Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
bilan tugʻishgan va vaqti kelib unga qaytadi.
Ular churq etishmay yana ikki kun yoʻl yurishdi. Alkimyogar tashvishli koʻrindi: ular
shafqatsiz jang borayotgan joyga yaqin kelib qolishgan edi. Boʻzbola esa hanuz
yuragining ovozini eshitishga urinardi.
Uning yuragi esa oʻjar edi: avvallari mudom qayoqlargadir talpinardi, endi qanday
boʻlmasin ortga qaytishga undaydi. Gohida yuragi unga soatlab nurga yoʻgʻrilgan
voqealarni hikoya qilsa, ba’zan koʻtarilib kelayotgan quyoshdan chunonam hapqirib shod
boʻlib ketadiki, Santyago pana joyga oʻtib yigʻlab oladi. Xazinalardan gap ochilganda
yuragi tez urib ketar, boʻzbolaning koʻzlari bepoyon sahro ufqlariga termilganda esa
tinchib qolardi.
— Nega biz yurakka quloq tutishimiz kerak? — soʻradi u, dam olish uchun
qoʻnishganda.
— Yurak qaerda boʻlsa, xazina ham oʻsha joyda.
— Mening yuragim limmo-lim, — dedi Santyago. — U orzu qiladi, hayajonlanadi,
sahroda ayollarga talpinadi. Doim nimagadir intiq, Fotima haqida oʻyladim deguncha
tamom — tun boʻyi uyqu bermaydi.
— Shunisi yaxshi-da. Demak, u tirik. Eshitaver.
Keyingi uch kunda ular jangchilarni uchratishdi, boshqalari uzoqdan koʻrinish berdi.
Santyagoning yuragi qoʻrquvdan ogoh etdi. Xazina izlab yoʻlga chiqqan, biroq uni topa
olmagan odamlar haqida gapirdi. Gohida u boʻzbolani xazinani topa olmasligi, ehtimol,
sahroda oʻlib ketishi xayoli bilan qoʻrqitardi. Ba’zan boriga shukr qilishni uqtirardi:
uning sevgan qizi va bir talay oltin tangasi boʻlsa, yana nimasi kam.
— Yuragim xiyonat qilayapti, — dedi u Alkimyogarga, ular otlarning oyogʻini sovutish
uchun toʻxtashgandi. — Mening yoʻlni davom ettirishimni xohlamayapti.
— Bu yaxshilik alomati, — takrorladi u. — Demak, yuraging bir boʻlak goʻshtga aylanib
qolmagan. Tabiiyki, erishilgan tajribalarni orzu-xayollar shamoliga sovurishdan yuraging
tashvishlanayapti.
— Unday boʻlsa, quloq solib nima qilaman?
— Baribir uni tinchlantirish qoʻlingdan kelmaydi. Hatto oʻzingni unga quloq
tutmayotganday qilib koʻrsatsang-da, u sening koʻksingda urib turaveradi va hayot
haqida, dunyo haqida oʻylaganlarini aytaveradi.
— Va menga xiyonat qilaveradimi?
— Xiyonat — kutilmaganda berilgan zarba. Agar yuragingni anglay bilsang, u senga
xiyonat qila olmaydi. Shunda sen uning orzularini, jamiki istaklarini bilasan va uni
boshqara olasan. Yuragi aytganlaridan hali hech kim qochib qutilmagan. Yaxshisi, uni
tinglamoq kerak. Shunda kutilmagan zarba ostida qolmaysan.
Ular sahro boʻylab yoʻl yurishni davom ettirishdi va Santyago yuragi ovoziga quloq tutdi.
Tez orada u yuragining injiqliklarini, hiyla-nayranglarini bilib oldi — uni boricha
tushunib qabul qila boshladi. Boʻzbola qoʻrquvga tushishdan qutuldi va ortga qaytish
Do'stlaringiz bilan baham: |