Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
Keyin esa juda ajoyib narsalar — Umum Tili va Olam Qalbi haqida gapirding — men
asta-sekin sening bir boʻla-gingga aylanib borayapman.
Santyago uning ovozini eshitib turdi, qizning ovozi xurmo daraxtlari uchidagi
barglarning mayin shitirlashidan-da goʻzal edi.
— Men seni bu quduq oldida qay mahaldan beri kutib turibman. Men oʻzimning oʻtkan
kunlarimni unutdim, urf-odatlarimni ham unutdim, qabilamiz erkaklarining qizlar oʻzini
qanday tutishlari kerakligi haqidagi koʻrsatmalarini ham. Bolaligimda bir kun kelib sahro
menga, hali hech kimga nasib etmagan ajoyib sovgʻa hadya etadi, deb orzu qilardim.
Mana, men unga erishdim, bu sensan.
Santyago qizning qoʻlidan tutmoqchi boʻldi, biroq Fotima koʻzani qattiq quchoqlab oldi.
— Sen menga koʻrgan tushlaringni gapirib berding, keksa podshoh Malkisidq haqida,
xazinalar haqida aytding. Endi men hech narsadan qoʻrqmayman, chunki seni menga ular
yetkazdi. Men esa sening orzu-oʻylaringning, sening Taqdiringning bir boʻlagiman.
Shuning uchun ham men sening bir joyda toʻxtab qolmasligingni, balki qidirayotgan
narsangni izlayverishingni xohlayman. Agar urush tugashini kutishingga toʻgʻri kelsa, bu
fojea emas. Biroq ertaroq joʻnashga imkon tugʻilsa, joʻna, oʻz Taqdiringni izlab yoʻlga
chiq. Shamol qum barxanlarining shaklini oʻzgartiradi, xolos, sahro esa aslicha
qolaveradi. Bizning sevgimiz ham aslicha qoladi.
Maktub.
Chindan men agar sening Taqdiringning bir boʻlagi esam, qachondir sen menga qaytasan.
Bu gaplar Santyagoning dilini ranjitdi. Boʻzbola yoʻl-yoʻlakay yodiga oldi: tanish
choʻponlarning dashtu dalalarni — uzoq-uzoqdagi yaylovlarni kezmay yashay
olmasliklariga xotinlarini ishontirishning oʻzi boʻlmasdi. Ha, sevgi doim suyganing
yonida boʻlishni talab qiladi.
Ertasi kuni u Fotimaga bu haqda gapirdi.
— Sahro bizning mardumlarni olib ketadi va har doim ham qaytib bermaydi, — javob
qildi qiz. — Biz buni bilamiz, shunga koʻnikkanmiz. Garchi ular qaytishmasa-da, biroq
doimo biz bilan birga: ular yomgʻir boʻlib yogʻmaydigan bulutlar, togʻu toshlar orasiga
bekingan
yirtqichlar, yer bizga in'om etgan zilol suv. Ular butun borliqning bir boʻlagi boʻlib
qoladi... Ular Olam Qalbiga qovushib singadi.
Ayrimlariga qaytib kelish nasib etadi. Shunda ayollarning hammasiga bayram boʻladi,
chunki mardumlari — ularning kutayotganlari ham bir kunmas bir kun uyiga keladi.
Burunlari men bu ayollarga havas bilan qarar edim. Endi mening ham kutadiganim bor.
Men — sahro ayoliman va bundan gʻururlanaman. Istagim, mening erim, xuddi qumni
Do'stlaringiz bilan baham: |