Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

 

Jangchilar buguni bilan yashaydilar, zero, kundalik hayot tasodiflarga toʻla, shu bois 



ming turli holatlarga diqqatini qaratishi kerak: dushman boshingga qaysi tarafdan turib 

qilich solmoqchi, uning ostidagi ot qanday sakraydi, joningni omon saqlash uchun zarbni 

qanday qaytarishing lozim. 

 

Ammo tuyakash jangchi emas, shu boisdan ham u sohibkaromatlarga koʻp murojaat 



qildi: ba’zilari bexato aytib bersa, ba’zilaridan tayinli gap chiqmadi. Bir safar ularning 

eng keksasi (aynan undan qattiq qoʻrqishardi)tuyakashdan ertangi kunini oldindan 

bilmoqdan maqsadi nimaligini soʻradi. 

— Nima qilishim kerakligini aniqlab olmoqchiman, — dedi u. — Bilib olsam, yuz 

beradigan falokatning oldini olishga urinib koʻraman. 

— U holda bu sening ertangi kuning boʻlmay qoladi, — javob qildi Sohibkaromat. 

— Ehtimol, men boshimga tushadigan koʻrgulikka tayyorlanarman. 

— Agar xayrli voqea roʻy bersa, bu kutilmagan omad degani, agar xayrsiz, yomon 

hodisaga duch keladigan boʻlsang — uni ancha oldin koʻngling sezadi. 

— Boshimga nima tushishini oldindan bilishni istayman, chunki men odamman, — dedi 

tuyakash. — Odamlarning buguni ularning kelajagi qanday kechishiga bogʻliq. 

 

Sohibkaromat bir muddat sukut saqladi. U chiviqlar bilan fol ochardi — ularni yerga 



tashlab, qanday tushganiga qarardi. Shu kuni u fol koʻrmaslikka qaror qildi. Xivichlarni 

dastroʻmolga oʻrab, choʻntagiga bekitdi. 

— Men odamlarga ularni nimalar kutayotganini aytib berib, rizqimni topaman, — dedi u 

nihoyat. — Xivichlarni qanday tashlashni bilaman, ularning koʻmagida odamlarning 

taqdiri yozib qoʻyilgan boshqa bir oʻlchamdagi olamga kiraman. Kirib olgach, men 

oʻtmishni oʻqiyman, allaqachon unutilgan narsalarni ochaman va bugungi kunning 

belgilarini tanib olaman. Kelajakni men oʻqimayman, taxminan aytaman, zotan, kelajak 

Xudovand inon-ixtiyorida, faqat favqulodda holatlardagina uni namoyon etadi. Buni men 

bugungi kun belgilariga qarab aniqlayman. Jamiki sir-asror aynan shu — hozirgi kunda 

jam boʻlgan. Unga lozim darajada e’tibor qaratsang — yaxshilay olasan. Ayni damdagi 

ahvolingni yaxshiladingmi, demak, ertangni ham oʻnglay olasan. Kelajak uchun 

qaygʻurmasang, buguning bilan yashayver, mayli, har bir kuning Qonunda 

buyurilganiday oʻtaversin. Biroq bilib qoʻy, Xudovand oʻz bandalari uchun hamisha 

qaygʻuradi. Har bir kun mangulikning bir boʻlakchasi. 

 

Shunda tuyakash Tangri kelajakni koʻrishga izn beradigan favqulodda holatlar nimani 



anglatishini bilgisi keldi. 

— Faqat Uning Oʻzigina namoyon etadi. Xudovand kelajakni kamdan-kam hollarda 

koʻrsatadi. U bunga ixtiyor etganda, oldindan belgilab qoʻyilgan taqdirni oʻzgartirish 

lozimligi sabab boʻladi. 

 

«Bu bolaga Xudovand kelajakni namoyon etgan, — Oʻyladi shu damda Tuyakash. — 



Xudovand uni oʻziga vositachi etib tanlagan». 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish