Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

Shu chogʻ qirgʻiylardan biri ikkinchisining tepasiga tik shoʻngʻib uchdi va tuyqusdan 



boʻzbolaning koʻziga qilichlarini yalangʻochlab vodiyga kirib kelayotgan jangchilar 

koʻrinib ketdi. Bu koʻrinish lip etdiyu, koʻnglida xavotir uygʻotib nazaridan qochdi. U 

saroblar haqida koʻp eshitgan, ularni oʻzi ham bir necha bor koʻrgan, odamning xohish-

istaklari sahro qumlari orasida jonlanganday namoyon boʻlishini bilar edi. Biroq vodiyga 

qoʻshinning bostirib kirishini u mutlaqo xohlamayotgan edi. 

Santyago bu xavotirli oʻylarni unutishga, yaxshisi qirmizi tusga kirayotgan qum va 

toshlarga termilib zavqlanishni davom etishga urindi. Biroq hushini yigʻib olishga 

nimadir xalal berar, yuragini siqayotgan xavotir arimayotgandi. 

 

«Doimo belgilarga ergash», — deb tayinlagan edi podshoh Malkisidq. 



 

Boʻzbola Fotimani oʻyladi. Koʻziga koʻringan manzarani esladi va koʻngli sezdi: nimadir 

roʻy beradi. 

 

U zoʻrgʻa hushini yigʻib oldi. Oʻrnidan turib ortga, xurmo 



 

daraxtlari tomon yurdi. Olam unga yana bir bor koʻp tillarda tillashishini koʻrsatdi: endi 

sahro emas, vodiy xatarli edi. 

 

Sarbon orqasi bilan daraxtga suyanib oʻtiribdi, uning nigohi ham magʻribga qadalgan. 



Shu payt barxanlar ortidan Santyago koʻrindi. 

— Bu yoqqa urush kelayapti, — dedi boʻzbola. — Mening koʻzimga koʻrindi. 

— Sahro erkak kishining koʻngliga har narsani soladi, — javob qildi sarbon. 

 

Biroq boʻzbola qirgʻiylarni, ularning parvozini kuzatganini va tuyqus Olam Qalbiga 



uygʻunlashganini gapirdi. 

 

Sarbon ajablanmadi — boʻzbolaning nimani gapirayotganini u tushunib turardi. Yer 



yuzidagi har qanday unsur butun zamin tarixini bayon etishga qodirligini u bilardi. 

Kitobning xohlagan betini ochib qara, odamning kaftiga termil, bir dasta qartadan 

xohlagan birini tanlab ol, qirgʻiyning osmondagi parvozini kuzat — albatta, ayni 

daqiqalarda kechayotgan hayotingga bogʻliq unsurlar bilan aloqani koʻrasan. Bu yerda 

gap unsurlarning oʻzida emas, balki odamlarning ularga qarab, ularni kuzatib oʻzlari 

uchun Olam Qalbiga uygʻunlashish yoʻlini ocha bilishlarida. 

 

Sahroda koʻp odamlar Olam Qalbiga uygʻunlashib olish qobiliyati orqasidan tirikchilik 



qilishadi. Ayollar va qariyalar bundaylardan choʻchishadi, ularni sohibkaromat, deb 

atashadi. Jangchilar ularga kamdan-kam murojaat qilishadi, chunki oʻlishingni oldindan 

bilib jangga borish qiyin. Jangchilar nima boʻlishini oldindan bilmay qoʻya qolishni va 

urushning oʻzgacha shavqini tuyushni ma’qul koʻrishadi. Taqdir Tangrining qoʻli bilan 

bitilgan, bitikda neki bor, bari Uning inshosi, Uning yozganlari esa doimo bandasining 

nafu manfaatini koʻzlaydi. 





Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish