Amaliy audit


-jadval  Asosiy vositalar auditining obyektlari



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

2.2-jadval 
Asosiy vositalar auditining obyektlari 
Ko`rsatkichlar
Ko`rsatkichlar keltirilgan 
moliyaviy hisobot shakllari 
Schyotlar nomi 
Schyo
tlar 
1-shakl 3-shakl 4-shakl 
Satr 
Satr 
Satr 





Asosiy vositalar: 
Boshlang`ich (qayta tiklash) qiymati 
0100, 
0300 
010 
Eskirish summasi 
0200 
011 
qoldiq (balans) qiymati (satr. 010-011) 
012 
Asosiy vositalarning boshlang`ich qiymati, 
jamg`arilgan eskirish va qoldiq qiymati 
to`g`risida ma'lumot 
010-
160 
Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar 
171 
Noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar 
172 
Yil davomida sotib olingan asosiy vositalar 
180 
Asosiy vositalarni sotib olish va sotish 
0820 
060 
Buxgalteriya balansi (1-shakl) da subyektga mulkiy huquq asosida, tezkor 
boshqaruv va xojalik yuritish uchun taalluqli bo`lgan asosiy vositalar, uzoq muddatli 
aktivlar bo`limidagi asosiy vositalar moddasida boshlang`ich qiymati, eskirish va 
qoldiq qiymatlari bo`yicha batafsil beriladi. Asosiy vositalar balansda netto baho, 
ya'ni qoldiq qiymati bo`yicha aks ettiriladi (belgilangan tartibga muvofiq qiymati 
qoplanmaydigan (amortizatsiya hisoblanmaydigan) asosiy vositalar obyektlaridan 
tashqari). 
2.3. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish 
Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini auditorlik tekshiruvidan 
o`tkazishdan maqsad moliyaviy hisobot moddalarining haqqoniyligini ta'minlashdan 
iborat. 
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:
- qiymati subyektda belgilab qo`yilgan chegaradan past bo`lgan obyektlar yoki 
qiymatidan qat'iy nazar xizmat muddati 12 oydan kam bo`lgan obyektlar asosiy 
vositalar qatoriga o`tib qolmaganligi; 


272 
- subyektda asosiy vositalar inventar va xojalik jihozlari qatoriga va aksincha 
o`tkazilmaganligi, bunda shuni nazarda tutish zarurki, obyekt qiymatining chegarasi 
obyektni sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy vositalarni 
inventar va xojalik jihozlari qatoriga asossiz o`tkazish auditorlik tekshiruvi 
mobaynida aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko`p hollarda bunday o`tkazishning 
sababi subyektning amortizatsiya hisoblash ishlarini kamaytirishga intilishi 
hisoblanadi. 
Auditorlik tekshiruvi mobaynida subyektning asosiy vositalar obyektlariga 
mulkiy talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash zarur. 
Auditorga asosiy vositalar obyektlarini yaratish, sotib olish; berish 
shartnomalari, zarur hollarda esa qonunchilikka muvofiq olish-sotishni ro`yxatga 
olish guvohnomasi taqdim qilinadi. 
Asosiy vositalarning to`g`ri baholanganligini aniqlash asosiy vositalar 
mavjudligi va harakatini tekshirish mobaynidagi muhim masalalardan biri 
hisoblanadi. Chunki, mulk solig`i bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblar, shuningdek 
subyekt faoliyatining moliyaviy natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga 
bog`liq.Asosiy vositalarni baholashning to`g`riligini tekshirish yoppasiga (obyektlar 
soni unchalik katta bo`lmaganda) yoki tanlab o`tkaziladi. 
Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash amaldagi 
qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar obyektlarini sotib olish 
usuliga bog`liq. 
- auditor O`zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga muvofiq asosiy 
vositalar oldi-sotdi shartnomalarining mavjudligi va rasmiylashtirilishini, ayrim 
xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga qo`shishning qonuniyligini; 
- tugallangan qurilish obyektlari inventar qiymatining to`g`ri aniqlanganligini; 
- qo`shimcha qurilgan, jihozlangan, zamonaviylashtirilgan yoki qisman 
tugatilganidan so`ng obyekt qiymati to`g`ri aniqlanganligini tekshiradi. 
Bunda auditor 21-son «Xojalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xojalik 
faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo`llash bo`yicha yo`riqnoma» 
nomli BHMS ga muvofiq kiritilgan o`zgartishlarga alohida e'tibor qaratishi zarur. 
Xususan, asosiy vositalarni sotib olish va qurish bilan bog`liq, ammo belgilangan 
tartibga ko`ra asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo`shilmaydigan xarajatlar 
obyektlarning dastlabki qiymatiga qo`shilmasdan, 9430 – «Boshqa operatsion 
xarajatlar» schyot debetiga olib borilganligiga e'tibor berishi kerak. 
Auditor, baholarni kelishish bayonnomasi va ta'sis hujjatlarida asosiy vositalar 
baholanishining aks ettirilishi; boshqa xarajatlarni asosiy vositalar dastlabki 
qiymatiga qo`shishning qonuniyligi; bozor baholarini qo`llashning ishonchliligini 
tekshiradi.
Shuningdek, bozor bahosini aniqlash uchun aynan shularga o`xshash mahsulot 
baholari to`g`risida tayyorlovchi tashkilotlarning yozma ravishda bergan 
ma'lumotlaridan; ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e'lon qilingan 
baholar to`g`risidagi ma'lumotlardan; ayrim asosiy vositalar obyektlarining qiymati 
to`g`risida ekspert xulosalaridan foydalanish mumkin. Bunday asosiy vositalarni 


273 
tashib keltirish bo`yicha subyekt tomonidan qilingan xarajatlar ham obyekt qiymatiga 
qo`shiladi. 
Chet el valutalari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni baholash chet el 
valutasini O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan, asosiy 
vositalar obyektini sotib olish sanasiga amal qilayotgan valuta kursi bo`yicha so`mga 
hisoblab o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi. 
Auditor shartnoma shartlariga muvofiq mulkka egalik huquqining o`tish vaqti 
to`g`ri aniqlanganligi; asosiy vositalarni sotib olish bilan bog`liq bojxona to`lovlari 
va boshqa chiqimlarning sotib olingan asosiy vositalar qiymatiga qo`shilganligini 
tekshirishi lozim. Shuningdek, asosiy vositalarni baholashning to`g`riligini tekshirish 
mobaynida asosiy vositalar dastlabki qiymatining o`zgarganligiga, qanday sabablar 
(qo`shimcha qurish, jihozlash, qayta jihozlash, qisman tugatish) o`zgarishga olib 
kelganligiga, kapital qo`yilmalarga doir xarajatlar 0800 – «Kapital qo`yilmalarni 
hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarida aks ettirilganligiga e'tibor qaratishi lozim. 
So`ngi yillarda asosiy vositalarni qayta baholashni tekshirish muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. 21-BHMS ga muvofiq subyektlarda asosiy vositalar obyektlarini qayta 
baholash summalari 8530 - «Mulklarni qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» 
schyotida aks ettiriladi. Bunday tekshiruv qayta baholash natijalari rasmiylashtirilgan 
hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:
- barcha asosiy vositalar to`g`riligiga yoki ularning bir qismi qayta 
baholanganligi;
- qayta baholash qanday usullar yordamida o`tkazilganligi (indeksatsiya qilish 
yoki hujjat bilan tasdiqlangan bozor baholari bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri hisoblab 
o`tkazilishi va h.k.); 
- bozor baholarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;
- hisob-kitoblar to`g`riligini tanlab tekshirish;
- qayta baholashdan so`ng eskirganlik darajasi o`zgarganligi;
- qayta baholash natijalarining inventar kartochkalarida aks ettirilganligi; 
- qayta baholash natijalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to`g`ri aks 
ettirilganligi; 
- qayta baholash natijalarining hisobot tuzishda hisobga olinganligi va shunga 
o`xshashlar. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish