Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

toʻyga oz-moz pul jamgʻarib, shundan soʻng uylangan ma’qul, deydiganlarning 



nasihatidan koʻra kuchli edi. 

 

Biroq bunday maslahat beradigan kishi Umum Tilini bilmaydi, aksincha, bu tilga 



uygʻunlashganingda oʻz-oʻzidan ayon boʻladi: sahroning qoq oʻrtasidami yoki gavjum 

shahardami — doimo kimdir kimnidir kutadi, qidiradi. Ularning yoʻllari tutashganda, 

koʻzlari koʻzlariga tushganda oʻtmish ham, kelajak ham oʻz mohiyatini tamom yoʻqotadi, 

faqat mana shu bir lahza mavjud boʻladi va bu yorugʻ olamda kechadigan barcha 

kechmishlar faqat bitta qoʻl tomonidan yozilganiga cheksiz ishonch barqaror boʻladi. Bu 

qoʻl qalbda muhabbat alangasini yoqadi va har bir inson uchun, mehnat qilayotgani, dam 

olayotgan yoki xazina qidirayotganidan qat'i nazar, unga xuddi oʻzinikiday alangali 

qalbni muyassar etadi. Aksincha esa, odam qavmini iztiroblarga solguvchi orzu-

niyatlarning zigʻircha ma’nisi qolmasdi. 

 

«Maktub», — Oʻyladi boʻzbola. 



 

Angliyalik oʻrnidan sakrab turdi va Santyagoni yelkasidan ushlab silkilay boshladi: 

— Soʻrasang-chi, axir! 

 

Santyago qizga yaqinlashdi. Qiz tabassum bilan u tomonga oʻgirildi va boʻzbola ham 



bunga javoban jilmaydi. 

— Isming nima? — soʻradi u. 

— Fotima, — uyalinqirab javob qildi qiz. 

— Men yashaydigan oʻlkalarda koʻp ayollarning ismi shunday. 

— Paygʻambarimizning qizining ismlari shunday ekan, — dedi Fotima. — Oʻsha uzoq 

oʻlkalarga bu ismni bizning jangchilarimiz eltishgan. 

 

Bu ma’suma va koʻrkam qizning soʻzlari gʻururli jarangladi. Angliyalik betoqat boʻlib 



Santyagoni turtdi va boʻzbola qizdan har qanday kasallikni davolay oladigan odamni 

bilasanmi, deb soʻradi. 

— Bu odam dunyoning hamma siridan boxabar, — dedi qiz. — U sahro jinlari bilan 

muloqot qiladi. 

 

Jin — bu iblis. Qiz bola janubga ishora qildi — ular qidirayotgan odam oʻsha tarafda 



yashashini aytdi. Keyin koʻzasini suvga toʻldirib, ortiga qaytdi. 

 

Angliyalik Alkimyogarni qidirib ketdi. Santyago esa quduq oldida uzoq xayol surib 



oʻtirdi. Bir vaqtlar, oʻzining yurtida yurgan paytlarda, sharqdan esgan shamol mana shu 

qizning muattar boʻyini unga olib kelar va u qizning mavjudligiga hecham shubha qilmay 

uni sevgan edi, bu sevgini, harqalay, yer yuzidagi borki xazinalardan ustun koʻrardi. 

 

Ertasi kuni u tagʻin quduqning boshiga keldi va qizni kutdi. Biroq bu yerda angliyalikni 



uchratib ajablandi, u birinchi bor sahroga sinchiklab nazar tashlayotgan edi. 

— Men qorongʻu tushguncha kutib oʻtirdim, — dedi angliyalik. — Yulduzlar miltillab 





Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish