Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
yuragidan soʻradi. Ogohni eshitgach, oʻz yoʻliga, albatta, qaytishga qasam ichdi.
Oʻsha oqshom u Alkimyogarga bu gaplarning hammasini aytdi. Alkimyogar
Santyagoning yuragi Olam Qalbiga yuz tutganini tushundi.
— Endi men nima qilishim kerak?
— Ehromlarga qarab boraver. Belgilarni koʻzdan qochirma. Yuraging endi xazina
qaerdaligini koʻrsatishga qodir.
— Oldinlari menga shu yetishmasmidi?
— Yoʻq. Bilasanmi, senga nima yetishmaganini, — dedi Alkimyogar va tushuntira
boshladi:
— Orzu amalga oshishidan oldin Olam Qalbi orzumand kishi uning saboqlarini toʻla
oʻzlashtirib olganini sinab koʻrishga qaror qiladi. Olam Qalbi biz oʻz orzularimiz bilan
birga yoʻl-yoʻlakay oʻzimizga berilgan ilmu saboqlarni ola bilishimiz uchun shunday
qiladi. Ayni shu nuqtada aksariyat odamlar jasorat koʻrsatishdan yuz burishadi. Sahro
tilida buni «voha koʻzga koʻringan chogʻda chanqoqlikdan oʻlish», deyiladi. Izlanishlar
doimo Xayrli Ibtido bilan boshlanadi. Va mana shu sinov bilan intiho topadi.
Santyago yurtida koʻp aytiladigan bir hikmatni esladi: «Eng qorongʻu payt — sahar oldi
pallasi».
Ertasi kuni birinchi marta chinakam xavf-xatarning alomatlari yuz
koʻrsatdi.Yoʻlovchilarga uch nafar jangchi yaqinlashib kelib, ular bu yerda nima
qilishayotganini soʻrashdi.
— Qirgʻiy bilan ov qilayapman, — javob berdi Alkimyogar.
— Biz qurollaring yoʻqligiga ishonch hosil qilmogʻimiz kerak, — dedi uch jangchining
bittasi.
Alkimyogar shoshilmay otdan tushdi. Santyago ham u kabi xotirjam otdan tushdi.
— Nega sen shuncha pulni oʻzing bilan olib yuribsan? — dedi boʻzbolaning toʻrvasini
titkilayotgan jangchi.
— Bu pullar ehromlarga yetib olish uchun menga kerak.
Alkimyogarni tintuv qilayotgan arab uning yonidan qandaydir suyuqlik solingan kichkina
shisha idish va sargʻish, tovuqnikidan sal kattaroq shisha tuxum topdi.
— Bular nima? — soʻradi jangchi.
— Iksir bilan Obi-hayot — alkimyogarlarning Buyuk Ijodi. Kimki Obi-hayotni ichsa,
kasallikka chalinmaydi. Iksirning mayda ushogʻi har qanday metalni oltinga aylantiradi.
Suvorilar oʻzlarini tutolmay, qah-qah urib kulishdi, Alkimyogar ham ularga qoʻshilib
kuldi. Ular Alkimyogarning javobidan huzur qilishdi va hech qanday qarshiliksiz
yoʻlovchilarga yoʻllarida davom etishga ruxsat berishdi.
— Aqldan ozdingmi? — soʻradi Santyago, jangchilardan xiyla uzoqlashgach. — Nega
bunday qilding?
— Nega deysanmi? Senga dunyoda amal qiladigan oddiy qonunni koʻrsatish uchun, —
Do'stlaringiz bilan baham: |