Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

Keyin qizni uygʻotishini soʻrab, qaerda kutishini aytdi. Arab bola uning bu iltimosini 



ham bajardi va yana bitta qoʻyga pul oldi. 

— Endi bizni xoli qoldir, — dedi Santyago va bola kimsan Maslahatchiga yordam 

berganidan gʻururlanib, boz ustiga, endi qoʻy sotib olish uchun puli borligidan quvonib, 

chodirga qaytdi va uxlagani yotdi. 

Fotima chiqdi. Ular xurmozor oralab ketishdi. Santyago urf-odatga zid ish tutayotganini 

bilardi, biroq hozir bu hech qanday ahamiyatga ega emas edi. 

— Men joʻnayapman, — dedi u. — Biroq sening ishonishingni xohlayman: men, albatta, 

qaytaman. Men seni sevaman, chunki... 

— Gapirish shart emas, — uning soʻzini boʻldi qiz. — Odam yaxshi koʻrgani uchun ham 

sevadi. Sevgi dalil-isbotlarga muhtoj emas. 

 

Biroq Santyago gapini davom ettirdi: 



— ... chunki men avval tush koʻrdim, keyin podshoh Malkisidqni uchratdim, billur 

sotdim, sahroni kesib oʻtdim, vohaga kelib qoldim jang boshlanganda va quduqning 

oldida sendan Alkimyogarning qaerda yashashini soʻradim. Men seni yaxshi koʻraman, 

chunki butun Olam bizning uchrashuvimizga xayrixoh. 

 

Ular quchoqlashishdi va vujudlari ilk bor bir-biriga tegdi. 



— Men qaytaman, — takrorladi Santyago. 

— Avvallari men sahroga orzumand boʻlib qarardim, endi esa umid bilan termulaman. 

Mening otam ham bir necha bor sahroga ketgan, biroq har safar onamning yonlariga 

qaytgan. 

 

Boshqa biror-bir soʻz aytilmadi. Ular yana xurmozor tagida biroz yurishdi, soʻng 



Santyago Fotimani chodirgacha kuzatib qoʻydi. 

— Men qaytaman, otang qaytib kelganiday. 

 

U qizning koʻzlarida yosh yiltiraganini koʻrdi. 



— Yigʻlayapsanmi? 

— Men sahro ayoliman, — dedi Fotima, yuzini yashirib. — Biroq avvalambor men — 

oddiy ayolman. 

 

Qiz chodir ichiga gʻoyib boʻldi. Tong oqarib kelardi. Odatdagi kun boshlangach, Fotima 



necha yillardan beri shugʻullanib kelayotgan ishi bilan mashgʻul boʻladi, biroq endi 

hammasi boshqacha kechadi. Voha endi qizning nazdida burungi qimmatini bir qadar 

yoʻqotadi, chunki vohada Santyago yoʻq. Avval boshqacha edi — yaqinginada bu joy 

ellik ming tup xurmo daraxti gurkirab turgan, uch yuzta quduqli, sahro kezib chanqagan 

yoʻlovchilar oroyish topadigan maskan edi. Endi qizning nazarida voha boʻshab, huvillab 

qoldi. 


 

Bugundan boshlab sahroning qadri ortadi. Fotima endi sahroga umid koʻzi bilan 

termiladi, xazinalarini qidirib ketgan Santyagoning qaysi yulduzni moʻljalga olib yoʻl 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish