Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
dedi Alkimyogar. — Biz hech qachon oldimizda qanaqa xazina borligini tushunmaymiz.
Bilasanmi, nega shunday? Negaki, odamlar umuman xazinaga ishonishmaydi.
Ular yoʻl yurishni davom ettirishdi. Kun sayin Santyagoning yuragi tobora sukut
saqlashga odatlanib borayotgandi: uning na oʻtmish va na kelajak bilan ishi bor edi; u
sahroni tomosha qilish bilan birga boʻzbola qatori Olam Qalbi chashmasidan bahra
olardi. Ular oʻzaro haqiqiy doʻst boʻlib olishdi va endi hech qaysi bir-birini sota olmasdi.
Yurak tilga kirgan chogʻdayam, faqat Santyagoning ishonchini mustahkamlash va unga
yangidan kuch-quvvat berish uchun gapirar, zotan, gohida sahro sukunati boʻzbolani juda
toliqtirib qoʻyardi. Yurak unga birinchi marta uning ajoyib fazilatlari, xususan,
qoʻylaridan voz kechishga qaror qilganda jur'at koʻrsatgani va doʻkonda ishlab gʻayrat-
ishtiyoqini namoyon etgani haqida gapirdi.
U yana Santyago hech qachon payqamagan bir jihat: oʻziga xavf solgan xatarlar haqida
ham gapirdi. Yurak otasidan yashirincha olib chiqqan, qayoqdadir qolib ketgan miltiq
haqida gapirdi, bu qurol bilan u oʻzini yarador qilib yoki otib qoʻyishi hech gap emasdi.
Yana bir safar biyday dalada boʻzbola oʻzini yomon his etgani, koʻngli aynib qusa
boshlagani, keyin esa hushini yoʻqotib yiqilib uxlab qolganini yodiga soldi. Ayni oʻsha
paytda ikki nafar daydi oʻzini oʻldirib, qoʻylarini haydab ketish niyatida uni poylagan.
Biroq Santyago ha deganda kelavermagach, ular boʻzbola suruvini boshqa tarafga haydab
ketgan boʻlishi kerak, deb joʻnab qolishgan.
— Yurak har doim ham odamga yordam beradimi? — soʻradi u.
— Har kimga ham emas. Faqat oʻz Taqdiri yoʻlidan borayotganga. Va yana bolalarga,
mastlar va qariyalarga.
— Bu degani, ular xavf-xatardan xoli deganimi?
— Bu — atigi ularning yuraklari bor kuchini safarbar etadi, degani.
Bir safar ular oʻzaro dushman qabilalar jangchilari qoʻnalgʻalari yonidan oʻtishdi. Toʻrt
tomonda bejirim oq yaktakdagi qurolli odamlar koʻzga chalinardi. Ular chilim chekishar
va janglar haqida gurunglashardi. Santyago bilan Alkimyogarga biror kishi zarracha
e’tibor qaratmadi.
— Biz xavfdan xolimiz, — dedi boʻzbola lashkargohni ortda qoldirishgach.
— Yuragingga ishon, biroq oʻzingning sahroda ekaningni bir zum yodingdan chiqarma!
Odamlar oʻzaro urushayotganda Olam Qalbiga jang shovqini yetib boradi. Quyosh ostida
roʻy berayotgan voqealar oqibatidan hech kim qochib qutulolmaydi, — Alkimyogarning
ovozida alam ohangini sezish qiyin emasdi.
«Hammasi — bir butun», — Oʻyladi Santyago.
Shu payt, goʻyo keksa Alkimyogarning haqligiga dalilday, sahroda yoʻlovchilar ortidan
quvib kelayotgan bir juft suvori koʻrindi.
— Yoʻlni davom ettirishlaring xavfli, — dedi ularga yetib kelgan jangchilardan biri. —
Bu yerda urush ketayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |