Amaliy filologiya fakulteti


O‘zbek va rus tilida sifatlarning turlari



Download 78,25 Kb.
bet3/6
Sana06.07.2022
Hajmi78,25 Kb.
#749564
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xolto‘rayev

O‘zbek va rus tilida sifatlarning turlari



O‘zbek va rus tillari sifatlarning asliy va nisbiy ma’no turlari mavjud
Asliy sifatlar predmetning fizik parametrlari (shakl, o‘lcham, hajm): katta, og‘ir, to‘rtburchak; rang va sezgi organlari orqali qabul qilinadigan boshqa sifatlarini: oq, shirin, qorong‘u, tekis; xarakterni bildiruvchi sifatlar: mehribon, aqlli, jasur kabilarni bildiradi.
O‘zbek tilida asliy sifatlarning xususiyatlari:

  1. Belgini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalaydi

  2. Belgini darajalab ko‘rsata oladi

  3. roq qo‘shimchasini qabul qiladi.

Rus tilida asliy sifatlarning morfologik xususiyatlari:

  1. Asliy sifatlar to‘liq (полное) va qisqa (краткое) shaklga ega:

Высокий – высок
красивый – красив,
крепкий – крепок,
полезный – полезен,
великий – велик,
хороший – хорош

  1. Sifat darajalarini oladi: красивый-красивее-красивейший

  2. Kopgina asliy sifatlardan asliy ravishlar yasaladi:быстрая ходьба- быстро ходить

  3. Asosan asliy sifatlardan abstrakt otlar hosil qilinadi: жестокий-жестокость

  4. Antonomik juftlikka ega boladi: молодой – старый, веселый – грустный.

Ozbek va rus tillari asliy sifatlari ortasidagi asosiy farq burus tilida asliy sifatlarning toliq (полное) va qisqa (краткое) shaklga ega ekanligi. Sh.Rahmatullayev shu shaklga ega ekanligi rus tilida sifatning kesim vazifasida kelish uchun xoslangan maxsus shakli ekanligini takidlab otadi. Bunday shakl ozbek tiliga xos emas.
Ko‘p hollarda sifat egadan keyin kelib, o‘zgarmas shaklda kesim vazifasini bajaradi: Suv tiniq. Bu bino yangi.
Qisqartma sifatlar ot bilan rod va sonda moslashib, odatda kesim vazifasida keladi:
интересный фильм – Этот фильм очень интересен.
богатая страна – Наша страна богата сырьём и промышленностью.
полезные фрукты – Фрукты полезны для здоровья.
Bunday sifatlar turlanmaydi.
Kesimlik kategoriyasi o‘zbekcha sifatlarda ayrim hollarda bog‘lama vositasida hosil bo‘ladi: Men kattaman. Sen nega xafasan?
To‘liq va qisqa sifatlarning rod tugallaiklari




Birlik (единственное число)

Koplikda hamma rod bir xil (множественное число)

Мужской род

Женский род

Средний род




Qattiq negizli (С твердой основой)




Полные

-ый, -ой;
красивый

-ая; красивая

-ое; красивое



-ые; красивые

Краткие

красив

-а; красива

-о; красиво

-ы; красивы






Yumshoq negizli (С мягкой основой)




Полные

-ий; синий

-яя; синяя

-ее; синее

-ие; синие

Краткие

-ь; синь

-я; синя

-е; сине

-и; сини


Nisbiy sifatlar
Belgini to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi.
O‘zbek tilida nisbiy sifatlar otlashmaydi, lekin ba’zan otlashishi mumkin: bahorgi shamol- bahor(ning) shamoli.
Rus tilida nisbiy sifatlar to‘liq (полное) va qisqa (краткое) shaklga ega emas. Sifat darajalarida kelmaydi. Frazeologik birliklar, ko‘chma ma’noda kelgan sifatlar bundan mustasno.
Nisbiy sifatlar rus tilida ham, o‘zbek tilida ham predmetning boshqa predmet bilan aloqadorligini, o‘rin yoki zamonga munosabatini ifodalaydi:
Деревянный столyog`och stol,
золотое кольцо- oltin uzuk,
подземная дорога- yer osti yoʻli,
курсовая работа- kurs ishi.
Rus tilida predmetning qanday ashyodan ishlanganligini anglatuvchi nisbiy sifatlar ot o‘zagiga -н, -ан, -ян, -янн, -енн, -ов kabi suffikslarni qo‘shish orqali hosil qilinadi:
деревянный стол,
пластиковые окна,
кожаная куртка,
хрустальная люстра.
Bunday sifatlar ham sifatlanmish bilan rod, son va kelishikda moslashadi.
Притяжательные прилагательные
Rus tilida притяжательные прилагательные predmetning malum bir shaxsga qarashliligi yoki biror jonzotga oidligi, tegishliligini korsatadi. Bunday sifatlarni «egalik sifatlari» (O.Azizov, A.Safayev), «nisbatlov sifatlari» (Sh.Rahmatullayev) deb nomlaydilar. Sifatning bu turi ham sifatlanmish bilan rod, son va kelishikda moslashadi:
мамино платье – onamning ko‘ylagi
дядин дом – amakimning uyi
птичье гнездо – qush uyasi
верблюжье молокоtuya suti
медвежья лапа – ayiq panjasi
Rus tilidan o‘zbekchaga tarjima qilinganda egalik sifatlari o‘rnida:
a) qaratqich kelishigidagi ot (папин друг – dadamning do‘sti, дядин дом tog‘amning uyi);
b) sifat o‘rnida qo‘llangan, izofali birikmani hosil qiladigan bosh kelishikdagi ot (птичье гнездо – qush ini, медвежья берлога ayiq uyasi) beriladi.
Bu ikki tilning ma’no turlariga ko‘ra farqli jihati bu rus tilida egalik sifatining mavjudligidir. Buning asosiy sabablaridan biri bu rus tili padejlari(kelishik) tarkibida –ning qo‘shimchasining yo‘qligi. Ru stilidagi родительный падеж o‘zbek tilidagi qaratqich kelishigi o‘rnini to‘liq bosolmaydi. Shu sababli rus tilida притяжательное местоимение (egalik olmoshi) va притяжательное прилагательное (egalik sifati) alohida kategoriyaga ajratilgan.
Tub sifatlar

zO‘zbek tilida



Rus tilida

Morfologik ko‘rsatkichga ega emas, chunki dastavval mustaqil
so‘z turkumi sifatida mavjud bo‘lmagan.
Sifat keyinroq ot turkumidan o‘sib chiqqan va shakllanib rivojlangan.

Rod


Son


Kelishik



    1. O`zbek va rus Sifat darajalari

O‘zbek tilida
a

RRus tilida
ida

Oddiy daraja

Простая степень

Qiyosiy daraja

Сравнительная степень

Orttirma daraja

Превосходная степень

Ozaytirma daraja





Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darajalari deyiladi.

Сравнительная
степень



ближе, реже, выше, красивее, крепче, ниже
более сильный, менее быстрый


Пр Превосходная
степень
евосходная
степень

строжайший, высочайший, величайший
самый редкий, наиболее терпкий, наименее жесткий



Sifat darajalarining yasalishi
Sifatlarning bosh shakli oddiy daraja hisoblanadi. U belgining odatdagi me’yorda ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
• Qiyosiy daraja belgining me’yordan biroz oz yoki ko‘pligini qiyosan ifodalaydi. (Bir-biridan qiyoslashda ikki predmet bo‘lishi kerak).
yaqinroq, qiziqroq, kuchliroq, og‘irroq
• Orttirma daraja belgining me’yordan ortiq ekanligini bildiradi.
eng baland, juda qiziq, nihoyat kuchli, g‘oyat mamnun
qip-qizil, sap-sariq, qop-qora, yam-yashil
Ozaytirma daraja belgining me’yordan kam ekanligini bildiradi.
sal yaqin, biroz olis, xiyla ogir, nim yashil
qoramtir, sarg‘ish, qizg‘ish, ko‘kimtir
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida sifat darajalari 4ta ekanligini ko‘rdik. O.Azizov o‘zining qisqa kursida o‘zbek va rus tillarida sifat darajalarini 3ga bo‘lingan. Ya’ni olimning qisqa kursiga ozaytirma daraja kiritilmagan.
Olim qiyosiy daraja sifatlari o‘zbek va rus tillarida ikki yo‘l bilan yasalishini qayd etadi: sintetik va analitik yo‘l. Sintetik usulda o‘zbek tilida sifatga –roq qo‘shimchasi qo‘shish orqali, rus tilida -ее(-е): chiroyliroq-красивее, semizroq- толще, qisqaroq- короче.
Analitik yo‘l bilan hosil bo‘ladigan qiyosiy daraja o‘zbek tilida oddiy daraja sifatiga chiqish kelishigidagi otni bog‘lash bilan hosil qilinadi. Rus tilida esa bunday sifat qiyosiy darajada va unga bog‘langan ot родительный падежda bo‘ladi. Bunday birikmada har ikki tilda sifatlarning joylashish o‘rni har xil bo‘ladi. O‘zbek tilida sifat otdan keyin, rus tilida otdan oldin keladi: qordan oq-белее снега, mendan semiz- толще меня.
Qiyosiy darajani oddiy darajaga qaraganda, ko‘ra, nisbatan so‘zlaridan biri bilan ham ifodalasa bo‘ladi . Rus tilida esa bunday birikmalar ikki xil yo‘l bilan yasaladi: Xiva Samarqanddan chiroyliroq- Хива красивее Самарканда yoki Хива красивее чем Самарканд. Berilgan misollardan ko‘rinadiki, rus tilida agar qiyosiy daraja berilishida чем bog‘lovchisi ishlatilsa ot именительный падеж (bosh kelishik)da keladi.
Olimning qayd etishicha orttirma daraja o‘zbek tilida doim analitik yo‘l bilan yasladi:

  1. Sifat oldidan eng so‘zi bilan keladi: eng chiroyli, eng baland

  2. Sifat oldidan chiqish kelishigida kelgan hamma, barcha so‘zlaridan birini qo‘llash orqali: hammadan past, barchadan yaxshi

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, o‘zbek tilida bu ikki usuldan tashqari juda, goyat so‘zini qo‘shish orqali ham orttirma daraja yasaladi: juda ulkan, g‘oyat xushbichim. Va bu usul bilan yasalgan sifatlarni O.Azizov qisqa kursdida analitik yasalishdan alohida shakl sifatida ko‘rsatadi. Bundan tashqari, alohida shaklga quyidagilarni kiritadi: a) bir sifatning o‘zi chiqish va bosh kelishigida birikadi: xunukdan xunuk, sovuqdan sovuq. b) bir sifatning o‘zini avval ko‘plik va qaratqich kelishigida, keyin III shaxs egalik affiksini qo‘shgan holda ifadalanadi: go‘zallarning go‘zali, samimiylarning samimiysi.
Rus tilida orttirma daraja ham sintetik ham analitik yo‘l bilan yasaladi. Orttirma darajaning sintetik shakli ейш, -айш, -шнаи: сильнейший, высочайший, наилучше kabi .
Orttirma darajaning analitik formasi ikki usul bilan yasaladi: 1. Oddiy daraga oldidan самый so‘zini keltirish bilan: самый хороший, самый лучший. 2. Qiyosiy daraja oldidan всех, всего so‘zlaridan birini keltirish bilan: лучше всех, красивее всего.
O.Azizov qisqa kursida sifatni to‘rtta darajaga bo‘lmagan bo‘lsa ham, sifatlarning rangini oddiy darajadan kuchsizligini ko‘rsatish uchun affikslar borligini yozadi. O‘zbek tilida –(i)mtir, -sh, -ish affikslardan biri orqali, rus tilida чуть-чуть so‘zi yoki оват (-еват) affikslari orqali ifodalanadi: oqish- чуть-чуть белыйб беловатый, qizg‘ish, ko‘kimtir- синевотый, чуть-чуть синий.
O‘zbek tilida belgining me‘yordan kamligini ifodalovchi ozaytirma daraja shakli ikki xil usul: leksik usul (sal katta, bir oz uzun) va morfologik usul (yaxshiroq, balandroq) yordamida yuzaga keladi.
Har ikkala tilda ham rang­tusni bildiruvchi sifatlarning o‘zagiga maxsus grammatik ko‘rsatkichlarni qo‘shib, shu rangga o‘xshash bo‘lgan rang turlarini hosil qilish mumkin: ko‘kimtir – синеватый, qizg’ish- красноватый va h.k.
O‘zbek tilida fonetik usul orqali hosil qilingan orttirma daraja shakllari rus tilida пре- prefiksi bilan beriladi: sap-sariq – жёлтый-прежёлтый, top-toza - чистый-пречистый. Bunday shakllar rus tilida kuchaytirma daraja shakllari deb yuritiladi.
Rus tilidagi asliy sifatlarning yana bir farqli xususiyati shundaki, ularda daraja shakllari hosil qilinganda, so‘z o‘zagida tovush tushish yoki tovush almashish hodisalari yuz beradi: близкий – ближе, редкий – реже, высокий – выше, крепкий – крепчайший, великий – величайший.
O‘zbek va rus tillarida sifatlar tuzilishiga ko‘ra sodda (простое) va qo‘shma (сложное) bo‘ladi: qiziq, tashqi, чистый, синий; xush ovoz, xushbo‘y, белоснесный, югозападный, двухсотлетний.
Sodda sifatlar tub (непроизводные) yoki yasama (производные) bo‘ladi: toza- чистый, qizil- красный, tekis- ровный, ilmiy- научный, savodli- грамотный, amaliy- практический.

Download 78,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish