Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

chiqa boshlaganda u paydo boʻldi. Men unga nimani qidirayotganimni aytdim. U boʻlsa 



qoʻrgʻoshinni oltinga aylantirishni uddalay oldingmi, deb soʻradi. Niyatim ham shuni 

oʻrganish, deb javob qildim men. U tagʻin urinib koʻrishimni maslahat berdi. Xuddi 

shunday dedi: «Borgin va urinib koʻrgin». 

 

Santyago jimib qoldi. Angliyalik shu bir ogʻiz, oʻzi ham biladigan gapni eshitish uchun 



dunyoni kezib shuncha yoʻl yurganmidi? Shunda oʻzining qoʻylarini Malkisidqqa tekinga 

berganini esladi. 

— Urinib koʻr-da! — dedi u. 

— Urinmoqchiman. Hoziroq boshlayman. 

 

Angliyalik ketdi, oradan hayal oʻtmay koʻza koʻtargan Fotima koʻrindi. 



— Men senga faqat bitta gapni aytgani keldim, — dedi boʻzbola qizga murojaat qilib. — 

Mening qalligʻim boʻlishingni xohlayman. Men seni sevaman. 

 

Qiz qoʻlidagi koʻzani tushirib yubordi, suv toʻkildi. 



— Men seni shu yerda kutaman. Men xazinani qidirib sahroni kezdim, xazina ehromlar 

turgan joyda. Biroq urush boshlanib qoldi. Avval men urushni la’natlagandim. Endi 

alqayapman, chunki urush sabab boʻlib men sening yoningga keldim. 

— Urush ham bir kun tugar, — javob qildi qiz. 

 

Santyago xurmo daraxtlariga nazar soldi. Bir paytlar u choʻpon edi, bu vohada esa 



qoʻylar serob. Fotima hamma xazinalardan-da aziz... Biroq qiz, goʻyo boʻzbolaning fikr-

oʻylarini uqqanday, davom etdi: 

— Jangchilar xazinani qidirishadi. Sahro ayollari ular bilan gʻururlanishadi. 

 

Keyin u koʻzasini suvga liq toʻldirib, ketdi. 



 

Santyago har kuni quduq oldiga kelardi. U Fotimaga qoʻy boqqanlarini, Malkisidq bilan 

qanday uchrashganini, billur sotganlarini gapirib bergan edi. Shu zayl ular inoqlashib 

olishdi. Qiz bilan oʻn besh daqiqa suhbatlashgan vaqtni aytmaganda, har bir kun boʻzbola 

uchun bir yilday choʻzilardi. 

 

Oradan bir oy oʻtgach, Sarbon yoʻlovchilarni jamladi. 



— Urush qachon tugashi noma’lum, — dedi u. — Yoʻlni davom ettirolmaymiz. Hali 

janglar toʻxtamaydigan koʻrinadi, bir necha yilga choʻzilsa ham kerak. Bir-biriga gʻanim 

boʻlgan qabilalarning har qaysisida jasur, kuchli jangchilar bor, har biri oʻz nomusini boy 

bermaslik uchun maydonni tashlab ketmaydi. Bu yerda yaxshilar yomonlar bilan 

urushayotgani yoʻq, bu yerda hokimiyat uchun jang qilishmoqda, bunday urushlar esa bir 

boshlansa uzoq vaqt toʻxtamaydi, zero, Olloh ularga ham, bularga ham madadkor. 

 

Odamlar tarqalishdi. Santyago Fotima bilan uchrashib, unga Sarbonning gaplarini 



yetkazdi. 

— Uchrashganimizning ertasi kuniyoq, — dedi qiz, — sen menga sevgi izhor qilding. 





Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish