 mm, Farg`ona vodiysi 5—10 mm, Fin va Botnik kultigi soxillari 4—11 mm, Kizilkum yerlari 4—6 mm chukmokda.
Xozirgi zamon tebranma xarakatlarini injenerlik geologiyasi nuktai nazardan o`rganish xalq xo`jaligida katta axamiyat kasb etadi. Gidrotexnik inshootlar, sun’iy dengizlar, turonlar va dengiz kirgoklarida shaxarlar qurilishida vertikal teb­ranma xarakatlar kuchini o`rganish va xisobga olish muxim axamiyatga egadir.
Burmalanish va uzilmalarni vujudga keltiradigan tebranma xarakatlar geosinklinal oblastlarga xos bo`lib, jinslarning dastlabki yotish xolatlarini va xususiyatlarinn uzgartiradi. Gorizontal xolda yotgan qatlamlar burmalanadi, uziladi va ulariing ayrim qismlari uzilmalar bo`yicha yuqoriga yoki pastga siljiydi. Bunday qatlamlar dislokatsiyaga uchragan qatlamlar deb ataladi.
Dislokatsiyalar tektonik xarakatlarning kurinishiga qarab ikki turga bulinadi: 1) burmalanishli, 2) uzilmali dislokatsiyalar.
Burmalanishli dislokatsiya. Burmalanishli dislokatsiyalarning uziga xos xususiyatlaridan biri burmalanishlar qatlamlarning yaxlitligi buzilmasdan turib buqilishi natijasida xosil bo`ladi. Bukilmalar buqilish jarayonida yer kobigidagi massaning gorizontal yo`nalishda xarakatga kelishi va siljishi na­tijasida paydo bo`ladi. Burmalanishli dislokatsiyaga monoklinal burma va fleksuralar kiradi.
Monoklinal burma qatlamlarning dastlabki yotish xolatining eng oddiy uzgargan shakli bo`lib, gorizontal satxga nisbatan kiyshayishi bir tarafga yunalgan bo`ladi. (1, 2.)
Burmalanishlar tog` jinslarining tutashgan xolda tuzilgan qatlamlarining uzilmasdan buqilishi natijasida xosil bo`lib, ularga tangentsial (yonlama) tektonik kuchlar ta’sir etadi. Burmalar asosan uzining shakliga kura antiklinal va sinklinal turlarga bulinadi. Kavariq tomoni yuqoriga, kanotlari pastga qarab egilgan burma antiklinal, o`rta qismi pastga chukkan, ka­notlari yuqoriga qarab egilgan burma sinklnnal deb
yuritiladi. Antiklinal va sinklinal doimo bir-biriga tutashgan, kushok xolda uchraydi.Burmalar bir kancha elementlardan iborat bo`ladi: a) burmaning ikki tomonga kutarilgan yoki pasaygan yon tomonlari — kanotlar;



4-rasm. Uzilmali dislokatsiyalar ta’sirida qatlamlaring vertikal yo`nalishdagi xarakati.
1-uzilma (sbros). 2-zinali uzilma; 3-teskari uzilma; 4-zinali teskari uzilma; 5-graben; 6-gorst; a-qatlamlarning xarakatsiz qismi; b, v-siljigan qismlari; u-uzilish. kanotning o`zaro ulangan joyi—kulf; v) burma qatlamlari yuzasini burmalanish uki kesib utishidan -xosil bo`lgan chizik — sharnir; g) burma kanotlari o`rtasidagi burchakni teng ikkiga buluvchi
yuza — burma uki tekisligi: d) burma uki tekisligi bilan gorizontal yuza kesishgan chiziklar—burma uki; ye) kanotlar kiyaligi bilan gorizoytal tekislik o`rtasida xosil bo`lgan burchak — burma burchagi deyiladi.
Kanotlar shakllariga, kiyaligiga va burma uni tekisligining yotgan vaziyatiga qarab to`g`ri, yassi, yumalok, egarsimon, kiyalangan agdarilgan yotik burmalak bo`ladi.
Fleksura qatlamlarning tizzasimon buqilishidan xosil bo`ladi. Ba’zan buni uzilmay qolgan burma deb xam aytiladi, chunki uning kutarilgan va chukkan kanotlari bo`lib, bulardan tashkari bir-biriga ulaidngan o`rta kanoti xam bo`ladi.
Burmalanishli dislokatsiya ta’sirida xosil bo`lgan maydonlarda, qurilish ishlari olib borishda, burmalarning shakli, yotish xolatlariga axamiyat berish kerak. Ayniqsa burmalarnnng ustki qismlarida darzliklar kup bo`lganligi uchun gidrotexnik inshootlar va imoratlar mustaxkamligiga zarar yetishi mumkin.
Uzilmali dislokatsiyalar kuchli tektonik xarakatlar tufayli qatlamlarning uzilishi va bulingan qismlarning bir-biriga nisbatan siljishi natijasida yuzaga keladi. Agar vertikal (radial) kuchlar qatlam jnnslarning karshilik kuchidan ortib ketsa, yaxlit qatlamlar va burmalar biror joyidan uzilib, darzlar paydo bo`ladi. Darzlarning kengligi bir necha santimetrdan bir necha metrgacha, siljish amplitudasi bir necha santimetrdan bir necha kilometrgacha boradi. Darzlar doimo nurash protsessi natijasida xosil bo`lgan yumshok jinslar bilan tulgan bo`ladi.
Uzilmali dislokatsiyalarga uzilmalar va teskari uzilmalar, gorstlar va grabenlar, siljishlar va nadviglar misol bula oladi.
Sbros (uzilma) qatlam bir qismining ikkinchisiga nisbatan darzlar buylab pastga tushishidan xosil bo`ladi.
Agar darzlar buylab qatlamning bir qismi ikkinchisiga nis­batan yuqoriga kutarilsa, vzbros (teskari uzilma) deyiladi. Yer qatlamlari bir necha parallel darzlar buylab chukkan yoki kutarilgan bo`lsa, zinali uzilmalar yoki teskari uzilmalar xosil bo`ladi. Ikki katta darz orasidagi qatlamning pastga chukishidan graben, yuqoriga kutarilishidan gorst paydo bo`ladi. Yer yuzasidagi eng yirik grabenlardan biri sifatida dastlab uzun chuqurlikdan iborat bo`lgan va suv bilan tulgan Baykal kuli (satxi 31,5 ming kv. km, eng chuqur joyi 1741 m) va Kizil dengizni ko`rsatish mumkin.
Siljish va nadviglar qatlamlarning bir-biriga nisbatan uzilish tekisligi buylab gorizontal va bir oz kiyalanib siljish natijasida paydo bo`ladi. Nadvig jarayoni natijasida kari jinslar yosh qatlamlar ustiga siljib chikib koladi.

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish