Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
Bu soʻnggi gapni u ovoz chiqarib aytmadi — arablar bunday narsalarga ishonishmaydi.
— Men faqat koʻrganimni aytdim. Ishonmasangiz, bu sizning ixtiyoringiz.
Chodirga ogʻir jimlik choʻkdi, keyin qabilalar boshliqlari qizishib, gapga kirishib
ketishdi. Ular gapirayotgan lahjani Santyago tushunmasdi, biroq u eshikka tomon qadam
tashlaganda soqchi qoʻlidan tutdi. Boʻzbola qoʻrqib ketdi. Belgilar xatarni daraklardi va u
Tuyakashga koʻnglini ochganidan afsuslandi.
Biroq oʻrtada oʻtirgan qariya kulimsiradi va Santyago darhol xotirjam boʻldi. Shu
paytgacha u biror soʻz qotmagan, tortishuvga qoʻshilmay oʻtirgan edi. Biroq Umum
Tilidan xabardor boʻzbola qoʻshinning yaqinlashib kelayotganidan chodir titrayotganini
his etdi va bu yerga kelib toʻgʻri qilganini tushundi.
Chodirdagilar jim boʻlishdi va qariyaning gapini diqqat bilan eshitishdi. Qariya
Santyagoga oʻgirilib qaradi va bu safar boʻzbola uning yuzida sovuq begonasirashni
payqadi.
— Ikki ming yilcha burun bu yerdan uzoqda, koʻrgan tushlarga ishonadigan bir odamni
quduqqa tashlashgan, keyin qul qilib sotib yuborishgan, — gap boshladi qariya. —
Bizning savdogarlar uni Misrga olib kelishgan. Hammamizga ma’lum, tushlarga
ishongan odam ularning ta’birini ham biladi.
«Garchi har doim ham ularni rostga oʻngara olmasa-da», — Oʻyladi Santyago loʻli
kampirni eslab.
— Oʻsha odam Fir'avnga uning yetti ozgʻin va yetti semiz sigir haqidagi tushini toʻgʻri
ta’birlab, Misrni ocharchilikdan saqlab qolgan. Uning ismi Yusuf edi. U ham senday bir
musofir edi, yoshi ham sen tengi edi.
Qariya jim qoldi. Uning koʻzlari hanuz sovuq boqardi.
— Biz doim urf-odatni saqlaymiz. Urf-odat Misrni ocharchilikdan qutqardi, xalqini
boshqa xalqlar orasida eng boy-badavlatga aylantirdi. Urf-odat sahroda yurish va
qizlarimizni erga uzatishni oʻrgatadi. Unga koʻra, voha — hech kimga tegishli boʻlmagan
yer, zotan, jang qilayotgan har ikki taraf bu yerga muhtoj, usiz halok boʻlishi tayin.
Hech kimdan sado chiqmadi.
— Ammo Urf-odat bizga sahro daraklariga ishonishni uqtiradi. Nimagaki aqlimiz yetsa,
bularni bizga sahro oʻrgatgan.
Uning ishorasi bilan hamma arablar qoʻzgʻalishdi. Maslahat tugagan edi. Chilimning
choʻgʻini oʻchirishdi, soqchilar saf tortishdi. Santyago tashqariga chiqmoqchi boʻlgandi,
qariya tagʻin gap boshladi:
— Ertaga biz vohada hech kim qurol olib yurishga haqi yoʻq, degan qoidani bekor
qilamiz. Kun boʻyi dushmanni kutamiz, quyosh botganda jangchilarim menga qurollarini
topshirishadi. Oʻldirgan har oʻn nafar dushman uchun sen tilla olasan. Biroq qurol,
Do'stlaringiz bilan baham: |