275
aniqlanganida, auditor buning oqibatida mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxi qanchalik
oshgan (pasaygan) ligini aniqlaydi.
Shunindek, amortizatsiyani hisoblash muddatlarining boshlanish va to`xtatilish
muddatlari, hisoblashning muntazamligi, amortizatsiyani hisoblashda pasaytiruvchi
va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo`llashning to`g`riligini tekshirish zarur.
Amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to`g`riligi tanlab tekshiriladi.
Amortizatsiya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib
borishning to`g`riligini tekshirish amortizatsiya ajratmalarini auditorlik tekshiruvidan
o`tkazishning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Auditor amortizatsiya
hisoblanadigan obyektlar asosiy vositalarning qaysi guruhiga (ishlab chiqarish yoki
noishlab chiqarish) tegishliligini, asosiy vositalar mahsulot ishlab chiqarish (ish
bajarish, xizmat ko`rsatish) da ishlatilayotganligi yoki operativ (qisqa muddatli)
lizing shartnomasi asosida berilganligini aniqlashi lozim. Noishlab chiqarish
sohasidagi asosiy vositalar bo`yicha hisoblangan amortizatsiya ajratmalari o`z
mablag`lari manbalari hisobiga, operativ lizing asosida topshirilganlari bo`yicha esa
foyda yoki zararlarga olib boriladi.
Asosiy vositalarga eskirishni hisoblashni hisobga olishda eng ko`p uchraydigan
qoida buzilish hollari quyidagilardan iborat:
ayrim subyektlarda asosiy vositalarga eskirishni hisoblash har choraklikda
amalga oshiriladi;
soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish maqsadida ataylab xizmat muddati
o`tib ketsa ham asosiy vositalarga eskirishni hisoblash davom ettiriladi;
asosiy vositalarga asossiz ravishda eskirishning tezlashtirilgan usuli
qo`llaniladi va h.k.
Amortizatsiya ajratmalarini tekshirish mobaynida quyidagi tashkiliy amallar
qo`llanilishi mumkin:
- asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar (0110-0199) bo`yicha
qoldiqlarni va joriy yilda hisoblangan amortizatsiyani oldingi davrlardagi ma'lumotlar
bilan taqqoslash va ularning o`zgarishini baholash;
- joriy yilda jamg`arilgan amortizatsiya qoldig`ini oldingi davrlardagi qoldiqlar
bilan taqqoslash.
Audit jarayonida asosiy vositalar bo`yicha amortizatsiya ajratmalari hisobot
davrida buxgalteriya hisobi ma'lumotlarida to`g`ri aks ettirilganini tekshirish lozim.
Asosiy vositalarning ayrim obyektlari bo`yicha ajratmalar buxgalteriya hisobida
tegishli summalarni jamg`arish yo`li bilan yoki obyektlarning dastlabki qiymatini
kamaytirish yo`li bilan aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: