Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

ham xotiraga aylanadi, biroq ayni lahzalarda xurmozor soya-salqinni, suv va xavfsizlikni 



va’da qilib turibdi. Xuddi tunda tuyaning oʻkirgani dushman yaqinlab qolganini 

daraklaganday, qator-qator xurmo daraxtlari azob-uqubatdan xalos etadigan moʻ'jizadan 

darak berardi. 

 

«Dunyo koʻp tillarda tillashadi», — Oʻylardi Santyago. 



 

«Vaqt tez oʻtayotgan paytda karvonlar ham jadal odimlaydi», — Oʻyladi Alkimyogar, 

vohaga kirib kelayotgan yuzlab odamlar va ulovlarga qarab. 

 

Bu yerdagilarning va karvon bilan kelganlarning shovqini eshitildi, koʻtarilgan chang-



toʻzon quyoshning betini qopladi, bolalar begonalarni koʻrib irgʻishlar, vijillashardi. 

Alkimyogar qabila boshligʻining Sarbonga yaqinlashib kelganini va u bilan uzoq 

suhbatlashganini kuzatib turdi. 

Biroq bu olatasir uni qiziqtirmasdi. Qancha odamlar kelib ketmadi, voha ham, sahro ham 

oʻsha-oʻsha — mangu va bir zayl. Bu qumlarga shohlarning ham, gadolarning ham 

qadam bosganini u koʻrgan, garchi shamolning kuchidan oʻz shaklini oʻzgartirib tursa-da, 

qumlar ham aslidagiday — Alkimyogar bolaligida qanday koʻrgan boʻlsa oʻshanday. 

Shunday esa-da, zangori osmon va sariq qumni koʻraverib zerikkan har qanday 

sayyohning koʻziga xurmo daraxtining yashil shox-barglari koʻringanda koʻngilga 

inadigan sevinch hozir uning ham yuragiga koʻchdi. 

 

«Ehtimol, tangri sahroni yaratganda, odam daraxtlarga kulib, xursand boʻlib qarasin 



degandir», — Oʻyladi u. 

 

Keyin u nigohini aniq narsalarga qaratishga chogʻlandi. U bilardi — buni belgilar unga 



ayon etgandi — ayni shu karvon bilan oʻzining pinhona bilimlarining bir qismini 

ulashishi lozim boʻlgan odam kelayotganini. Garchi Alkimyogar bu odam bilan tanish 

boʻlmasa-da, sinchkov nazari bilan olomonning ichidan uni tanib olishiga ishonchi komil 

edi va u oʻzining oʻtmishdoshidan kam emasligiga umidlanardi. 

 

«Tushunolmayman, nima uchun bilgan narsalarimning hammasini unga sirli tarzda 



ma’lum qilishim kerak, — Oʻyladi u. — Buni aslida sir deyish ham qiyin, zotan, Tangri 

oʻzining sirlarini jamiki mavjudotga bemalol oshkor etadi». 

 

Alkimyogar buning bitta izohini topdi: avloddan avlodga oʻtkazish lozim boʻlgan narsa 



— bu Sof Hayot hosilasidirki, uni soʻzlarda yoki rasmlarda tasvirlab boʻlmaydi. Odamlar 

esa, soʻzlar va rasmlarga berilib ketib, oxir-oqibat Umum Tilini unutishga moyil 

boʻlishadi. 

Karvon bilan kelganlarni darhol mahalliy qabila boshliqlariga olib kirishadi. Santyago 

oʻz koʻzlariga ishonmadi: voha deganlari, tarix kitoblarida yozilganday, ikki-uchta xurmo 

daraxtiyu quduqdangina iborat emas, balki ayrim ispan qishloqlaridan koʻra xiyla katta 

joy ekan. Quduqlarning oʻzi bu yerda uch yuz chogʻli, xurmo daraxtlari — besh 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish