Amaliy audit


-jadval  Nomoddiy aktivlar audit obyektlari



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

3.1-jadval 
Nomoddiy aktivlar audit obyektlari 
Ko`rsatkichlar nomi 
Schyotlar 
raqami 
Moliyaviy hisobot 
shakllaridagi ko`rsatkichlar 
1-shakl 
4-shakl 
Satr raqami 
Satr raqami 




Nomoddiy aktivlar: 
Boshlang`ich qiymati 
0400 
020 
Amortizatsiya summasi 
0500 
021 
Qoldiq qiymati (satr. 020-021) 
022 
Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish 
070 
Hisobotga beriladigan tushuntirishlarda quyidagi axborotlarning mohiyati 
bayon qilinishi lozim: 
- nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatlari to`g`risidagi (ayrim 
guruhlari bo`yicha); 
- qiymati qoplanmaydigan (eskirish hisoblanmaydigan) nomoddiy aktivlar 
to`g`risidagi; 
- amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari to`g`risidagi. 
 
3.2. Nomoddiy aktivlar harakati bilan bo g`liq muomalalar auditi
 
Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog`liq muomalalar 
buxgalteriya hisobiga doir me'yoriy hujjatlar va soliqqa tortishga doir qonunchilik 
talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi. 
Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi 
ularning olinish manbalariga bog`liq. 
Agar nomoddiy aktivlar pul o`tkazish yo`li bilan sotib olinsa yoki subyektning 


288 
o`zida yaratilsa, 21-son BHMS
1
ga muvofiq, 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» 
schyoti qo`llaniladi. Nomoddiy aktivlar inventar qiymatiga qo`shiladigan xarajatlar 
tarkibi, ularning mazkur obyektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi. 
Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi bilan bog`liq muomalalarni 
hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga 
muvofiq. 
21-sonli BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish 
bilan bog`liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qatiy nazar 
(sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h.k) 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» 
schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko`rilsa: 
- Debet 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar», 
- Kredit 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi». 
Agar foyda olinsa: 
- Debet 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi», 
- Kredit 9320 - «Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» buxgalteriya 
o`tkazmalari bilan aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to`g`riligini 
tekshirish. O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa tegishli me'yoriy 
hujjatlarga muvofiq nomoddiy aktivlarning ayrim turlari qo`shimcha qiymat solig`i 
(QQS) dan ozod etilgan. Auditor bunga alohida e'tibor berishi zarur. 
Sotib olingan nomoddiy aktivlar bo`yicha QQS summasi quyidagi hollarda 
budjetga o`tkaziladi. 
- sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymati mol yetkazib beruvchilarga 
to`langanida; 
- nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida; 
- nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilganida. 
Agar dastlabki hujjatlarda QQS summasi ajratib ko`rsatilgan bo`lmasa, u holda 
hisob-kitob hujjatlarida QQS ajratib ko`rsatilmaydi. 
1
21-son “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni 
qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS). 


289 
Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda dastlabki qiymatiga 0410-0490 
schyotlar kredit va 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debetlanadi. 
Hisoblangan eskirish summasiga esa 0510-0590 schyotlar debet va 9220 schyot 
kreditlanadi. Hisobdan chiqarish natijasi (foyda yoki zarar 9220 schyotdan 9900 - 
«Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlarni jamlash)» schyotiga o`tkaziladi. 
Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxi, foyda, budjet bilan hisob-kitob ko`rsatkichlari, 
shuningdek xususiylashtirilayotgan davlat subyektlari mulklarini baholashning 
asoslanganligi ko`p jihatdan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va baholanishi, ular 
eskirishlari to`g`risidagi ma'lumotlarning haqqoniyligiga bog`liq. 
Shunga ko`ra, nomoddiy aktivlarni hisobda ro`yxatga olishning texnik 
jihatlarini tekshirish juda muhim hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar o`z nomiga ko`ra 
moddiy negizga ega bo`lmaganligi uchun subyektda u yoki bu obyektning haqiqiy 
kirimi va ishlatilishi ustidan buxgalteriya nazoratini tashkil etish muammosi tez-tez 
vujudga keladi. 
Buxgalteriya hisobining umumiy prinsiplariga ko`ra har qanday nomoddiy 
aktiv kirimi tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Bunday dastlabki 
hujjatlashtirish o`zining mazmuni va tavsifiga ko`ra, asosiy vositalarni qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi (AV-1) kabi hujjatlarga o`xshash bo`lishi lozim. Hujjatlarda 
obyektlarning batafsil xususiyatlari, dastlabki qiymati, foydalanishga topshirilgan 
vaqti, eskirish normasi va xarajatga olib borish kodi, nomoddiy aktiv foydalanadigan 
bo`linma va boshqa ma'lumotlar ko`rsatilishi lozim. 
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda dastlabki hujjatlar bilan birga ularni 
identifikatsiyalovchi (aynan o`xshatuvchi) hujjatlar ham bo`lishi zarur. Bunday 
hujjatlarga nomoddiy aktivlarning o`zlarini yoki ulardan foydalanishni tavsiflovchi 
hujjatlar, shuningdek, subyektning u yoki bu mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar 
kiradi. Boshqacha qilib aytganda, buxgalteriya hisobda aks ettiriladigan nomoddiy 
aktivlarning istalgan obyekti obyektiv shaklda mavjud bo`lishi lozim. 
Sanoat namunalari va kashfiyot huquqlarini sotib olish patentlar, 
guvohnomalar bilan tasdiqlanadi. Subyekt tomonidan har qanday mualliflik 
huquqlarini sotib olish faqat ushbu mualliflik huquqlarini sotuvchilar jismoniy yoki 
yuridik shaxslar bilan tuzilib, yuridik jihatdan kuchga kirgan to`laqonli shartnomaga 
asosan amalga oshirilishi mumkin. 
Subyekt «nou-xau» sotib olishni rasmiylashtirishi uchun uning og`zaki (matnli) 
yoki tasviriy tavsifiga ega bo`lishi lozim. Subyekt raqobat sharoitida sanoat va 


290 
intellektual mulklarni muhofaza qilish uchun chora-tadbirlarni ko`rishi lozim. Bu 
nomoddiy aktivlar obyektlarning har biri uchun konkret xodimlarni javobgarlikka 
tortish va ko`rilgan zararni to`liq qoplash uchun imkon yaratadi. Subyektlar 
nomoddiy aktivlarni har xil yo`llar bilan sotib oladilar va shunga ko`ra ularning kirimi 
ham hisobda turlicha aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivlar subyekt ustav kapitaliga ishtirokchilarining hissasi sifatida 
qo`shilishi mumkin. Bunda ular imkon qadar haqiqiy bozor bahosiga yaqinlashgan va 
subyekt aksiyadorlar kengashi (boshqaruvi) va aksiyadorlar tomonidan belgilangan 
shartnoma bahosida kirimga olinadi. 
«Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot ishlab chiqarish 
(ish, xizmat) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi haqida Nizom»ga muvofiq texnologiyalarni takomillashtirish va 
yangilarini yaratish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlarini 
o`tkazish bilan bog`liq mahsulotlar sifatini yaxshilash, xomashyo va materialllarning 
yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash xarajatlari 9420-«Ma'muriy 
xarajatlar» schyotida aks ettiriladi. Agar subyekt qandaydir ishlab chiqarish va 
intellektual mulk (patentlar, guvohnomalar) yaratsa, ushbu «Nizom» dan kelib 
chiqqan holda, ularni mulk sifatida hisobga olib bo`lmaydi, chunki ularni yaratish 
bilan bog`liq xarajatlar kapitallashmaydi. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish