ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
AMALIY FILOLOGIYA FAKULTETI
Ro‘yxatga olindi
O‘quv ishlari bo‘yicha
dekan muovini
_______ N. Nuradullayev
«___» _________2022-y
5112400 - O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
bakalavr ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 301-A guruh talabasi
Xolto‘rayev Quvonchbekning
«O`zbek var us tillarining amaliy grammatikasi» kursi bo‘yicha
«O`ZBEK VA RUS TILLARIDA SIFATLARNING TURLANISHI» mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:
O‘zbek tili kafedrasi
dotsenti, f.f.n. _______ Xurshida Kadirova
«Himoyaga tavsiya etilsin»
O‘zbek tili kafedrasi mudiri,
f.f.d., prof. _____ S.Muhamedova
«__» ______2022-y.
TOSHKENT - 2022 YIL
Reja:
Kirish
Sifatlarining o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbek va rus tillarida sifatlarning turlari
O‘zbek va rus tillarida sifat darajalari
O‘zbek rus tillarida sifatlarning farqli jihatlari
O‘zbek va rus tillarida sifatlarning turlanishi
O‘zbek va rus tillarida turlanish
Rus tili asliy va nisbiy sifatlarinig turlanishi va ularning o‘zbek tilida ifodalanishi
Rus tili egalik sifatlarining turlanishi va ularning o‘zbek tilida ifodalanishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
KIRISH
O‘zbek tili Oltoy tillar oilasining turkiy guruhiga mansub bo‘lib, tipologik jihatdan u agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Rus tili esa dunyodagi eng yirik oila hisoblangan Hind-yevropa tillari oilasining slavyan guruhiga mansub bo‘lib, tipologik tasnifga ko‘ra, flektiv til hisoblanadi. O‘zbek va rus tillarini qiyosiy tahlil qilish bilan bog‘liq ishlarning dastlabkisi 1934-yilda yozilgan Yevgeniy Dmitriyevich Polivanovning “Русская грамматика в сопоставлении с узбекским языком” kitobi hisoblanadi. Ushbu kitob nafaqat ikki tilni qiyoslashda, balki tillardagi umumiy va xususiy jihatlar borasidagi ilmiy qarashlarni tizimlashtirishda katta rol o‘ynadi. Polivanov ilk bora rus va o‘zbek tillarining fonetik hamda grammatik tizimlarini qiyosiy tahlilga tortdi. Biroq uning grammatikasi mazkur tillarning butun tizimini emas, faqat fonetika va morfologiyasini qamrab olgan.
Undan keyin esa 1965-yilda O.Аzizov tomonidan qiyosiy tahlil amalga oshirgan, filologiya fakultetlari uchun qisqa kurs yaratdi1. Bu qo‘llanma qiyosiy tipologiyadan ilk manba edi. 1995- yilda Shavkat Rahmatullayev tomonidan muayyan darajada to‘ldirilgan va o‘zbek va rus tillarini qiyoslab, o‘zbek tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun qisqacha o‘quv qo‘llanma yaratilgan2. Bugungi kunda bu o‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologik asarlar asosiy manba sifatida yagona adabiyot bo‘lib qolmoqda. O‘zbek tilini tadqiq etishda yangicha yondashuvlarning paydo bo‘lishi o‘zbek tilshunosligining rivoji natijasida, o‘zbek tili grammatikasi rus tili grammatikasidan ba’zi jihatlar bilan o‘xshash bo‘lsa ba’zi jihatlari bilan tubdan farq qilishini aniqlash mumkin. O‘zbek tilini dunyoga tanitish, o‘zga tilli vakiliga targ‘ib qilish, til taraqqiyotiga taʼsir etuvchi tarjima masalalari davr taqozosi hisoblanib, o‘zbek tiliga ixtisoslashgan oliy taʼlimda “o‘zbek va rus tillarining amaliy grammatikasi” maxsus fan sifatida joriy qilinganligi “o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarini ilmiy-pedagogik faoliyat yuritishga tayyorlashda, hamda o‘qitishning samaradorligini oshiruvchi metodlar haqida tushuncha hosil qilish, qiyosiy tipologiyaning ilg`or metodlarini pedagogik amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda amaliy va nazariy yordam beradi.
“O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi” o‘zbek va rus tillariga mansub bo‘lgan til birliklarining mohiyati va qiymati qiyosiy aspektda yoritib berish, ikki til o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashliklar va farqlar sistematik ravishda taqqoslaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |