Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

boʻronlari haqida gapirib berishar va gulxanni qoʻrgʻalab oʻtirishib, oʻzlari kuzatgan 



sahroning injiqliklaridan gurunglashardi. 

Gohida gulxan atrofidagi gurungga chetdan gʻalati-gʻalati badaviylar ham kelib 

qoʻshilardi, ular karvon borayotgan yoʻlni ipidan ignasigacha bilishardi. Ular qaerda 

qaroqchilardan va johil qabilalardan ehtiyot boʻlish kerakligini uqtirishar, keyin esa 

qanday paydo boʻlishgan boʻlsa, xuddi shunday zim-ziyo tunga singib jimgina gʻoyib 

boʻlishardi. 

 

Shunday oqshomlardan birida Santyago bilan angliyalik oʻtirgan gulxan oldiga tuyakash 



keldi. 

— Qabilalar oʻrtasida urush boʻlayotganmish, xabar kelayapti, — darakladi u. 

 

Oʻrtaga choʻkkan ogʻir jimlikdan Santyago chindan xavotir paydo boʻlganini his etdi. U 



yana bir bor soʻzsiz Umum Tilini tushuna olishiga ishonch hosil qildi. 

 

Jimlikni, bu xatar karvon uchun qanchalik xavotirli ekanini aytib, angliyalik buzdi. 



— Sahro ichkarisiga kirganingdan soʻng, tamom, orqaga yoʻl yoʻq, — javob qildi 

tuyakash. — Demak, faqat oldinga yurish kerak. Qolgani Ollohning qoʻlida, Uning oʻzi 

bizni balo-qazodan asraydi. Maktub, — deb gapiga sirli soʻzni qoʻshib qoʻydi-da, nari 

ketdi. 


— Karvonning ahvoliga e’tiborsiz qarab, sen notoʻgʻri qilayapsan, — dedi Santyago 

angliyalikka. — Zehn solib qara: qancha aylanma yoʻllardan yurmasin, karvon baribir 

manzildan chalgʻimay ketayapti. 

— Sen esa kitob oʻqimay bekor qilayapsan, dunyo nima, 

 

dunyoda nimalar boʻlayapti — bexabar qolayapsan, — javob qildi angliyalik. —Bu 



ma’noda kitoblar karvonlarga oʻxshaydi. 

 

Odamlar endi, xuddi ulovlarday, qichab yurishardi. Agar oldinlari ular kunni jim yurib 



oʻtkazishgan, faqat dam olishga qoʻnishganda gulxan atrofida gurunglashgan boʻlsa, endi 

oqshomlari ham churq etishmasdi. Sarbon gulxan yoqishni man etdi: olov qaroqchilar 

e’tiborini tortishi mumkin. 

 

Sovuqdan saqlanish uchun yoʻlovchilar tuyalar va otlarni qoʻrgʻalab terib qoʻyishar, 



oʻzlari esa shu doiraning ichida uymalashib choʻzilishardi. Sarbon qoʻriqchilar tayinlardi, 

ular qoʻllarida qurol bilan qoʻnalgʻani qoʻriqlashardi. 

 

Bir oqshom angliyalikning uyqusi qochdi. U Santyagoni chaqirdi va ular qoʻnalgʻa 



atrofida aylanib yurishdi. Toʻlishgan oy nur sochib turardi va Santyago unga oʻzining 

butun kechmishini aytib berishga qaror qildi. 

 

Uning koʻrgan-kechirganlaridan angliyalikka, ayniqsa, billur sotiladigan doʻkonda savdo-



sotiqning boʻzbola ishlay boshlagach qizib ketgani juda ma’qul boʻldi. 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish