Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
istagidan xalos boʻldi — endi vaqt oʻtgan, yuragi ham xotirjam edi.
«Agar gohida men nolinsam, nachora, axir, men odamning yuragiman, bu menga xos
xususiyat. Hammamiz ham oʻzimizning eng aziz orzu-oʻylarimizni amalga oshirishga
choʻchiymiz, chunki biz oʻzimizni ana shu orzularga noloyiq yoki har qanday holda ham
baribir ularga erisholmaymiz, deb oʻylaymiz. Biz, odam yuragi, ma’shuqadan umrbod
ajralib qolish xayolidan, xushbaxt kechishi lozim boʻlgan, biroq noxush daqiqalar,
topilishi mumkin esa-da, qumlar ostida koʻmilganicha qolib ketgan xazinalar haqidagi
oʻylardan oʻlguday qoʻrqamiz. Chunki ana shunday hollar roʻy berganda biz azob
chekamiz».
— Mening yuragim azob chekishdan qoʻrqadi, — dedi u Alkimyogarga bir oqshom, qop-
qorongʻu, oysiz osmonga tikilib turib.
— Sen unga uqtir, azob chekishdan qoʻrqish, azobning oʻzidan koʻra yomonroq. Oʻz
orzularini izlab yoʻlga chiqqan biror-bir yurak azob chekmaydi, zero, bunday
izlanishning har bir daqiqasi — bu Tangri va Abadiyat bilan uchrashuv.
«Har lahza — bu diydor, — dedi Santyago yuragiga. — Qachonki men oʻz xazinamni
izlabman, kunlarning bari sehrli yogʻdu bilan yorishgan, zero, men bilardimki, soat sayin
oʻz orzuimning amalga oshmogʻi yaqinlashardi. Qachonki men oʻz xazinamni izlabman,
men yoʻlimda hech qachon oʻy-xayolimga kelmagan narsalarni uchratdimki, bundayin
uchrashuvlar choʻponlardan jasorat talab etardi».
Shundan keyin uning yuragi tinchlandi. Oqshom Santyago xotirjam uxladi,
uygʻonganidan soʻng yuragi unga Olam Qalbi haqida gapira boshladi. Aytdiki, Tangrini
qalbida olib yurgan odam baxtlidir. Baxtni esa, Alkimyogar gapirgan, oʻsha bir dona
gʻaroyib qum zarrasida topish mumkin. Zotan, ana shu zarrani bunyod etish uchun
Olamga milliard yil kerak boʻldi.
«Yerda yashayotgan har qaysi odamni uning xazinasi kutib yotadi, biroq biz — yuraklar
sukut saqlashga odatlanganmiz, chunki odamlar ularni qoʻlga kiritishni xohlashmaydi. Bu
haqda biz faqat bolalarga gapiramiz, keyin esa hayot har kimni oʻz Taqdiriga peshvoz
yoʻllayotganini koʻramiz. Biroq, baxtga qarshi, sanoqli kishilargina oʻzlariga buyurilgan
Yoʻllaridan borishadi. Dunyo xavotirga soladi va shu boisdan ham xatarli tus oladi.
Shunda biz, yuraklar, past ovozda, shivirlab gapiramiz. Bizning ovozimiz hech qachon
tinmaydi, biroq soʻzlarimizga quloq tutishlari uchun urinamiz: odamlarning yurakka
quloq tutmay aziyat chekishlarini istamaymiz».
— Nega yurak kishiga oʻz orzularini amalga oshirish uchun harakat qilish zarurligini
aytmaydi? — soʻradi Santyago.
— U holda yurak azob chekishiga toʻgʻri keladi, yurak esa azob chekishni xushlamaydi.
Shu kundan boshlab boʻzbola oʻz yuragini tushuna boshladi. Va bundan keyin agar u oʻz
orzulari yoʻlidan bir qadam chetga chiqsa, siqilib, ogʻrib tashvishdan ogoh etishini
Do'stlaringiz bilan baham: |