Amaliy audit



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
Tayanch tushunchalar 


265 
Audit, xalqaro audit, ichki audit, tashqi audit, auditning rivojlanish bosqichlari, 
tasdiqlovchi audit, tavakkalchilikka asoslangan audit, mos keluvchanlik auditi, 
operatsion audit, moliyaviy hisobot auditi, maqsadli sistemali audit.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-MAVZU. ASOSIY VOSITALAR HARAKATI 
BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITI 
USLUBIY MUAMMOLARI 
 
 
 
 
 


266 
REJA: 
 
2.1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish va o`tkazish ketma-ketligi 
2.2. Asosiy vositalar auditining ma'lumot manbalari 
2.3. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish 
2.4. Asosiy vositalarga eskirish (amortizatsiya) to`g`ri hisoblanishini tekshirish 
2.5. Asosiy vositalarni harakati bilan bo g`liq muomalalar auditi 
2.6. Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi 
2.7. Asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari auditi 
2.1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish va o`tkazish ketma-ketligi
 
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazish mijoz-subyekt faoliyati 
umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi moliyaviy hisobot asosiy 
vositalar harakati bilan bog`liq ko`rsatkichlarning ishonchliligi to`g`risida fikr 
shakllantirish va subyektda asosiy vositalar bilan bog`liq muomalalarni hisobga olish 
hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning O`zbekiston Respublikasida amal 
qilayotgan me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. 
Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obyektlaridan biri 
bo`lib, undagi o`rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini 
quyidagicha umumlashtirish mumkin: 
- asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o`rnatishni 
ta'minlash (obyektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to`g`riligi); 
- asosiy vositalarning to`g`ri turkumlanishi; 
- asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy 
javobgarlikni tashkil etish (analitik va sintetik hisob hamda hisobot ma'lumotlarining 
mosligi); 
- asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki 
hujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish;
- asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob 
registrlarida aks ettirish;
- asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish; 
- asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks etgirish; 
- amortizatsiya hisoblash usullarini qo`llashning qonuniyligi va to`g`riligi; 
- jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo`llashning qonuniyligi;
- amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to`g`riligi;
- amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to`g`riligi; 
- asosiy vositalarni ta'mirlash, tiklash, zamonaviylashtirish va qayta jihozlashni 
hisobda aks ettirish;
- ta'mirlash usullari;
- ta'mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to`g`riligi;


267 
- asosiy vositalarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir 
muomalalarni hisobga olish; 
- asosiy vositalar sintetik va analitik hisobining subyekt buxgalteriyasidagi 
holatini baholash; 
- belgilangan qoidalarga muvofiq subyektning o`ziga qarashli, joriy tartibda 
ijaraga olingan va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarni saqlash 
joylarida moddiy javobgar shaxslarga biriktirilganligini baholash; 
- subyektning o`ziga qarashli va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy 
vositalar bo`yicha yillik eskirish hisoblanishining to`g`riligini tekshirish. Chunki, bu 
ma'lumotlar realizatsiya qilinadigan mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxining (2010, 
2310, 2510, 2710 schyotlar debeti) shakllanishi bilan bog`liq bo`lib, oqibatda 
subyektning moliyaviy natijalari (balans foydasi yoki zarari) ga va budjetga 
to`lanadigan foyda (daromad) solig`ining miqdoriga ta'sir etadi; 
- asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda ularni 
yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog`liq muomalalar bo`yicha soliq 
qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish; 
- asosiy vositalarni xojalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) ta'mirlash 
xarajatlarini hisobga olishning subyektda amal qilinayotgan tartibini, subyektda bir 
yilga qabul qilingan hisob yuritush siyosatidan kelib chiqqan holda baholash va 
tekshirish; 
- subyektda asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig`i va quvvati bo`yicha 
subyektning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil qilish (agap 
auditor bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo`lsa); 
- asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish. 
Auditor ushbu asosiy masalalarni o`rganib, ularga auditorlik hisobotining 
tashkiliy qismida baho berishi va yo`l qo`yilgan xatolar hamda hisobning belgilangan 
qoidalaridan chetga chiqish hollarini bartaraf qilish bo`yicha takliflar berishi lozim. 
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashdan oldin, birinchi navbatda 
quyidagilarni aniqlashi zarur: 
- subyektning hisobot davridagi hisob siyosati va uning o`tgan hisobot 
davridagiga nisbatan o`zgarishi bilan tanishish; 
- asosiy vositalarning inventarizatsiya natijalari bilan tanishish; 
- asosiy vositalarni qayta baholash materiallari va ularning hisobda aks 
ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor O`zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, 
Iqtisodiyot vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo`mitasining tegishli 
me'yoriy hujjatlariga muvofiq subyekt balansida turadigan va qayta baholangan 
asosiy vositalar tiklanish qiymati bo`yicha aks ettirilishini nazarda tutishi lozim. 
Subyektda asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo`yicha doimiy komissiya 
tashkil etilishi: asosiy vositalarni foydalaiish joylarida saqlash uchun javobgar 
shaxslar haqida buyruq (farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, shunindek, ular 
bilan shaxsan to`la moddiy javobgarlik to`g`risida shartnomalar tuzilganligini 
aniqlash, shuningdek, asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan 
amaldagi me'yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi 


268 
(unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan subyekt 
buxgalteriyasi qay darajada ta'minlanganligini aniqlash lozim. 
Shu tarzda olingan ma'lumotlar auditorga mazkur subyektda asosiy vositalar 
hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish imkonini va 
tekshiruvda maxsus e'tibor berish lozim bo`lgan masalalarni aniqlashga yordam 
beradi. 
Bosh daftarda aks ettirilgan 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi 
schyotlar», 0200 – «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar», 0300 
– «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo`yicha olingan asosiy vositalarni hisobga 
oluvchi schyotlar», 0700 – «O`rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi 
schyotlar», 0800- «Kapital qo`yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0920 – «Uzoq 
muddatli ijara bo`yicha olinadigan to`lovlar», 4800 – «Turli debitorlar qarzlarini 
hisobga oluvchi schyotlar», 6900 – «Turli kreditorlarga bo`lgan qarzlarni hisobga 
oluvchi schyotlar», 7900 – «Turli kreditorlarga bo`lgan uzoq muddatli qarzlarni 
hisobga oluvchi schyotlar» sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ravishda analitik 
hisob registrlari va buxgalteriya balansi ma'lumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. 
Ular bo`yicha barcha pozitsiyalar oy boshiga qoldiq oylik oborotlari, oy oxiriga 
qoldiqlar bir-biriga to`g`ri kelishi lozim. Agar tafovutlar aniqlansa, ularning 
sabablarini aniqlash va subyektga asosiy vositalarni, montaj talab qiladigan 
qurilmalarni; kapital qo`yilmalarni, tuzilgan lizing shartnomalari bo`yicha 
majburiyatlarni inventarizatsiya qilish tavsiya etiladi. So`ngra subyektning asosiy 
vositalarni hisobga olish bo`yicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan 
tanishish zarur. Bunda asosan quyidagilarga e'tibor berish lozim: 
- asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo`llash qabul 
qilinganligi; 
- asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlarini hisobga olishning qanday tartibi 
qabul qilinganligi, asosiy vositalarni ta'mirlash uchun rezervga mablag` ajratish 
mexanizmidan foydalanib, ya'ni ta'mirlash fondi (8910 – «Kelgusi xarajatlar va 
to`lovlar rezervlari» schyoti bo`yicha ta'mirlash fondi schyotini qo`llash) tashkil etish 
yoki tashkil etmaslik bo`yicha subyekt hisob siyosatida aks etganligi yoki aks 
etmaganligi auditor xulosasida qayd etilishi lozim. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish