Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

— Mana, dunyoni harakatlantiradigan kuch, — dedi u. — Alkimyoda bu Olam Qalbi deb 



ataladi. Agar biror narsani butun borligʻing bilan xohlasang, shunda Olam Qalbiga 

uygʻunlashasan. Unda esa juda katta qudrat mujassam. 

 

Shunday deb u qoʻshib qoʻydi: qalb faqat odamlarga xos xususiyat emas, olamdagi 



jamiki unsurlarda — u toshmi, giyohmi, hayvon yoki hatto fikrmi — barisida qalb bor. 

— Barchasi, yerda neki mavjud, doimo oʻzgarib turadi, chunki yerning oʻzi — tirik va 

qalbga ega. Biz hammamiz shu ulkan Qalbning qismlarimiz, shuning uchun oʻzimizga, 

uning mudom ezgulik qilishi haqida, hisob bermaymiz. Ammo sen, oʻsha doʻkonda 

ishlagan paytingda billur omadingga imkon tugʻdirganini tushunishing kerak edi. 

Santyago miq etmay goh oyga, goh oppoq qumga qarab qoʻyib, uning gaplarini eshitdi. 

— Men karvonning sahroda qanday yurishini koʻrdim, — dedi u nihoyat. — Karvon 

sahro bilan bir tilda muomala qiladi, shuning uchun ham sahro uning yoʻlini ochib 

qoʻyadi. Sahro uning har bir qadamini nazorat qiladi va sinovdan oʻtkazadi, agarda oʻzi 

bilan uygʻunligiga ishonch hosil qilsa, uni vohaga oʻtkazadi. Bu tilni bilmagan kishi, 

qanchalik jasur boʻlmasin, safarning boshidayoq halok boʻladi. 

 

Endi ular ikkalasi ham oyga qarashardi. 



— Bu oʻsha belgilar sehrining ayni oʻzi, — davom etdi Santyago. — Men 

tuyakashlarning sahro belgilarini qanday uqishlarini koʻrdim — karvon qalbining sahro 

qalbi bilan sirlashishi bu. 

 

Uzoq jim turganidan soʻng, nihoyat angliyalik soʻz qotdi: 



— Ha, aftidan, karvonga zehn solib qarashim kerakka oʻxshaydi. 

— Men esa sening kitoblaringni oʻqishim kerak, — javob qildi boʻzbola. 

 

Bu kitoblarni tushunish qiyin edi. Ularda simob va tuz, podshohlar va ajdaholar haqida 



yozilgandi, biroq harchand urinmasin Santyago hech nimani tushunmadi. Shunday esa-

da, baribir, hamma kitoblarda takrorlanadigan bir fikrni u anglab yetdi: olamdagi barcha 

mavjud unsurlar — ayni bir narsaning turli-tuman koʻrinishlaridir. 

 

Bitta kitobdan u alkimyo haqidagi eng muhim ma’lumotlar — zumrad sathiga chizilgan 



sanoqli satrlarda ekanini bilib oldi. 

— Bu «Zumrad Lavhasi» deyiladi, — dedi angliyalik, yoʻldoshiga bilmagan narsalarni 

oʻrgata olishidan mamnun boʻlib. 

— Unda buncha kitobning nima keragi bor? 

— Mana shu sanoqli satrlarni tushunish uchun, — dedi angliyalik oʻziga unchalik 

ishonqiramagan ohangda. 

 

Santyagoni, ayniqsa, mashhur alkimyogarlar haqida hikoya qilingan kitoblar qiziqtirdi. 



Ular laboratoriyalarda metallarni tozalashga umrlarini bagʻishlagan kishilar edi: agar 

biror-bir metalga uzoq yillar mobaynida ishlov berilaversa, oxir-oqibat oʻz xususiyatini 

yoʻqotadi va bu unsur Olam Qalbiga molik boʻladi, deb ishonishardi ular. Va shunda 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish