Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

— Anglashning faqat bitta yoʻli bor, — javob qildi Alkimyogar. — Harakat qilmoq. 



Sayohat seni zarur boʻlgan narsalarning barisiga oʻrgatdi. Faqat bir narsa qoldi bilishing 

kerak boʻlgan. 

 

Santyago uning nima ekanini soʻradi, biroq Alkimyogar osmon gumbazidan koʻzini 



uzmasdi — u oʻzining qirgʻiyini kuzatardi. 

— Nega seni Alkimyogar deyishadi? 

— Chunki men Alkimyogarman-da. 

— Boshqa alkimyogarlarning — oltinni qidirib topisholmaganlarning xatosi nimada? 

— Xatosi shundaki, ular faqat oltinni qidirishgan. Ular yoʻlda bekitilgan xazinalarni 

izlash bilan ovora boʻlib, yoʻldan chetga chiqib ketishgan. 

— Xoʻsh, mening kamchiligim nimada? — savolini takrorladi boʻzbola. 

 

Alkimyogar hanuz osmonga qarab turardi. Tez orada qirgʻiy oʻlja bilan qaytdi. Ular 



qumloqda oʻchoq qazib, chetdan qaraganda koʻzga chalinmaydigan gulxan yoqishdi. 

— Men Alkimyogarman, chunki alkimyogarlik qilaman, — dedi u. — Bu ilmning sirlari 

bobomdan oʻtgan, unga — uning bobosidan va olam paydo boʻlgandan beri shunday. 

Oʻsha qadim zamonlarda olam deganlari zumradning qirrasiga jo boʻlgan. Biroq odamlar 

oddiy narsalarga e’tiborsiz, shu bois qadimda falsafiy asarlar yoza boshlashgan. Qayoqqa 

qarab yurish lozimligini oʻshalar bilishadi, boshqalar gapi asossiz, deb oʻylashgan. Biroq 

Zumrad Lavha bugun ham bor. 

— Unda nima yozilgan? — qiziqib soʻradi boʻzbola. 

 

Alkimyogar besh daqiqa qumga nimalarnidir chizdi, bu payt Santyago bozor maydonida 



keksa podshohni qanday uchratganini esladi, oʻshandan beri juda koʻp yillar oʻtganday 

tuyuldi unga. 

— Qara, qumga nima yozilganiga, — dedi Alkimyogar, shaklni chizib boʻlib. 

 

Santyago yaqin kelib, oʻqidi. 



— Axir, bu shifr-ku! — norozi boʻlib xitob qildi u. — Bu angliyalikning kitobidagiday. 

— Yoʻq. Bu ayni qirgʻiylarning osmondagi parvoziday: buni aql bilan tushunib 

boʻlmaydi. Zumrad Lavhasi — bu Olam Qalbining nomasi. Donishmandlar bizning 

yashayotgan dunyo jannatga qiyosan, unga oʻxshatib yaratilganini allaqachon tushunib 

yetishgan. Bu dunyoning mavjudligi oʻzi — boshqa, bundan-da mukammal dunyo 

borligining kafolatidir. Qodir egam uni odamlar qalb koʻzi bilan koʻrib ruhlari kamol 

topsin va oʻz aqllarining moʻ'jizalaridan hayratga tushsin, deb bino qilgan. Va ayni shuni 

men Harakat deb atayman. 

— Men ham Zumrad Lavhasini oʻqishim kerakmi? 

— Agar sen hozir alkimyogarning laboratoriyasida boʻlganingda, uni anglashning eng 

yaxshi usulini oʻrganarding. Biroq sen sahrodasan — demak, sahroga uygʻunlash. Sahro 

jamiki tiriklik kabi senga olamni tushunishda koʻmaklashadi. Sahrodagi hamma narsani 

bilishning hojati yoʻq, Buyuk ijod moʻ'jizalarini koʻrish uchun bir qum zarrasi kifoya. 

— Men qanday qilib sahroga uygʻunlashaman? 

— Yuragingga quloq tut. Unga olamdagi hamma narsa ayon, zotan, yurak Olam Qalbi 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish