Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
Keyin qizni uygʻotishini soʻrab, qaerda kutishini aytdi. Arab bola uning bu iltimosini
ham bajardi va yana bitta qoʻyga pul oldi.
— Endi bizni xoli qoldir, — dedi Santyago va bola kimsan Maslahatchiga yordam
berganidan gʻururlanib, boz ustiga, endi qoʻy sotib olish uchun puli borligidan quvonib,
chodirga qaytdi va uxlagani yotdi.
Fotima chiqdi. Ular xurmozor oralab ketishdi. Santyago urf-odatga zid ish tutayotganini
bilardi, biroq hozir bu hech qanday ahamiyatga ega emas edi.
— Men joʻnayapman, — dedi u. — Biroq sening ishonishingni xohlayman: men, albatta,
qaytaman. Men seni sevaman, chunki...
— Gapirish shart emas, — uning soʻzini boʻldi qiz. — Odam yaxshi koʻrgani uchun ham
sevadi. Sevgi dalil-isbotlarga muhtoj emas.
Biroq Santyago gapini davom ettirdi:
— ... chunki men avval tush koʻrdim, keyin podshoh Malkisidqni uchratdim, billur
sotdim, sahroni kesib oʻtdim, vohaga kelib qoldim jang boshlanganda va quduqning
oldida sendan Alkimyogarning qaerda yashashini soʻradim. Men seni yaxshi koʻraman,
chunki butun Olam bizning uchrashuvimizga xayrixoh.
Ular quchoqlashishdi va vujudlari ilk bor bir-biriga tegdi.
— Men qaytaman, — takrorladi Santyago.
— Avvallari men sahroga orzumand boʻlib qarardim, endi esa umid bilan termulaman.
Mening otam ham bir necha bor sahroga ketgan, biroq har safar onamning yonlariga
qaytgan.
Boshqa biror-bir soʻz aytilmadi. Ular yana xurmozor tagida biroz yurishdi, soʻng
Santyago Fotimani chodirgacha kuzatib qoʻydi.
— Men qaytaman, otang qaytib kelganiday.
U qizning koʻzlarida yosh yiltiraganini koʻrdi.
— Yigʻlayapsanmi?
— Men sahro ayoliman, — dedi Fotima, yuzini yashirib. — Biroq avvalambor men —
oddiy ayolman.
Qiz chodir ichiga gʻoyib boʻldi. Tong oqarib kelardi. Odatdagi kun boshlangach, Fotima
necha yillardan beri shugʻullanib kelayotgan ishi bilan mashgʻul boʻladi, biroq endi
hammasi boshqacha kechadi. Voha endi qizning nazdida burungi qimmatini bir qadar
yoʻqotadi, chunki vohada Santyago yoʻq. Avval boshqacha edi — yaqinginada bu joy
ellik ming tup xurmo daraxti gurkirab turgan, uch yuzta quduqli, sahro kezib chanqagan
yoʻlovchilar oroyish topadigan maskan edi. Endi qizning nazarida voha boʻshab, huvillab
qoldi.
Bugundan boshlab sahroning qadri ortadi. Fotima endi sahroga umid koʻzi bilan
termiladi, xazinalarini qidirib ketgan Santyagoning qaysi yulduzni moʻljalga olib yoʻl
Do'stlaringiz bilan baham: |