Qayta foydalanish uchun, ifloslangan har bir m3 sanoat
va maishiy oqovalarga
10m3 xajmdagi toza suvni aralashtirish lozim bo’ladi. Yer usti va yer osti suvlarini
ifloslovchi manbalar juda ko’p va xilma-xildir.
Suvlarni ifloslovchi asosiy manbalarga sanoat korxonalari va maishiy xo’jalikdan
chikadigan oqova suvlar, Qazilma boyliqlarni ishlab chiqarishdagi oqovalar; neftni
qayta ishlash korxonalarida ishlatilgan chiqindi suvlar; transportning tashlanma suvlari;
shaharlardan, hamda kimyoviy vositalar ishlatilgan dalalardan okib chiqqan suvlar;
kasalxonalar va chorvachilik komplekslaridan oqib chiqadigan tozalanmagan suvlar va
boshqalar kiradi.
Neft va neft mahsulotlari, sun’iy yuvish vositalari, fenollar,
pestitsidlar, rangli metallar, murakkab kimyoviy vositalar suvni ifloslovchi asosiy
birikmalar hisoblanadi.
Oqova suvlarga tushadigan mineral, organik, bakteral va biologik ifloslovchi
birikmalar ajratiladi. Mineral ifloslovchilar odatda kum, loy, turli mineral tuzlar kislota
va ishqorlar eritmasidan iborat. Organik ifloslovchilar o’simlik va
hayvonlarning
qoldiqlari, inson va hayvonlarning fiziologik chiqindilaridan iborat. Bakteral va
biologik ifloslovchilar asosan maishiy oqova suvlarda mavjuddir.
Suvlarning etishmovchiligi sharoitida ulardan oqilona foydalanish va oqova
suvlarni tozalab, qayta ishlatishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Rivojlangan
mamlakatlarda shaharlar va aholi punktlarida suv sarfi jon boshiga sutkada 150 litrni,
Rossiyada 250 litrni tashkil qiladi. Suvlarning mavjud o’z-o’zini tozalash xususiyati
ifloslovchi birikmalarni butunlay bartaraf etolmaydi. Oqova suvlarni mexanik,
kimyoviy va biologik va boshqa tozalash usullari mavjuddir.
Yer yuzi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashda yer osti suvlariniig
ahamiyati kattadir. Turli mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekistonda yer osti suvlari,
artezian suvlari va mineral suvlar katta miqdorda ichimlik uchun ishlatiladi.
Mineral
suvlar chiqqan joylarda maxsus shifoxonalar kuriladi. Hozirgi kunda yer osti suvlarining
tartibsiz ishlatilishi, turli manbalar ta’sirida ifloslanishi oshib bormoqda. Ichimlik
suvlarning bebaho manbai bo’lgan yer osti suvlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona
foydalanishni ta’minlash eng muhim ekologik muammolardan biri hisoblanadi.
Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida suvlarning takror ishlatilishini ta’minlash,
mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish imkoniyatini beradi. Dehqonchilikda
yangi, ilgor sug’orish uslublarini joriy qilish suvlarni katta miqdorda tejashni
ta’minlaydi. Amerika Qo’shma Shtatlarida suvni 3-5 marta kam talab qiladigan paxta
navini yaratish bir yil davomida paxta xosilini 52%ga ortishiga olib kelgan . Suvdagi
1300 dan ortiq, zararli birikmalarning PDK lari va korxonalar uchun oqovalarni
tashlashning yo’l qo’yilgan chegaralari belgilangan. Korxonalar suvlarning belgilangan
limitdan ortiqcha ishlatgani va oqovalarni tashlashni me’yoridan
oshirganligi uchun
jarima va boshqa to’lovlar to‘laydi
O’rta Osiyo Dunyo okeani bilan bo’g’lanmagan berk havza bo’lib, Yer yuzida
suv et'ishmaydigan qurg’oqchil zona hisoblanadi. O’rta Osiyoning tekislik qismida
bug’lanish yillik yogin miqdoridan ko’p va suv oltinga teng deb baholanadi. O’rta
Osiyoning yer usti va yer osti suv resurslari cheklangan va oqilona foydalanishni talab
qiladi. Ikki asosiy daryo Sirdaryo va Amudaryoning suvlari deyarli to’liq,
o’zlashtirilgan va yer osti suvlari ham tobora ko’proq ishlatilmoqda. Suvlarning
ifloslanishi muammosi ichimlik suvlarining etishmasligini yanada keskinlashtirdi.
Daryolar suvining sugorishga ko’plab ishlatilishi Orol dengizining qurishiga sabab
bo’lmoqda.
Suvlardan isrofgarchilik bilan foydalanish natijasida sugoriladigan maydonlar 4,2
mln. gektarga etganida mavjud ishlatiladigan suv zaxiralarining tugashi ko’zatiladi.
Respublikada yer osti suvlarining 95 ta konlari mavjud bo’lib, hozirda yer osti suvlari
imkoniyatining 52 foizi ishlatilmoqda. Suv resurslari qurg’oqchil O’zbekistonda hayotiy
muhim ahamiyatga ega. O’zbekistondagi CHirchik, va Oxangarondan tashqari barcha
daryolar transchegaraviy hisoblanadi.
O’zbekistonda extiyojlar uchun ishlatiladigan suvning 8% mamlakat xududida,
92% qo’shni mamlakatlar xududida shakllanadi. Daryolarning oqimi davlatlararo
kelishuvga ko’ra o’zaro taqsimlanadi. Suvlarning ifloslanishi
ham dolzarb ekologik
muammolaridan biri hisoblanadi.
O’zbekistonning asosiy daryolari Qirgiziston, Tojikiston va Turkmaniston
xududlaridan ifloslanib keladi.
Daryolar suvi chorvachilik komplekslari, kommunal- maishiy oqovalar, sanoat
oqovalari va katta xajmda kollektor-drenaj suvlari bilan ifloslanadi. O’zbekistonda
ifloslangan suvlarning 78% sug‘oriladigan yerlarda vujudga keladi, 18% sanoat
hissasiga va 4% kommunal xo’jalikka to‘g‘ri keladi. Eng ko’p suvlar dalalarda
ishlatiladigan kimyoviy birikmalar, pestitsidlar va boshqa zaharlar bilan ifloslanadi.
Sanoat oqovalarining 80% Toshkent, Fargona, Navoiy va Samarkand viloyati sanoat
korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Kommunal-maishiy oqovalarining 50% dan ortigi
Toshkent va Samarkand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
O’zbekistan Respublikasida suvlardan oqilona foydalanish maqsadida ilgor chet el
texnologiyalari joriy qilinmoqda. Tomchilab sugorish, suvlardan takror foydalanish, suv
hisoblagichlarini o’rnatish, okrvalarni tozalash shular jumlasidandir. Suvdan
foydalanuvchilar assotsiatsiyalari faoliyat olib bormoqda. Suv havzalariga tushadigan
sanoat oqovalari keyingi besh yil ichida ikki yarim marta kamaygan.
Suvlarni me’yoridan ortiq, ifloslaganligi uchun jarima va to’lovlar belgilangan.
O’zbekistan Respublikasida suvdan foydalanish maxsus “Suv
va suvdan foydalanish
to’g’risida”. (6 may. 1993 y.) qonuni asosida amalga oshiriladi. Ushbu qonuni
takomillashtirish, suvdan foydalanish to’g’risida qo’shimcha qonunlar, birinchi
navbatda “Ichimlik suv to’g’risida”gi qonun qabul qilinishi zarurdir. Suvlardan
oqilona foydalanish va suv havzalarini ifloslanishdan saqlashni ta’minlashda keng
jamoatchilikning ishtiroki, ekologik ta’lim tarbiiyani rivojlantirishida katta ahamiyatga
egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: